Left - ob`ektni formaning chap qismiga nisbatan joylashish o`rni (piksellarda).
Name - ob`ektning nomi. Ob`ekt nomining birinchi xarfi lotin belgisi bilan boshlanishi shart.
ShowHint - kichik yordamni chiqarishga ruxhsat berishni ta`minlaydi (True).
Tag - qo`shimcha xususiyat.
Top - ob`ektni formaganing yuqori qismiga nisbatan joylashish o`rni (piksellarda).
Transpared - ob`ekt fonini olib tashlash (True).
Visible - ob`ektni korsatish (True) yoki yashirish (False).
Width - ob`ekt uzunligi. (ob`ekt.Width :15; ob`ekt uzunligi 150 ta pikselga teng).
Xodisalar
DELPHI da dasturchilar uchun dasturni soddalastirish maqsadida xodisa (Events) yo`lga qo`yilgan.
Xodisa - bu ob`ekt qismida bajariladigan amallar turdir. Misol uchu, ob`ekt ustida Inter (Enter) tugmasining bosilishi, sichqonchaning chap yoki o`ng tugmasining bosilishi xodisadir.
Xodisa ro`yhatlari Object Inspector oynasining Events saxifasahifasida joylashgan bo`ladi. U erda OnClik, OnDBLClik, OnMouseMove kabi xodisalarni ko`rishimiz mumkin.
Xodisadan foydalanish uchu kerakli xodisaning o`ng qismida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Masalan Forma ob`ekti bosilganida qandaydir amal bajarish uchun. Form ob`ekti tanlanadi va Object InspectorEventsOnClik ning ustisirtida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi. YUqoridagi amallar ketma-ketligi bajarilganidan so`ng DELPHI ning kodlar oynasida quyidagi protsedura xosil bo`ladi:
procedure TForm1.FormClick(Sender: TObject); begin
end; Biz unga quyidagi o`zgartirishni kiritamiz:
procedure TForm1.FormClick(Sender: TObject); begin MessageDlg('Salomlar !!!', mtInformation, [mbOk], 0); end; Mazkur dasturni ishga tushirgandan keiyn formaning istalgan qismida sichqonchaning chap tugmasi bosilsa quyidagi oyna xosil bo`ladi:
1.4-rasm.
YUqoridagi misoldan ko`rinib turibdiki, qandaydir xodisa ro`y berganida javob olish mumkin ekan. Ko`pchilik dasturchilar bu vaqtda qanday jarayon bo`layotganligini tushunmay dastur tuzadilar. SHuni aytish mumkinki, har-bir xodisa ro`y berganida operatsion sistema bu xodisani aniqlaydi va dasturga xodisaning turi xaqidagi xabarni uzatadi. Misol qilib forma sirtida sichqonchaning chap tugmasi bosilganida ro`y beradigan xodisani ko`rishmiz mumkin. Buning uchu xodisa sahifasidan OnMouseDown xodisasi tanlanadi va dasturga quyidagi o`zgartirish kiritiladi: