LABORATORIYA ISHI № 1
Bajarish muddati:
Mashg’ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat.
Laboratoriya jihozlari :Kompyuter va Delphi dasturlash muhiti.
Mavzu : Delphidagi dasturning interfeys qismini yaratish. Delphida muloqot dasturini yaratish.
I. Ishning maqsadi: Talabalarda Delphi dasturlash tilini muxitini va bu dastur bilan ishlashni tanishtirish. Delphi dasturlash tili nazariyasi haqida ma’lumotga ega bo’lish.
II. Nazariy qism:
Delphi tizimida ishni boshlash uchun uni dasturlar menyusidan topib ishga tushiramiz.
Pusk>Programma> Borland Delphi> Delphi
Delphi oynasi ko'rinishi odatdagidan ancha boshqacharoq bo'lib,u o'zichiga beshta oynani oladi:
bosh oyna - Delphi Projectl;
forma oynasi - Form;
obyekt xossalarini tahrirlash oynasi -Object Inspector;
obyektlar ro'yxatini ko'rish oynasi - Object tree View;
dastur kodlarini tahrirlash oynasi - Unit.pas.
Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Xo‘sh unday bo‘lsa, bu ikkita tilning qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?
Biz bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. Ya’ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi xisoblanadi. Agar biz Delphi da biror forma hosil qilsak, uholda Delphi bizga o‘zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphida, agar unga o‘zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O‘zimiz esa .pas kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin.
Tuzilgan dasturni EXM xotirasida saqlash uchun asosiy menyuning File bandidan foydalaniladi. Dasturni kompilyasiya qilish uchun asosiy menyuning RUN bandidan foydalaniladi. Agar dasturda xatoliklar bo‘lsa, kompilyasiya qilish jarayonida bu xatoliklar ko‘rsatib boriladi. Agar xatolik bo‘lmasa, dastur ishga tushadi.
III. Topshiriqlar:
Delphi dasturlash tili interfeysini tushuntirib bering.
Delphi dasturlash muhitida forma bilan ishlashni tushuntirib bering.
IV. Topshiriqlarni bajarilishi:
1-topshiriqning bajarilishi
Delphi dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:.
Oynaning umuniy ko’rinishi quyidagicha:
Delphi 7 ishchi muhitida 4 ta asosiy oyna mavjud:
Asosiy oynada komponentalar palitrasi joylashgan.Rasmda bu palitra qizil to’g’ri turtburchak shaklida belgilangan:
Delphi bosh oynasi (1-rasm)
Obyekt inspektori oynasi
(2-rasm) Forma oynasi (3-rasm)
Kodlarni tahrir qilish oynasi (4-rasm)
Delphi bosh oynasida Delphi buyruqlar satri, buyruq tugmachalari va kоmpоnentlar palitrasi jоylashgan bo’ladi.(1-rasm).
Obyekt inspektori oynasi yordamida оb’yektlar hususiyatlarini o’zgartirish mumkin: fоrmalar, tugmalar, kiritish maydоnlari va hоkazоlarni. (2-rasm).
Formalar oynasi– Dasturning visual oynasi (3-rasm).
Kodlarni tahrir qilish oynasi– biz joylashtiradigan tugmalar oynasi(4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |