MAVZU: O‘ZGARMAS TOK ELEKTR ZANJIRLARINI TEKShIRISh Mashg‘ulot maqsadi. O‘zgarmas tok tarmog‘iga aktiv elementlarni ketma-ket va paralel ulab
elektr zanjirini yig‘ishni o‘rganish, yig‘ilgan zanjirdagi elementlarning elektr qiymatlarini o‘lchab olish va hisoblashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar: Labaratoriya stendi;
Elektr iste’molchilar;
Elektr o‘tkazgichlar;
O‘lchov vositalari;
Elektr manba (E.Yu.K.)
Elektr iste’molchilari ketma-ket ulangan zanjir tarmoqlanmagan zanjir deyiladi. Bunday zanjirda iste’molchilardagi tok kuchi bir – biriga teng bo‘lib u quyidagicha:
I=I1= I2= I3 ya’ni I=const Kuchlanishlar Kirxgofning ikkinchi qonuni berk konturda iste’molchilardagi kuchlanishlar yig‘indisi zanjirga berilgan EYuK qiymatiga tengdir va quyidagicha:
E1=I1* R1+ I2* R2+ I3* R3 ya’ni E= U1 + U2 + U3 Elektr zanjirining bir qismi uchun Om qonuni
Butun zanjir uchun Om qonuni Zanjirning umumiy qarshiligi:
1.1-rasm. Elektr iste’molchilari tarmoqlanmagan elektr zanjiri va ko‘rinishi Yuqoridagi elektr zanjiri yig‘ilgandan so‘ng elementlar qiymatlarini o‘lchang va 1.1 jadvalga yozing.