Brom bilan ishlash
1. Brom faqat qalin devorli, silliqlangan shisha qopqoqli shisha idishlarda saqlanadi. SHisha idishlar mo’rili shkafda qumli metall yashikda saqlanishi kerak.
Teriga brom tegsa qiyin tuzaladigan yara xosil qiladi, shilliq pardlarga ta’sir etadi. Bromli barcha ishlar, albatta rezina qo’lqop, ximoya ko’zoynagi taqib yoki maska kiyilib, yarmigacha berkitilgan mo’rili shkafda bajariladi.
Bromli shisha idishlar qum xammomi yoki chinni idishlarda tashiladi.
Tomchi voronkasi yordamida qo’shish bilan bajariladigan ishlarda oldin voronka jo’mragining germetikligini efir yordamida tekshirib ko’rish lozim. So’ngra jo’mrakka surtilgan moyniartib, o’rniga fosfat kislota surtiladi. Jo’mrak favqulodda, voronka korpusidan chiqib ketmasligi uchun uning turtib chiqib turgan uchiga rezina kiygiziladi yoki jo’mrak bog’lab qo’yiladi. Tomchi voronkasiga birdaniga 10 ml dan kamroq brom quyiladi.
Natriy metali bilan ishlash
Kaliy va natriy metallari bilan ishlashda, nixoyatda extiyot bo’lish zarur.
Ularga suv va galoidli birikmalar tegizmaslik kerak.
Natriy metali qalin devorli shisha yoki tunuka idishda suvsizlantirilgan kerosin, yuqori temperaturada qaynaydigan inert uglevodorod yoki tansformator yog’i ostida sag’lanadi. Natriy solingan bankalar qum xammomi yoki yashikda saqlanadi. Natriy solingan idishning og’zi probka va chinni kosacha bilan qavariq tomoni yuqoriga qilib berkitiladi.
Natriy metalini pinset, skalpel yoki pichoq bilan olinadi.
Natriy metalini faqat pinset bilan ushlab quruq filtr qog’ozi ustida kesiladi. Natriy metalining usti oksid parda bilan qoplangan bo’ladi. SHuning uchun ular kesib olinadi va ishni boshlashdan oldin natriyli idishga qaytarib solinadi.
Natriy metali ishtirokidagi barcha ishlar ochiq vodoprovod jo’mragidan, suv nasoslaridan va boshqa suv manbaalridan uzoqda ximoya ko’zoynagi taqib olib boriladi.
Ish tugagandan keyin natriy qoldiqlarini yig’ib, natriyli idishga solish kerak. Natriy qoldiqlarini yo’qotish maqsadida u kesilgan filtr qog’oz va reaksiya olib borilgan idishga texnikaviy metil yoki etil spirt quyiladi. Natriy qoldig’ini rakovina va axlat yashigiga tashlash mutlaqo mumkin emas.
Natriy bilan reaksiya o’tkazishda suvli sovutgich tik qilib o’rnatilgan asboblarni ishlatmaslik kerak. Sovitgichlar reaksiya o’tkazilayotgan idisha forshtoss orqali qiya xolda ulanadi. Bunda agar kolbaning probkasi germetik bo’lmasa, sovitgichning tashqi sirtida kondensirlangan suvni kolbaga tushirmasli k lozim.
Natriyli reaksion aralashma solingan kolbani suv xammomlarida qizdirish mumkin emas. Bunday xolda yoki qum xammomidan foydalaniladi.
Mono-va poligaloid alkillar, karbonil birikmalar, kislotalar, spirtlar va nitrobirikmalarni quritish uchun natriy metalidan foydalanish mumkin emas.
Bo’sh kolba yoki bo’sh sklyankada natriy bo’lakchalarini qoldirmaslik kerak. CHunki natriy ochiq qolganda uning sirti oq rangli natriy gidroksid parda va soda bilan qoplanadi. Bunday xolda uni kalsiy xlorid tuzi bilan adashtirish va idishga suv quyilganda u portlashi mumkin.
Sianidlar, dimetilsulfat, kichik molekulali kislotalarning xlorangidridlari, fosgen, azot (IV)-oksid ishtirokida olib boriladigan xamma ishlari mo’rili shkafda qo’lga qo’lqop kiygan xolda bajarish kerak.
Fenollar, galoidonitro birikmalar, to’yinmagan karbonil birikmalar, to’yinmagan kislotalar, alifatik galoidkislotalar, gidrazinlar va xokazolar bilan ishlashda, albatta ximoya ko’zoynagi taqib qo’lqop kiyish kerak. CHunki bu moddalarning ko’pi terini, shilliq pardalarni kuydirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |