Mustahkamlash uchun savollar.
Endokrin bezlar deb nimaga aytiladi va ularni sanab bering?
Gormonlarning organizm ichki muhiti va turg’unligini saqlashdagi ahamiyati nimalardan iborat?
Endemik bo’qoqning kelib chiqish sabablari haqida nimalar bilasiz?
Qalqonsimon bez morfofunksiyasi, gormonlari, ularning organizmdagi roli?
Langergans orolchasi haqida nimalar bilasiz?
Gipofiz oldingi bo’lagi gormonlariga ta’rif bering?
21-laboratoriya ishi. Orqa miya ko’ndalang kesimining tuzilishi.
Maqsad: neyronning tuzilishi, orqa miya va uning bo’limlarining anatomik tuzilishi va topografik o’rnini o’quv jihozlar yordamida o’rganish, talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish va baholash.
Jihozlar: jadval, darslik, atlas, albom, ko’rgazmali materiallar.
Nazariy tushuncha. Nerv sistemasi organizm bilan tashqi muhit o’rtasida bo’ladigan o’zaro ta’sirni va organ hamda to’qimalar faoliyatini tartibga solib turadi. U har qanday tashqi va ichki ta’sirni qabul qilib, markaziy nerv tizimiga etkazib berish va u erda analiz va sintez jarayonida hosil bo’lgan javob impulьsini (reaksiyasi) harakat a’zolariga etkazib berish kabi murakkab vazifani bajaradi.
Nerv sistemasining asosiy qismini nerv xujayralari tashkil qiladi. Har bir xujayra o’zidan chiqqan kalta o’simtalar dendrit va bitta uzun tola akson bilan birga neyron deb ataladi.
Nerv sistemasi markaziy va periferik qismlarga bo’linadi. Nerv sistemasining periferik qismi somatik va vegetativ sistemalarga bo’linadi,markaziy nerv sistemasi esa orqa va bosh miyadan iborat.
Orqa miya (medulla spinalis) katta yoshdagilarda oldindan orqaga qarab bir oz yassilashgan, uzunligi 42-45 sm ga teng bo’lib umurtqa pog’onasi ichida joylashadi. YUqori tomondan uzunchoq miya bilan tutashadi. Pastda belning birinchi umurtqasi satxida konus shaklida (conus medullaris) tugaydi.Orqa miyadan 31 juft nervlar chiqadi.
Nerv sistemasining vegetativ qismi silliq muskullarni,bezlarni,yurak va tomirlarni nervlar bilan taьminlaydi,u barcha ichki a’zolar faoliyatini ,to’qimalarda sodir bo’ladigan trofik jarayonlarni ixtiyorsiz avtomatik ravishda boshqarib turadi. Nerv sistemasining simpatik qismining markazlari bo’yinning YIII cegmentidan,to belning III segmentigacha bo’lgan masofada orqa miya kulrang moddasining yon tarmoqlarida joylashadi. Parasimpatik qismining markazlari bosh miya sopida va orqa miyaning dumg’aza bo’limida(2-4 sigmentlar) joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |