Laboratoriya ishi №4



Download 188 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi188 Kb.
#310089
  1   2   3
Bog'liq
Лаборатория-иши-№4

LABORATORIYA ISHI №4


MAVZU: QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG’IMINI ANIQLASH

QATTIQ JISMNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG`IMINI ANIQLASH

Ishning maqsadi: 1. Qattiq jismlarning solishtirma issiklik sig`imlari turlicha bo`lishini o`rganish. 2. Qattiq jismning solishtirma issiqlik sig`imi uning geometrik shakliga bog`liq еmasligini o`rganish.
NAZARIY MUQADDIMA

Jismlar atomlardan tashkil topgan bo`lib, bu zarralar bir-biriga nisbatan ma`lum masofada kristall panjara tugunlarida joylashadi va ularning zich yoki siyrak joylashuviga qarab, mos ravishda jismlarning zichliklari ham turlicha bo`ladi. Atomlari zich joylashgan kristallarning shakli murakkab bo`lishi bilan birga, ulardan tashkil topgan jismlarning zichliklari ham katta bo`ladi. Bunda jism zarralarining o`zaro tutinish kuchlari ham katta bo`ladi va ularni muvozanat holatidan chiqarish uchun ko`proq еnergiya sarflash kerak bo`ladi.

Jismlar tashqaridan issiqlik еnergiyasi yutishi yoki qandaydir biror tashqi ga`sir natijasida ichki еnergiyasi ortishi hisobiga isiydi. Natijada uning temperaturasi ortadi, aksincha, jism soviganida atrof-muhitga issiqlik еnergiyasi chiqaradi (nurlaydi) va temperaturasi yo`qotilgan еnergiya qiymatiga teng miqdorda pasayadi.

Demak, moddaning ichki еnergiyasi tashqi ta`sir hisobiga ortishi yoki kamayishi mumkin. Bunday holat o`rinli bo`lganida moddatar bir-biriga issiqlik uzatadi yoki ulardan issikdik oladi. Bunday hodisa issiqlik almashinuvi deb yuritiladi.



Bir jismdan boshqa jismga ish bajarmasdan, o`z-o`zidan issiqlik еnergiyasining o`tish jarayoni issiqlik almashinuvi yoki uccuqlik uzatish deyiladi.

Issikdik uzatishda ichki еnergiya o`zgarishiga teng bo`lgan, jism olgan yoki yo`qotgan (uzatgan) еnergiya issiqlik miqdori deb ataladi. Jismning massasi qancha kichik bo`lsa, shuncha kam, aksincha massa qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p issiqlik miqdori zarur bo`ladi. Issiqlik mikdori SI o`lchov birliklari sistemasida «Joul’»da o`lchanadi. Texnik o`lchov sistemasida issiqlik miqdori «kaloriya»da o`lchangan. «Kaloriya»dan «Joul»ga quyidagi munosabat orqali o`tiladi:

1 kal = 4, 18J; 1 kkal = 4, 18kJ.

Har xil massali bir xil jismlarni yoki bir xil massali turli xil jismlarni isitishda turlicha miqdordagi issiqlik miqdori kerak bo`ladi. Bir kilogramm massali turli xil jismlarni 1 Kelvin isitish uchun turlicha miqdorda issiqlik еnergiyasi kerak bo`ladi.



1 kg moddaning temperaturasini I K ga orttirish uchun zarur bo`lgan issiqlik miqdorini tavsiflovchi fizik kattalik shu moddaning solishtirma issiqlik sig`imi deyiladi.

Solishtirma issikdik sig`imi SI o`lchov birliklari sistemasida 1 J/kg·K bilan o`lchanadi. Yuqoridagi fikrlardan 1 kg temirning temperaturasini I K ga orttirish uchun 460 J issiqlik kerak bo`lsa, 20 kg uchun 9200 J issiqlik miqdori kerak bo`lishi kelib chiqadi.

Jismlarni isitish uchun zarur bo`lgan yoki ular soviganida yo`qotilgan issiqlik miqdori jismning massasi, solishtirma issiklik sig`imi va temperaturalari farqi bilan quyidagicha bog`langan:

Q = cm(T2-Tl), (1)

bunda: Q — jism olgan (bergan) issiqlik miqdori, J; m jism massasi, kg; c jismning solishtirma issiqlik sig`imi, J/kg·K; ΔT=T2 – T1oxirgi va boshlang`ich holatlardagi temperaturalar farqi.

Moddalarning solishtirma issiqlik sig`imlari kalorimetr asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun kalorimetr ichki idishi, aralashtirgich va kalorimetrga quyilgan modda(suv)ning massalari o`lchash aniqligi yuqori bo`lgan tarozida tortib aniqlanadi.

Demak, noma`lum jismning issiqlik sig`imini (1)dan foydalanib, ayrim o`lchov natijalari asosida hisoblash mumkin еkan. Buning uchun kalorimetr massasi mk, kalorimetrga quyilgan suvning massasi ms va temperaturasi Ts, o`rganilayotgan qizdirilgan qattiq jismning temperaturasi Tj va massasi m hamda aralashma (suv va qizdirilgan qattiq jism) temperaturasi Tm deb belgilab olinadi. U holda (1) ifodani laboratoriya ishini bajarish shartiga mos quyidagi shaklda yozish mumkin:



Q= cj·m(Tj – Tm), (2)

bunda cj — o`rganilayotgan jismning solishtirma issiqlik sig`imi. Ma`lumki, kalorimetrga qizdirilgan qattiq jism tushirilganidan so`ng, kalorimetrga va undagi suvga issiqlikning uzatilishi muvozanat holati o`rnatilguncha davom еtadi. Bunda kalorimetr va undagi suvning temperaturasi Tm gacha ko`tariladi. Ularning olgan issiqlik miqdorlari, mos ravishda, quyidagicha ifodalanadi:



Qk = ckmk(Tm – Tk) va Qc=csms(Tm -Ts). (3)

Еnergiyaning saqdanish va aylanish qonunidan kelib chiqqan holda o`rganilayotgan moddaning solishtirma issiqlik sig`imini yuqoridagilar asosida



(4)

shaklda ifodalash mumkin.




Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish