Metall va metallmaslarning korroziyaga chidamligini o‘rganish
Metalllar korroziyasi asosan elektrokimyoviy mehanizmi bo‘yicha vodorodning qutbsizlanishi bo‘yicha sodir bo‘ladi. Katodli reaksiyalarda gidroksid ionining qo‘sh elektr qavati orqali kirib borishi ro‘y berib, uning zaryadsizlanishi atomlar vodorodning ajralishi uning molekulaga aylanishi va metal sirtidan desorbilanishi bilan sodir bo‘ladi. Anotli reaksiya aktiv anionlarning metall sirtiga adsorbiyalanishiga bog‘liq bo‘lib, bunda oraliq komplekslar ham hosil bo‘ladi. Anodli jarayonning yakunlovchi bosqichida metall ioni eritmaga gidratlangan holatda o‘tadi.
Korroziyani sekinlashtiruvchi moddalar katodli yoki anodli sohalarda adsorbilanib, anodli yoki katodli jarayonini sekinlashtiradi. Ayrim ingibitorlar metall sirtida fazoli muhofaza qavatni hosil qiladi. Masalan, titanning xlorid kislotada kupferron ishtirokidan erishining sekinlashuvi sirtdan yupqa lekin kam eruvchan va kam o‘tkazuvchi titan kupferronatning hosil bo‘lishi bilan tushintiriladi.
Bir muncha sodda va shu bilan birgalikda ishonchli usullardan biri metallarning korroziyaga chidamligini gravimetrik usulda aniqlash usuli hisoblanadi. Korroziya asta-sekin yoki tez sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda gravimetrik usul ma’lum vaqt oralig‘ida korroziyaning o‘rtacha tezligini aniqlash imkonini beradi. Tajribani kimyoviy stakanlarda, metall plastinkalarda shisha tayoqchalarda osib qo‘yish bilan olib borish mumkin. Hajmiy usul metalning kislota bilan reaksiyasi natijasida ajralib chiqqan vodorod hajmini o‘lchashga asoslangan. Bu usul gravimetrik usulga nisbatan ancha aniq usul hisoblanadi.
Bunda ayrim shartlarga rioya qilinmasa natijalar bir muncha noto‘g‘ri chiqadi. Buni kislotada erigan kislorodning bir qismining atomlar vodorod bilan reaksiyasiga kirishishi bilan tushuntirish mumkin. Agar metallning erishi ancha tez sodir bo‘lsa va kislota sirti havo bilan tegishib turgan bo‘lsa, 93-95% po‘lat vodorodli qutbsizlanish tufayli tezlashadi. Bunday holda tajriba natijalari 5-7% ga pasayadi.
Agar reaksiya sekin sodir bo‘lsa, vodorodli qutbsizlanish tufayli erigan metallning miqdori kiskin kamayadi va 20-30% ni tashkil etishi mumkin. Bunday holda erigan kislorodni kislotadan yo‘qotish va uning kislotaga diffuziyalanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Shu maqsadda kilota orqali juda kam miqdorda vodorod oqimida 10-15 minut davomida o‘tkazilib turiladi va kislotaga kislorodning kirishining oldini olish uchun korrozimetrdan foydalaniladi.
Korrozimetr varonkasi stakan tubigacha tushiriladi bu esa, namuna sirtiga kislorodning kirib borishining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |