LABORATORIYA ISHI №5
Gips asosida bog`lovchi mahsulotlar olish.
Ishdan maqsad: Mineral o`g`itlar chiqindisi bo`lgan fosfogipsdan bog`lovchi mahsulotlar olish texnologiyasi jarayonini o`rganish.
NAZARIY MA’LUMOT.
Gipsli bog'Iovchi moddalar. Gipsli bog'lovchi moddalar kuydi-rilgan gipstosh mayda qilib tuyish yo'li bilan hosil qilinadi (gips-tosh asosan tarkibida ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatli CaSO4 • 2H2O dan iborat). Gips-toshdan kuydirilish harorati, sharoitiga qarab qurilish gipsi, mustahkam gips hamda angidritli sement hosil qilinadi.
Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatli cho'kindi tog' jinsi - gipsni (CaSO4 • 2H2O) va suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (CaSO4) hamda ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog'lovchilar olinadi. Standartda ko'rsatilishicha, birinchi navgips ishlab chiqarish uchun tarkibida CaSO4 • 2H2O ning miqdori 90%, ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam boimagan tabiiy gips-tosh kerak.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo'yicha), zichligi 2200 - 2400 kg/m3 bo'lgan jinsdir. Gips-tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud (Kogon gips koni).
150 - 170°C haroratda kuydirilgan gips-toshni tuyib maydalab olingan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatni 65°C da qizdirilganda u o'z xususiyatini o'zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo'qolib, digidratatsiyalana boshlaydi. Bunda gips-tosh 1,5 molekula suvni yo'qotib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
CaSO4 • 2H2O = CaSO4 • 0,5H2O + l,5H2O.
Gips-tosh 140 - 170°C haroratda ko'p miqdorda suvni yo'qotib, yarim suvli, tez qotuvchi (CaSO4 • 0,5H2O) gipsga aylanadi. Bunday bog'lovchi ba'zan alebaster deb ham ataladi.
Demak, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan texnikaviy vazifa ikki molekula suvli gipsni yarim molekula suvli gipsga aylantirishdan iborat bo'ladi. Tabiiy kalsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda konsentraesiyalangan fosfor o'g'itlariga gidrokimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi - fosfogips sanoat uchun yirik xomashyo manbai hisoblanadi.
Maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng yaxshi tabiiy xomashedan hosil qilinadigan mahsulotdan, qolishmaydigan tayyor bog`lovchi modda olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |