1-tajriba. Ruxga sulfat kislotaning ta’siri. Kichik rux bo’lakchasini soat oynasi yoki chinni tigelga qo’ying. Uning ustiga 1—2 tomchi 2n sulfat kislota tomizing. Gaz ajralishini kuzating. Qaysi gaz ajraladi? Reaksiyaning molekulyar va elektron tenglamasini yozing. Oksidlavchi va qaytariluvchilarni ko’rsating.
2-tajriba. Galogenlarning oksidlash xossalari. Probirkaga bromli suvdan 5 tomchi quying va ustiga 5 tomchi vodorod sulfidli suv qo’shing. Qanday hodisa yuz berishini kuzating. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
3-tajriba. Metallarga tuzlarning ta’siri. Zangdan tozalangan temir simni soat oynasiga qo’ying. Unga mis (II)-sulfat eritmasidan 2—3 tomchi tomizing. Sim rangining o’zgarishini kuzating. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |