Tajriba o`tkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar.
Laboratoriya qurilmasi.
0,5N NaOH eritmasi.
0,5 litrli Erlenmeyer kolbasi.
Metil qizil indikatori.
Osh tuzi.
Kontsentrlangan sulfat kislotasi.
0,5N sulfat kislotasi.
Ishni bajarish tartibi:
Laboratoriyada vodorod xloridni osh tuziga kontsentrlangan sulfat kislotasi ta`sir ettirib olinadi. Reaksiya ikki bosqichda boradi.
Birinchi bosqichda reaksiya tashqaridan issiqlik berilmasdan, nordon tuz hosil bo`lguncha boradi:
NaCl + H2SO4 = NaHSO4 + HCl + Q
Birinchi bosqich tugagandan so`ng jarayonga chetdan issiqlik ta`sir ettirilsa, reaksiya quyidagicha davom etib, ikkinchi bosqichda o`rta tuz hosil bo`ladi:
NaCl + NaHSO4 = Na2SO4 + HCl - Q
Xlorid kislotasi olinadigan laboratoriya qurilmasi quyidagi suratda ko`rsatilgan. Kolba (reaktor) (1) ga ma`lum miqdorda tortib olingan osh tuzi solinadi va ajratuvchi voronka (2) orqali hisoblab olingan kontsentrlangan sulfat kislotasi quyiladi.
Reaktor (1) ni ostiga gaz gorelkasi yoki elektr plitasi (10) ulanadi. Birinchi bosqichda, tashqaridan issiqlik berilmay turib, hosil bo`lgan vodorod xloridning tarkibida suv va sulfat kislotasi bug`lari bo`lishi mumkin. Gazni bu bug`lardan kontsentrlangan sulfat kislotasi solingan. Tishchenko idishi (3) orqali o`tkazib tozalanadi. So`ngra tomchi ushlagich (4) dan o`tib, barbater (6) orqali absorbsiya kollonasi (5) ga keladi. Absorbsiya kollonasiga avvaldan distillangan suv solingan bo`ladi va u erda xlorid kislotasi hosil bo`lish - absorbsiya jarayoni ketadi. Absorbsiya kollonasidan chiqqan gaz natriy ishqori solingan idish (8) (yuttirgich) ga keladi va u erda absorbsiya kollonasida yutilmay qolgan vodorod xlorid gazi ishqorga yutiladi.
Rasm. Xlorid kislotasi olishni laboratoriya qurilmasi.
Izoh: Qurilma suruvchi shkafga joylashgan bo`lishi kerak.
Absorberdagi harorat termometr (7) orqali nazorat qilinadi. Gaz oqimini hosil qilish uchun, qurilma suv bilan suruvchi nasos (9) ga ulangan.
Yuttirgich idish (8) ga 50 ml 0,5n NaOH eritmasi solinadi. Tajriba oxirida hosil bo`lgan xlorid kislotasi absorber (5) dan Erlenmeyer kolbasiga quyib olinadi va 0,5n NaOH bilan titrlanadi, (8) idishda hosil bo`lgan mahsulot esa 0,5n H2SO4 bilan titrlanadi.
Parchalanish darajasi (tashqaridan issiqlik berib yoki bermay) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bu erda: Pi - hosil bo`lgan kislotani titrlash uchun sarf bo`lgan ishqor miqdori, ml.
Pk - (8) absorberda hosil bo`lgan mahsulotni titrlash uchun sarf bo`lgan kislota miqdori, ml.
fk, fi - kislota va ishqorlarning faktorlari.
at - o`lchab olingan osh tuzining miqdori.
Absorbsiya darajasi esa quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |