Maqsad: Bosh miya va uning bo’limlarining anatomik tuzilishi va topografik o’rnini o’quv jihozlar yordamida o’rganish, talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish va baholash.
Jihozlar: jadval, darslik, atlas, albom, ko’rgazmali materiallar.
Nazariy tushuncha. Bosh miya (ensepalon) miya qutisi ichida joylashgan bo’lib, sut emizuvchi hayvonlarda, ayniqsa, odamda yaxshi rivojlangan. Uning vazni katta odamda o’rta hisobda 1275-1375 g keladi. U bosh miya qutisining 91-93% ni egallab turadi. Bosh miyaning individual vazni tananing vazniga bog’liq bo’lib, 960-2000 g gacha bo’ladi.
Bosh miya 3 qismga: miya sopiga, po’stloq osti qismiga va bosh miya yarim sharlari po’stlog’iga bo’linadi.
Miya sopiga uzunchoq miya, keyingi va o’rta miya kiradi. Po’stloq osti qismiga oraliq miya va miya yarim sharlarining o’tkazuvchi yo’li kiradi. Katta yarim sharlar po’stlog’iga miya yarim sharlarining kulrang qismi kiradi. Bosh miya 5 bo’lakka: uzunchoqmiya (medulla oblangata), keyingi miya (metencephalon), o’rta miya (mesencephalon), oraliq miya (diencephalon) va oxirgi miya (telencephalon)ga bo’linadi.
Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo’lib, uzunligi 3-3,5sm bo’ladi. Uzunchoq miya konus shaklida bo’lib, yuqoridan Varoliev ko’prigiga, pastdan orqa miyaga yondoshgan. Uzunchoq miyadagi ildiz va egatchalar uni 3 ta: oldingi, o’rta va orqa ustunchalarga bo’ladi.
Keyingi miyaga Varoliev ko’prigi va miyacha kiradi. Varoliev ko’prigi uzunchoq miyaning davomi bo’lib, ventral yuzasi qavariq, pastdan uzunchoq miya, yuqoridan o’rta miya bilan chegaralangan. Ko’prikning dorzal yuzasi to’rtinchi qorinchaga qaragan bo’ladi. Uzunchoq miya kabi Varoliev ko’prigi ham oq va kul rang moddalardan tuzilgan.
Miyacha (cerebellum)o’ng va chap yarim sharlardan iborat bo’lib, ular chuvalchangsimon qism bilan birikkan. Miyacha kalla ichki asosining pastki ensa chuqurligida, katta miya yarim sharlari ensa qismining tagida joylashgan bo’lib, vazni 150g. Miyachaning 3 juft: yuqorigi, o’rta va pastki oyoqchasi bo’ladi. YUqorigi oyoqchasi miyachani to’rt tepalik va miya yarim sharlari bilan, o’rta oyoqchasi ko’prik bilan, pastki oyoqchasi uzunchoq miya va orqa miya bilan bog’laydi.
O’rta miya (mesencephalon) Varoliev ko’prigi yuqorisida joylashgan bo’lib, unga to’rt tepalik, miya oyoqchalari va Silьviev kanali kiradi. To’rt tepalik to’rtta bo’rtiqli plastinkadan iborat bo’lib, miya sopining orqa yuzasida joylashgan.
Oraliq miya (diencephalon) bosh miya yarim sharlari bilan qoplangan bo’lib, unga ko’rish bo’rtiklari, bo’rti osti qism va tizzasimon tana kiradi. Oraliq miya ichida uchinchi qorincha joylashgan.
Ko’rish bo’rtiklari (talamus opticus) katta ellips shaklidagi kul rang modda to’plamidan iborat bo’lib, pastki yuzasi pastki bo’rtik osti qismiga, lateral yuzasi katta miya yarim sharlariga tutashgan, medial qismi uchinchi qorinchaning yon devorini hosil qiladi
Bo’rtik osti qism (hupotalamus) oraliq miyaning bir qismi bo’lib, bosh miyaning asosidan yaxshi ko’rinadi. Bu qismning orqa qismi ikkita so’rg’ichsimon tanani tashkil etadi, bu erda oxirgi miyaning hid bilish nervi tugaydi. So’rg’ichsimon tana hujayralarining tolasi so’rg’ichsimon talamik yo’l hosil qilib, bu erdan hidlash yo’li kurish bo’rtiklarigacha boradi.
Bosh miya katta yarim sharlari (hemisphira)ikkita yarim shardan iborat bo’lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarim shar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharning miya qopqog’i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo’laklari va ikkita yon qorinchasi bo’ladi. Ikkita yarim shar bir-biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajraladi. Miya yarim sharlarining katta egatchalari uni beshta: peshana, tepa, ensa, chakka va orolcha bo’laklarga ajratadi.
Nerv sistemasining vegetativ qismi silliq muskullarni,bezlarni,yurak va tomirlarni nervlar bilan taьminlaydi,u barcha ichki a’zolar faoliyatini ,to’qimalarda sodir bo’ladigan trofik jarayonlarni ixtiyorsiz avtomatik ravishda boshqarib turadi. Nerv sistemasining simpatik qismining markazlari bo’yinning YIII cegmentidan,to belning III segmentigacha bo’lgan masofada orqa miya kulrang moddasining yon tarmoqlarida joylashadi. Parasimpatik qismining markazlari bosh miya sopida va orqa miyaning dumg’aza bo’limida(2-4 segmentlar) joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |