Kerakli jihoz va materiallar. Burchak o’lchash asboblari.
O’lchash uchun detallar.
Ishni bajarish tartibi. 1. Universal burchak o’lchash asbobining turlari, tuzilishi va ishlash tartibi o’rganiladi.
2. O’lchash uchun berilgan detalning eskizi chiziladi.
3. Burchak o’lchash asbobining quyidagi metrologik ko’rsatkichlari aniqlanadi:
a) o’lchash chegaralari;
b) asosiy va yordamchi shkalalarning bir bo’lagi qiymati;
v) nonius shkalasining bir bo’lagi qiymati;
g) nonius shkalasining o’lchash aniqligi.
4. Berilgan detallarning ichki va tashqi burchaklari o’lchanadi.
5. Bajarilgan ish yuzasidan hisobot yoziladi.
2 - LABORATORIYA ISHI
Silindrsimon va tekis yuzalarni shakllaridan va o`zaro joylashuvlaridan ogishlarini nazorat qilish
Ishdan maqsad: Detal yuzalarining shakl og’ishlarini aniqlash va richagli mexanik asbob, indikator bilan ishlashda amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Ishning mazmuni Indikatorning metrologik tavsiyanomalarini aniqlash.
Detal yuzalarining radial tepishini o’lchash va uning yaroqligi tug’risida xulosa chiqarish.
Talabaga beriladi: soat turidagi indikator, ustun va o’lchashga mo’ljallangan detallar.
Ishni bajarish tartibi
Indikatorning metrologik tavsifnomalarini aniqlang va son qiymatlarini hisobot shaklidagi 1-jadvalga kiriting.
Radial tepishni soat turidagi indikator bilan o’lchash.
Soat turidagi indikatorlar o’lchovining nisbiy va absolyut uslublarida detallarning radial va yon tepish, turtish, balandlik va diametrlarni o’lchashda keng ko’llaniladi.
Indikatordagi o’lchov sterjenning (1) harakati katta va kichik strelkalarnnng shkalalar bo’yicha siljishga olib keladi (5 - rasm). Bunda 4 strelkaga mos bo’lgan shkala burilishlar ko’rsatkichi bo’lib, undan katta strelkaning aylanishlar sonini butun qiymati olinadi. Bo’lim miqdori 0,01 mm bo’lgan indikatorlarda o’lchov sterjenining 0,01 mm ilgarilama harakati katta strelkani (2) shkala (3) bo’yicha bitta bug’inga olib keladi.
Indikator shkalasi yuz bo’g’indan iborat bo’lgani uchun katta strelkaning bir marta to’lik aylanishi strelkani 1 mm siljishiga mos keladi. Bu esa kichik strelkani ko’rsatkich shkalasi bo’yicha bir bo’yinga siljitadi va shu shkalaning bo’lim mikdori 1 mm bo’lganidan dalolat beradi.
Indikatorning shkalasi (3) halka (5) bilan asbobning konusi korpusiga nisbatan burilish xususiyatiga ega bo’lgani uchun katta strelkaning qarshisiga shkalaning istalgan shtrixini o’rnatish mumkin.
Detal shakl otsishlarini o’lchashdan oldin indikatorni nolg’ holatga keltirish kerak. Buning uchun o’lchov sterjeni (1) detal yuzasiga 1-2 mm taranglik holatida tekkiziladi va korpusdagi halkani aylantirib katta strelka nolg’ holatiga keltiriladi. Taranglik holati o’lchash jarayonida ham manfiy, ham musbat qiymatlar olish uchun kerak.
O’lchash jarayonida katta va kichik sterjenlar o’z holatini o’zgartiradi. Bunda og’ish indikator va aylanishlar ko’rsatkichi shkalalari bo’yicha aniqlanadi. Aylanishlar ko’rsatkichi shkalasi millimetrni butun va indikator shkalasi esa yuzdan bir ulushini ko’rsatadi.
Detal yuzasining (val turidagi) radial tepishini o’lchash uchun uni o’lchov moslamada (2) markazlashtiriladi (6 rasm). Indikator (3) vint (5) yordamida ushlagichga qotiriladi va vint (6) yordamida kerakli balandlikka (o’lchov sterjenli detal yuzasiga tekkan holatda) o’rnatiladi. Moslama tarkibiga kiruvchi vintni (7) bo’shatib, asbob ustunini (8) markazlashtirish o’qiga perpendikulyar siljitiladi. Bu yerda asbob kursatkichning eng katta qiymati o’lchov sterjenining o’qi markazlashtirish chizig’iga perpendikulyar bo’lganidan dalolat beradi.
SHu holatda indikator nolg’ga o’rnatiladi. So’ngra detalni markazlarda sekin aylantirib asbobning eng katta va eng kichik kiymatlari aniqlanadi. Olingan natijalarni hisobot shaklidagi jadvalga kiritiladi. Bunda asbobning eng katta va eng kichik ko’rsatkichlarining absolyut ayirmasi radial tepishini beradi. Radial tepish detalning berilgan uch yuzasi bo’yicha ularning umumiy o’qiga nisbatan o’lchanadi. olingan qiymatlarni ruxsat etilgan qiymatlar bilan taqqoslab detalni yaroqligi to’g’risida xulosa chiqariladi.
QIRRALIK QIYMATINI O’LCHASH
Qirralik - doiraviylikdan og’ish bo’lib, bunda detal yuzasining haqiqiy profili ko’pqirralik shaklida bo’ladi. Qirralik uch nuqtalik o’lchov yo’li bilan aniqlanadi. Buning uchun detal o’lchanayotgan yuza bo’yicha prizmaga o’rnatiladi va uni aylantirib, indikator yordamida og’ishlar aniqlanadi. Eng katta va eng kichik ko’rsatkichlarni ayirmasi va prizmaning burchagini inobatga olgan holda qirralik miqdori aniqlanadi.
Δ=h/2
bu yerda h - asbob ko’rsatkichlarning ayirmasi a=900 prizma). Olingan natijalarni hisobot shaklidagi jadvalga kiriting.
Asbobning metrologik tavsiyanomalarini aniqlang. Hisobot shakli
1-topshiriq 1-jadval
Asbobning
Nomi
Asbobning
bo’lim
miqdori
Aylanma ko’rsatkichning
bo’lim
miqdori
O’lchov
Chegaralari
Ruxsat etilgan
Xatolik
O’lchov uslubi
detal yuzalari
asbob ko’rsatishi
radial teshik
qirralik
katta
kichik
katta
kichik
1
2
3
Mikrometrni yaroqliligi to’g’risidagi xulosa
NAZORAT SAVOLLARI
Radial tepish va qirralik nima?
Indikatorning tuzilishi va uni nolg’ga keltirish.
Indikatorda o’lchov natijalari qanday o’qiladi?
Radial tepish va qirralik qiymatlari qanday topiladi?