Muallif:
L.O.Daminov
LABORATORIYA ISHI №13
MAVZU: METALL VA UNING QOTISHMALARINI METALL ELEKTRODLAR
BILAN ELEKTR YOY YORDAMIDA SUYULTIRIB DASTAKI PAYVANDLASH.
Ishdan maqsad.
Metall va uning qotishmalarining metall elektrodlar
bilan elektr yoy
yordamida payvandlab chok bostirish va uning sifatini kuzatish.
Ishni bajarishda kerakli jihozlar:
Materialni payvandlashda tok manban sifatida
transformator,
ПОС — 500, ПСГ — 500 qurilmalari, turli xil va markali
elektrodlar, himoya maska yoki shit, metall cho‘tka, zubilo, andaza, chizg‘ich va
boshqalardan foydalaniladi.
Umumiy ma’lumot.
Ma’lumki, metall va uning qotishmalarining o‘zaro
atomlar
bog‘lanishlari hisobiga ajralmaydigan birikmalar olish
payvandlash
deyiladi. Detallarni metall
elektrodlar bilan elektr yoy yordamida suyultirib dastaki payvandlash usuli 1888—1890
yillarda N.S.Slavyanov tomonidan yaratilganiga qaramay XX asr boshlarigacha metallarni
payvandlashda gaz alangasidan foydanilgan. 1907 yilda shved injeneri O.Kvelberg
metallarni maxsus qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlab
sifatli choklar olgach, bu usul keng tarqala boshladi. Bu usul gaz alangasida
payvandlashga qaraganda
qator afzalliklarga ega, jumladan, turli toklardan foydalanishi,
sifatli choklar olinishi, qimmatbaho uskunalar talab etmasligi va boshqalar.
Metallarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida dastaki
payvandlash posti va payvandlash sxemasi 45- rasmdan ko‘rinadiki, payvandlanuvchi
metall bilan metall elektrodi oralig‘ida elektr yoy hosil
qilinadi va uning issiqligi
ta’sirida elektrod uchi va payvandlanuvchi metall joyi erib, vanna hosil bo‘ladi. Bunda
elektrod qoplamasi ham suyuqlanib, suyuq metall vanna havoning zararli ta’siridan himoya
etuvchi gaz qobiq hosil etadi. Payvandlashda yoy payvandlash yo‘nalishi bo‘ylab surilgani
sari
metall vanna qota borib, uning sirtida oson ajraladigan shlak po‘stlog‘i hosil bo‘ladi.
Chok sifati esa payvandlanuvchi metallar materialiga, payvandlash joylarini payvandlashga
tayyorligiga, elektrod diametriga, tipiga, markasiga,
chokni fazadagi holatiga, ishchining
malakasiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Metallarni payvandlashga o‘tishgacha qay
ishlar qilinmog‘i zarurligi ustida gap yuritaylik. Ma’lumki, mavjud sharoitda
payvandlanuvchi zagotovkalar turli materiallardan bo‘lib, sirtlari zang, moy va bo‘lak
iflosliklardan holi bo‘lmaydi, qalinliklari ham har xil bo‘ladi. Shu boisdan avval
payvandlanadigan
joylarni oksid pardalardan, moylardan, bo‘yoqlardan va boshqa
iflosliklardan tozalanib, turli choklar bostirish uchun payvandlash joylarini qalinliklariga
ko‘ra 46-rasmda ko‘rsatilgan
tarzda tayyorlangach, payvandlash stoliga o‘rnatiladi. Bunda
payvandlanadigan joyni ma’lum burchak bo‘ylab kesib ochilishi ko‘ndalang kesim bo‘yicha
to‘laroq chok bostirishni ta’minlaydi. Undan tashqari zagotovkaning qalinligiga, materialiga
ko‘ra elektrod xili,
diametrini, tipini, markasini, tok kuchini to‘g‘ri belgilash ham muhim
ahamiyatga ega. Odatda, payvandlanuvchi metall qalinligiga ko‘ra elektrod diametrini
tubandagi nisbatda olish tavsiya etiladi: payvandlanuvchi metall qalinligi, 5 mm 1-2; 3-5; 4-
10; 12-24; 30- 60
elektrod diametri, d
mm-1,5-2,5; 3-4; 4-5; 5-6; 6-8. Elektrod materiali,
diametri, ish qismi uzunligiga qoplama xiliga, chokning f-zadagi holatiga va boshqa
ko‘rsatkichlarga ko‘ra tok kuchini quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: