A.Qodiriy nomidagi JDPI Fizika-astranomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bitiruvchisi Nurmuhammadov Ramozonning “Butun zanjir uchun Om qonuni mavzusini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash “ mavzusida bajarilgan bitiruv-malakaviy ishiga ilmiy rahbar
XULOSASI.
Hozirgi zamonamiz rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri,jamiyatda
tezlik bilan yangilanib kelayotgan miqdoriy va sifat o’zgarishlari tashkil
etadi.Ayniqsa,jamiyat hayotiga kirib kelayotgan zamonaviy fan-texnika
yutuqlari axborot texnologiyalarning keng ko’lamda rivojlanishiga juda kata imkoniyat yaratib berdi.Shu sababli XXI-asrning xarakterli belgilari to’g’risida gapirilganda”Axborot asri” ,”Axborotlashgan jamiyat” kabi atamalar ayniqsa tez-tez islatilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalarni fizika ta’limida to’laqonli tarzdagi texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayoninitexnologiyalashtirish — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini,ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta’limida yangi рedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni, ularning qiziqishi,qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma’lum bo’ldi.
Nurmamatov Ramazonning “Butun zanjir uchun Om qonunini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi “O’zgarmas tok qonunlari” bobini o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan bo’lib ,umumiy ta’lim maktablarida “O’zgarmas tok qonunlari” bobini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usul,shakl va vositalari atroflicha bayon etilgan.
Ishda keltirilgan tatqiqot natijalarini ta’lim muassasalari amaliyotiga
tatbiq qilinsa,kelajakda mustaqil fikrga ega bo’lgan avlodlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish,2ta bob,6ta bo’lim,xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
Birinchi bobda Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika kursini
o’qitishning axamiyati to’g’risida,fizikani o’qitishda bilim,ko’nikma va ularga qo’yiladigan talablar,shuningdek “O’zgarmas tok qonunlari”bobidagi mavzularning ketma-ketligi haqida batafsil yoritib bergan.
Ikkinchi bobda esa, Butun zanjir uchun Om qonuni mavzusini yangi
pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish.hamda mavzuning nazariy
bayoni,mavzu yuzasidan laboratoriya ishi,shuningdek,sinov darsi va tahlili
tushuntirilib o’tilgan.Bitiruv malakaviy ishida ayrim kamchiliklar ham mavjud,jumladan,Grammatik хatolar bo’lib ,bu xatolar bitiruv malakaviy ishining saviyasiga ta’sir etmaydi.
Umuman olganda ushbu BMI ga tugallangan tatqiqot deb qarash mumkin va BMIga qo’yilgan barcha talablarga javob beradi.Ushbu holatlarni inobatga olib,ishni ijobiy baholab ,himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: katta o’qit.A.O’rozov.
Do'stlaringiz bilan baham: |