Mashg’ulot bajaruvchining istiroki: Toza virus preparatini olish uchun biologik lobaratoriyalarda lobaratoriya mashg’ulotlarini bajardik. Virusologik lobaratoriyalar juda xavfli bo’lganligi uchun barcha o’quvchilar texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqib qoidalarga amal qildik. Biz bu lobaratoriya mashg’ulotida viruslardan preparat tayyorlashni o’rgandik. Viruslarni preparatini toza holatda ajratib olish uchun sof kultura talab qilinadi. Agar kultura sof kultura bo’lmasa mashg’ulot natijasi biz o’ylagandek chiqmasligi mumkin. Viruslardan prepareparat tayyorlab olganimizdan keyin uni mikroskop ostida kuzatishimiz mumkin.
Xulosa. Biz bu laboratoriya mashg'lotida toza virus preparatlarini olish yo'llari bilan tanishdik . Viruslar bilan ishlashda ehyotkorlik talab etiladi .Ayniqsa yuqumli viruslar bilan ishlayotganda maxsus kiyim bilan ishlash kerakligini urgandik . Viruslarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o'rganishimiz biz ulardi qushimcha preparatlardan tozalashimiz kerakligini uqib urgandik. Masalan: Konsentrlangan virus tutuvchi materiallarni ikki marta sentrifugalash yo'li bilan tozalab olish kerakligini o'rgandik . Bundan tashqari qo'shimcha tozalash ishlari fizik-kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi . Bularga Differensial sentrifugalash , zichlik gradientida sentrifugalash kabi usullarni slaydlar , vidio darsliklar va virusologiya markazlariga borib kurib bu uskunalarning qanday ishlashi bilan tanishdik.Biz viruslarni toza holatda ajratib olishda texnika xavfsizlik qoidalariga alohida rioya qilishimiz lozim . Aks holda viruslarni ajratib olayotgancha har xil kasallik tug’diruvchu viruslarni yuqtirib olishimiz mumkin . Har doim asbob uskunalarimiz stril holatda bo’lishi lozim ekan.Shunga qaramay laboratoriya mashg’uloti xonalarini ham toza hamda stril holarda tutishimiz lozim.Aks holda tajribamiz chiqmasligi mumkin.