Qizilo’ngach
Qizilo’ngach 25 -30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo’lib, yuqorida 6-bo’yin umurtqasining ro’parasida halqumdan boshlanadi, ko’krak sohasidan diafragma orqali qorin bo’shlig’iga o’tib, 11 - kukrak umirtqa ruparasida me’daning kirish qismiga ulanadi.
Qizilo’ngach joylashishiga qarab uch bo’limga ajratiladi: yuqori bo’yin qismi 6-7- bo’yin umurtqalari chegarasiga to’g’ri keladi, o’rta ko’krak qismi eng uzun qismi bo’lib , 2 va 10 – 11 umurtqalari ro’parasiga to’g’ri keladi . Pastki qorin qismi eng kalta (taxminan I -2 sm) bo’lib, diafragma orqali me’daning kirish qismiga qo’shiladi.Qizilo’ngach orqa tomondan umurtqa pog’onasi bilan chegaralanadi, oldindan esa kekirdakning parda qismiga tegib turadi. Qizilo’ngachning bo’yin sohasi ko’krak qafasiga uning ustki teshigi orqali o’tadi va 4-7 ko’krak umurtqalari oldida chap bronx bilan kesishib , uning orqa tomonidan o’tib, o’ng tomonga bir oz surilib joylashadi. 9-ko’krak umurtqasi sohasida, qizilo’ngachning old tomonida aorta joylashadiva u bir oz chap tomonga surilib, diafragma orqali qorin bo’shlig’iga o’tib ketadi.
Qizilo’ngach devori uch pardadan iborat. Uning ustki pardasi biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Qizilo’ngachning qorin bo’shlig’idagi qismi ust tomondan qorin pardasi bilan o’ralgan. Qizilo’ngachning muskul pardasi - esa ikki qavatdan iborat bo’lib, tashqi qavati uzunasiga yo’nalgan, ichki qavati aylana joylashgan muskul tutamidan iborat. Qizilo’ngachning yuqori 1/3 qismi ko’ndalang - targ’il muskuldan tuzilgan bo’lib, asta-sekin silliq muskul bilan almashadi. SHuning uchun ham uning pastki 2/3 qismi silliq muskuldan iborat. Qizilo’ngach odatda yuqoridan pastga qarab qisqaradi. Qizilo’ngachning muskul bilan shilliq pardalari o’rtasida shilliq osti qavati yaxshi rivojlangan. Bu holat shilliq parda harakatchan bo’lishini ta’minlaydi va uzunasiga joylashgan burmalar hosil qiladi. SHilliq osti qavatida joylashgan qizilo’ngachning xususiy bezlari o’z suyuqliklarini qizilo’ngach bo’shlig’iga chiqaradi. SHilliq parda qizilo’ngachning ichki qavati bo’lib, yaxshi rivojlangan muskul plastinkasiga yaqin joylashgan uzunasiga burmalar hosil bo’lishiga va bezlar suyuqligining ajralishiga yordam beradi. SHilliq pardalardagi bez suyuqliklari uning yuzasini namlab turadi va ovqat luqmalari yo’nalishini osonlashtiradi. Qizilo’ngachning uch fiziologik toraygan joyi mavjud:
Birinchi - qizilo’ngachning boshlangan qismi (halqumdan boshlangan joyida), ikkinchi — kekirdakning ikkita bronxga bo’lingan eri (qizilo’ngachning bronx bilan kesishgan sohasida), uchinchi- qizilo’ngachning diafragmadan o’tish joyi.
Qizilo’ngachning asosiy vazifasi ovqat luqmasi va yutilgan suyuqlikni me’daga o’tkazishdan iborat.
Me’da
Me’da hazm kanalining eng kengaygan qismi bo’lib, qorin bo’shlig’ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko’p qismi chap tomondagi qovurg’a osti sohasida, oz qismi esa qorin bo’shlig’i tepa bo’lagining o’rta qismida joylashgan.
Me’daning shakli nokka o’xshaydi. O’rta yoshdagi odamlarda hajmi taxminan 1-3 litr (ba’zida undan ko’proq) bo’ladi. Me’daning old va orqa devorlari yuqorida kichik pastda katta egriliklar —hosil qiladi
Me’daning kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi. Uning kirish -kardiya qismidagi teshik — 9-ko’krak umurtqasi qarshisida bo’lib, yurakka yaqin joylashgan. Me’daning chiqish qismi 1 bel umurtqasining ro’parasida, o’ng tomonda o’n ikki barmoq ichakka qo’shilib ketadi.Me’daning chiqish qismi ikkiga ajralgan: kengaygan qismi g’orcha deyilsa, uning teshigi torayib davom etgan joyi kanal bo’lagi deyiladi.
Ovqat bilan o’rtacha to’lgan me’da yuqoridan jigar chap bo’lagining pastki yuzasiga va diafragmaning chap gumbaziga, pastki tomondan ko’ndalang chambar ichak va uning tutqichiga tegib turadi. Me’daning oldingi devori qorinning oldingi devoriga, orqa devori me’da osti bezi, chap buyrak va uning ustki beziga hamda taloqqa tegib turadi. Me’da atrofidan qorin parda bilan o’ralgan .Me’da devori quyidagi uch pardadan iborat: 1) shilliq parda bo’lib, uning shilliq osti qavati - juda yaxshi rivojlangan, 2) muskul parda, 3) ceroz parda.
SHilliq pardaning asosiy vazifasi ovqatni kislotali muhitda parchalashga moslashgan bo’lib, bir qavatli prizmatik shilliq ishlab chiqaruvchi epiteliy bilan qoplangan. SHilliq pardada juda ko’p katta kichik burmalar mavjud ularning yo’nalishi va miqdori katta amaliy ahamiyatga ega. Ushbu burmalardan ikkitasi kichik egrilikka parallel holda joylashib, turli tomonga yo’nalgan bo’ladi, qolgan burmalar me’daning qolgan qismlarida o’ziga xos shaklni tashkil qiladi. Odatda, me’dada uzoq saqlanmaydigan moddalar (suv, choy, mineral suv) mana shu kichik egrilik bo’ylab joylashgan burmalardan to’g’ridan -to’g’ri o’n ikki barmoq ichakka o’tadi. SHilliq pardada burmalardan tashqari me’da maydonchalari mavjud Tepachalar orasida me’da chuqurchalari bo’lib, ulrga me’da bezlari ochiladi.
Me’da bezlari joylashishiga qarab quyidagi uch turga bo’linadi va birgalikda me’da shirasini ishlab chiqaradi: 1) kardial bezlar 2) me’daning xususiy bezlari, ular me’daning tubi va tanasida juda ko’p miqsorda bosh hujayralar - pepsinogen fermenti, qoplovchi hujayralar esa xlorid kislotasi ishlab chiqaradi, 3) pilorik bezlar - asosan, shilliq modda ishlab chiqaradi Bundan tashqari, shilliq pardada tarqoq joylashgan limfatik folikulalar uchraydi. Me’daning chiqish qismida shilliq parda halqasimon burma hosil qiladi, u o’ziga xos qopqoq (klapan) deyiladi va kislotali muhitga ega bo’lgan me’dani, ishqoriy muhitli o’n ikki barmoq ichakdan ajratib turish vazifasini bajaradi. SHilliq osti qavati biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, shilliq pardani muskul parda bilan bog’laydi, uning tarkibida bir qancha qon tomir, nerv tolalari o’tadi va ular chigallar hosil qiladi. Me’da (ventriculus yoki gaster) ovqat xazm qilish organlarining eng keng qismi bo’lib. chap tomonida qovurg’alar ostida, diafragmaning tagida, 1/4 qismi o’ngda yotadi. Me’daning kirish qismi kardial,tubi fundus, chiqish qismi pilorus deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |