Laboratoriya mashg’


Mustaxkamlash uchun savollar



Download 220,79 Kb.
bet33/68
Sana03.01.2022
Hajmi220,79 Kb.
#317009
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
ON Turdiyeva

Mustaxkamlash uchun savollar:

1.Splanxnologiya nima?

2.Ovqat hazm sistemasi qaysi organlardan iborat.?

3.Og’iz bo’shlig’i qanday tuzilishga ega?

4. Lablarning vazifalari nimalardan iborat?.

5. Tanglay nechta qismdan tuzilgan?

6. So’lak bezlari qaerda joylashgan?

7. Tishlar nechta qismdan iborat.?

8.Sut va doimiy tishlar formulasini yozing va izohlab bering.
11- labaratoriya ishi. Mavzu: Halqum,qizilo’ngach va oshqozon turli bo’limlarining tuzilishini o’rganish.

Jihozlar: tablisa,darslik, atlas, albom,tarqatma materiallar,mulyaj, ko’rgazmali slaydlar.

Halqum yoki yutqin (harynhx) varonkaga o’xshash, pastga tomon torayib tuzilgan. U kalla suyagining tubi (asosi)dan boshlanib, og’iz va burun bo’shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumni (orqa tomondan) umurtqa pog’onasi va undagi muskullar chegaralaydi, old tomonda hiqildoq joylashib, halqumga tutashib turadi.

Halqum bo’shlig’i burun, og’iz va hiqildoq qismlaridan iborat. Halqumning burun (pars nasalis) qismi eng tepa qism bo’lib, burun bo’shlig’iga bir juft xoana (bo’shliq) orqali qo’shilib turadi. Bu qismning pastki chegarasi yumshoq tanglay ro’parasida bo’lib, bu erdan halqumni o’rta quloq bilan tutashtiruvchi eshituv nayi boshlanadi. Nayning tog’ayi halqum tomonga sal bo’rtib chiqqan. Uni shilliq parda o’rab, orqa tomonida bir oz chuqurlikni vujudga keltiradi. SHu chuqurlikda eshituv nayi bilan yumshoq tanglay o’rtasida limfa to’qimasidan tuzilgan murtak joylashgan.

Halqumning og’iz qismi old tomondan tomoq (fauces) og’iz bo’shlig’iga tutashadi._ Halqumning bu qismi ham havo, ham ovqat o’tadigan umumiy yo’l bo’lganidan bu ikki jarayonni yumshoq tanglay tartibga solib turadi. Ovqat luqmasi yutilganda yumshoq tanglay taranglashib ko’tarilib havo yo’lini to’sadi, natijada havo o’tmaydi. Halqum orqa devorining yuqori qismida limfa to’qimasidan tuzilgan murtak (tonsilla pharyngea s. adenoidea) joylashgan. Halqum devorlarida ikkita nay murtagi, bitta halqum murtagi bilan bitta til murtagi va tanglay murtaklari halqa shaklida joylashgan. SHuningdek, oralig’ida ko’pgina limfa to’qimalarini uchratish mumkin. Bu - Pirogov murtak halqasi bo’lib, organizmda himoya vazifasini bajaradi.

Halqumning hiqildoq qismi birmuncha kalta, u hiqildoqning orqa tomonida joylashgan. Halqumning bu qismi pastda qizilo’ngachga ko’shilib ketadi. Halqum hiqildoq qismining oldingi devorida kirish teshigi bo’lib, uni yon tomondan burmalar chegaralab turadi. Ovqat luqmasi o’tish teshigini hiqildoqqa o’tish teshigini hiqildoq usti tog’ayi (hiqildoq qopqog’i) yopib turadi. Suyuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki yonboshidagi egatchalar orqali qizilo’ngach tomonga o’tadi. Halqumning devori uch qavat bo’lib, ichki-shilliq parda, o’rta, muskul parda va tashqi -biriktiruvchi to’qima pardadan iborat.

Shilliq parda - og’iz, burun bo’shlig’idagi shilliq pardaning davomi hisoblanadi. U ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Burun qismi esa kiprikli epiteliydan tuzilgan. SHilliq parda ostida ko’pgina shilliq bezlar joylashgan. Halqumda shilliq qavati rivojlanmagan. SHilliq parda muskul parda bilan fibroz to’qima orqali qo’shilib turadi.

Muskul parda - ko’ndalang - targ’il muskullardan tuzilgan. CHerepitsaga o’xshab ustma-ust joylashgan halqumning uchta (yuqori, o’rta va pastki) qisuvchi muskullari tafovut qilinadi. Halqumning yuqori qisuvchi muskuli kalla suyagining tubi (asosi)dan boshlansa, o’rta qisuvchi muskul til osti suyagidan, pastki muskul hiqildoq tog’aylaridan boshlanadi,muskul parda halqumning ikki tomonidan o’rab, o’rta chiziqda tutashadi. Bundan tashqari, halqumni ko’taruvchi ikki juft muskul mavjud:

1. Bigizsimon o’siq - halqum muskuli chakka suyagining bigizsimon o’sig’idan boshlanib, halqum devoriga yopishadi.

2. Halqum-tanglay muskuli yumshoq tanglaydan boshlanib, halqum devoriga va qisman hiqildoqqa yopishadi.

Halqumning siquvchi va ko’taruvchi muskullari qisqarish tufayli ovqat asta-sekin yuqoridan pastga, qizilo’ngach tomon yo’naladi.

Halqumning tashqi biriktiruvchi to’qima pardasi muskul qavatlarni tashqaridan o’rab olgan. Bu pardaning tashqi yuzasini kletchatka (yog’ o’rami) o’rab turadi.


Download 220,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish