Ni2+ kationini ochish: Agar eritmada Fe2+ yo’q bo’lsa, Ni2+ (Chugaev reaktivi) dimetilglioksim bilan ammiakli muhitda ochiladi. Buning uchun analiz qilinuvchi eritmaning 1-2 tomchisi filtr qog’oziga tomiziladi. Uning ustiga 2-3 tomchi ammiakli bufer eritma va dimetilglioksimning shuncha spirtli eritmasi tomiziladi. Agar Ni2+ bo’lsa dimetilglioksim bilan qizil rangli kompleks hosil qiladi. Bu reaksiyaga Fe2+, Cu2+ va ammiak bilan rangli birikma hosil qiluvchi kationlar halaqit beradi.
Hg2+ kationini ochish: Hg2+ kationi SnCl2 anoqrog’i [SnCl4]2- bilan ochiladi. Bunda oq cho’kma kalomel - Hg2Cl2 tushib vaqt o’tishi bilan qorayadi. Reaksiya davomida Hg2Cl2 SnCl2 bilan metal holatidagi Hg gacha qaytariladi.
Bi3+ kationini ochish: Agar eritmada surma va simob (II) ionlari yo’q bo’lsa, Bi3+ ionlari uni SnCl2 bilan metal holatigacha qaytarish bilan ochiladi. [Sn(OH)4]- bilan qora cho’kma metal holatidagi vismut hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |