LABORATORIYA ISHI №2. ANORGANIK MODDALARNING ASOSIYSINFLARI(OKSIDLAR, ASOSLAR, KISLOTALAR, TUZLAR) OLINISHI VA KIMYOVIY XOSSALARINI TAJRIBALAR ORQALI VA INTERAKTIV USULDA O’RGANISH
Ishdan maqsad: Oksidlar, asoslarning olinish usullari, kimyoviy xossalarini o’rganish.
Asbob va reaktivlar: Kipp apparati, CaO, S, Ca(OH)2 (filtrlangan), HCl (1 n), H2SO4 (1 n), NaOH (1 n), tuz eritmalari: BaCl2, O’yuvchi natriy (0,1 n), metiloranj, fenolftalein, mis (II)-sulfat (5 n), Probirkalar quyilgan shtativ qisqichlari bilan, kimyoviy stakanlar.
Nazariy qism.
Asosli oksidlar. Gidratli asos hossasiga ega bo’lgan oksidlar asosli oksidlar deyiladi. Ko’pchilik metall oksidlari asosli oksidlardir. (Na2O, CaO, FeO, Fe2O3, Cu2O, CuO va hokazo).
Kislotali oksidlar. Gidratlari kislota hossasiga ega bo’lgan oksidlar kislotali oksidlar deyiladi. Metallmaslar va yuqori valentli metallarning oksidlari kislotali oksidlardir: CO2, P2O5, SO2, SO3, Cr2O3, Mn2O7.
Amfoter oksidlar. Gidratlari ham kislota, ham asos hossasiga ega bo’lgan oksidlar amfoter oksidlar deyiladi: ZnO, Al2O3, Cr2O3.
Betaraf oksidlar. Kislotalar bilan ham, asoslar bilan reaksiyaga kirishmaydigan moddalar betaraf oksidlardir. Bularga: CO va NO kabilar kiradi.
Asosli oksidlarning gidratlari asoslar yoki gidroksidlar deb ataladi. Masalan: NaOH, Ca(OH)2, Fe(OH)3 va boshqalar. Asoslar kislotali oksidlar va kislotalar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Ko’pchilik asoslar suvda erimaydi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallarining asoslarigina suvda eriydi va kuchli asoslar hosil qiladi. Bunday asoslar ishqorlar deb ataladi. Ishqorlarni bevosita suv bilan reaksiyaga kirgizib olish mumkin.
Kislotalarning tarkibida o’rnini metallga bera oladigan vodorod bo’ladi. Vodorod o’rnini metall olishi natijasida tuz hosil bo’ladi. Kislota eritmasi nordon mazali bo’ladi va lakmusni qizartiradi. Kislotalar quyidagi usullar bilan hosil qilinishi mumkin:
Ba’zi metalmaslarning vodorod bilan biriktirib hosil bo’lgan mahsulotini suvda eritish.
Kislotali oksidlarga suv biriktirish N2O5 + H2O = 2HNO3
Tuz bilan kislotani o’zaro ta’sir ettirish
Ca(NO3)2 + H2SO4 = 2HNO3 + CaSO4
Metall atomidan va kislota qoldiqidan tashkil topgan murakkab moddalarga tuz deb ataladi. Tuzlar tarkibi va hossalari turli tuman bo’lgan birikmalardan iborat. Ko’pchilik tuzlar kislota molekulasidagi vodorod atomining metallarga to’la yoki qisman o’rin almashinishidan yoki gidroksidlardagi OH— kislota qoldig’iga o’rin almashtirishidan hosil bo’lgan mahsulotdir: Na2CO3, NaHCO3, Al(OH)2Cl, Al(OH)Cl2, AlCl3. tuzlarning quyidagi hillari bor:
Normal tuzlar.
Nordon tuzlar.
Asosli tuzlar
Qo’sh tuzlar.
Kompleks tuzlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |