Лаборатория иши №5


Birinchi yordam ko`rsatish



Download 316,98 Kb.
bet6/25
Sana21.02.2022
Hajmi316,98 Kb.
#461662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
УКТ лаборатория 2021

Birinchi yordam ko`rsatish

  1. Kimyoviy kuyish sodir bo`lsa kuygan erni sovuq suv oqimi bilan yaxshilab yuvish, spirt bilan tozalab artish, issiqlikdan kuysa, spirt bilan yaxshilab artib-yuvish va vrachga murojat qilish kerak.

  2. Ko`z kimyoviy jarohotlansa, sovuq suv bilan yaxshilab yuvib vrachga murojat qilish kerak.

  3. Ko`zga qattiq jism tushib jaroxatlansa, darxol vrachga murojat qilish kerak.

  4. Kimyoviy moddalar bilan zaharlanish sodir bo`lsa vrach kelgunga kadar bemorni toza havoga olib chiqish, qustirish, zaharga qarshi dori-dormon ichirish lozim bo`lsa sun`iy nafas oldirish kerak.

  5. Zaharli moddalar bilan ishlayoganda aptechkada zaharga qarshi dorilar bo`lishi kerak.

LABORATORIYA ISHI №1


Vodorod xloridni absorbsiyalash, xlorid kislotasi olish
Ishdan maqsad: Xlorid kislotasini osh tuzidan sulfat kislotasi ta`sirida olingan vodorod xloridni Absorbsiyalab olish jarayonini o`rganish.

Nazariy ma`lumotlar


Mavzuni yoritishdan oldin vodorod xloridni olishning asosiy mahsuloti xlorning tarqalishi haqida to'xtalib o'tsak. Tabiatda xlor erkin xolda faqat vulqon gazlaridagina uchraydi. Uning birikmalari keng tarqalgan. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid (NaCl), kaliy xlorid (KCl), magniy xlorid MgCl2*6H2O, silvinit (NaCI bilan KCI dan tarkib topgan, karnalit KCl*MgCl2*6H2O, kainit MgSO4*KCl*3H2O kabi birikmalar kiradi. Xlor birikmalari okean, dengiz, ko'l suvlarida, hamda hayvonot va o'simlik organizmlarida oz miqdorlarda bo'ladi. Xlor va yer po'stlog'i massasining 0,05 % ini tashkil qiladi.
Xlor – sarg'ish-yashil rangli , o'tkir hidli zaharli gaz. Havodan 2,5 marta og'ir. 20o C da 1 hajm suvda 2,3 hajm xlor eriydi. Xlor nafas yo'llarini yallig'lantiradi, ko'p miqdorda xlor bilan nafas olib bo'g'ilish o'limga olib kelishi mumkin. Xlorning suvdagi eritmasi xlorli suv deb ataladi.
Xlor vodorod bilan o'ziga xos reaksiyaga kirishadi. Qorong'ida xlor bilan vodorod aralashtiriksa, reaksiyaga kirishmaydi. Lekin kuchli yoritilganda reaksiya juda tez, portlash bilan sodir bo'ladi:
Cl2+H2=2HCl
Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki bu reaksiya ancha murakkab ketadi. Cl2 molekulasi yorug'lik kvantini hv yutadi va atomlar ajraladi. Yorug'lik kvanti ta'sirida dastlabki qo'zg'atish ketma-ketligi sodir bo'ladigan reaksiyalar zanjirini vujudga keltiradi. Bunday raksiyalar zanjir reaksiyalar deyiladi. Xlorning vodorod bilan zanjir reaksiyasi natijasida vodorod xlorid olinadi. N.N.Semyonov zanjir reaksiyalar juda ko'p tarqalganligini va erkin atomlar yoki atom gruhlari – radikallar hosil bo'lib, keyin ular o'zaro reaksiyaga kirishishini aniqladi. Bunday reaksiyalar ko'pchilik kimyoviy jarayonlarda (yonish, portlash, polimerlanish va boshqa) katta ro'l o'ynaydi.
Vodorod xlorid – xlorning eng muhim birikmalaridan biri. Bu o'tkir hidli rangsiz gaz. U bilan nafas olinganda nafas yo'llarini yallig'lantiradi va bo'g'adi. Havodan 1,3 marta og'ir. Nam havoda «tutaydi», ya'ni havodagi suv bug'lari bilan birikib, mayda tuman tomchilarini hosil qiladi. 0 °C da bir hajm suvda 500 hajmga yaqin vodorod xlorid eriydi. Vodorod xloridning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyiladi.
Xlor ichimlik suvini zararsizlantirish (suvni xlorlash), gazlama va qog'ozlarni oqartirish uchun ishlatiladi. Uning ko'p qismi xlorid kislota, xlorli ohak, shuningdek, tarkibida xlor bo'ladigan turli hil kimyoviy birikmalar olish uchun sarflanadi. Laboratoriya sharoitida vodorod xlorid natriy xloridni konsentrlangan sulfat kislota bilan o'zaro reaksiyasi asoslangan usul sulfatli, vodorodni xlorda yonishiga asoslangan usul sintetik, usul deyiladi.
Vodorod xloridning suvdagi absorbsiyasi hosil bo`layotgan xlorid kislotasining harorati ko`tarilishi bilan boradigan jarayondir. Haroratning oshib borishi bilan birga xlorid kislotasining yuzasidagi bug`ning bosimi ham ortib boradi.
Vodorod xlorid va suv bug`laridan iborat bug`ning bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda kislota qaynab ketadi va suvning bug`lanishi yuqori darajaga etadi. Adiabatik sharoitda suvning bug`lanishiga sarflanadigan issiqlik HCl ning suyulish issiqligi bilan to`ldiriladi va shu asnoda kislotaning konsentratsiyasi uzluksiz ortib boradi. Qaynayotgan kislota harorati esa dastlab 1100S ko`tariladi va konsentratsiyasi 20,24% gacha etadi (bosim 101325 N/m2 yoki 760 mm simob ust.), so`ngra kamayadi. Tarkibida 20,24% HCl bo`lgan kislota HCl va H2O ning doimiy qaynaydigan aralashmasi hisoblanadi.
Agar HCl - ning gaz fazasidagi partsial bosimi doimo qaynaydigan aralashma ustidagi (yuzasidagi) HCl bosimidan oshib ketsa, kislotaning konsentratsiyasi 20,24% ga etadi va yanada oshib boraveradi, qaynash harorati esa pasayadi. Shu sababli HCl gazining miqdorini oshirib borishi adiabatik sharoitda kislota konsentratsiyasining ortib borishiga sabab bo`ladi.
Vodorod xloridni qaynayotgan suvga yuborilganda absorberdan chiqib ketayotgan gaz dastlab suv bug`laridan iborat bo`ladi, ammo kislota konsentratsiyasining ortib borishi bilan chiqayotgan gaz tarkibida HCI gazining miqdori ham ortib boraveradi. Shuning uchun bitta absorberda kontsentrlangan kislota olinayotganda bir qism vodorod xlorid absorbsiyalanmay qoladi.
HCl ni to`liq yuttirish uchun gazni suvga qarama-qarshi bir necha absorberlar orqali yuborish yoki ichida tarelkalar, nasadkalar bor absorberlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ana shundagina absorberlardan chiqib ketayotgan gaz faqat suv paridan iborat bo`ladi.

Download 316,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish