5-tajriba. Tuz bilan metallarning o’zaro ta’siri. Probirkaga 1 n CuSO4 eritmasidan 10 tomchi tomizing va unga temir, rux yoki alyuminiy qirindisidan soling. Toza misning ajralib chiqishini va yangi tuz hosil bo’lishini kuzating. Eritma rangi qanday bo’ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Savol va mashqlar
Davriy sistemadagi qaysi element eng kuchli oksidlovchi va qaysi biri eng kuchli qaytaruvchi?
Xlor, azot va kaliyning qanday birikmalari faqat oksidlovchilikni namoyon qiladi.?
Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchining valentligi qanday o’zgaradi? Misol keltiring.
Quyida keltirilgan reaksiyalarning qaysi biri oksidlanish qaytarilish reaksiyalariga kiradi?
NH3 + HCl = NH4Cl
Zn + S = ZnS
v) CaCO3 = CaO + CO2
g) 2HgO = 2Hg + O2
SnCl2 + 2FeCl3 = SnCl4 + 2FeCl2
BaCl2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HCl
Do'stlaringiz bilan baham: |