4. Ammoniy oksalat bilan bo‘ladigan reaksiya.
(NH4)2C2O4 bariy ionlari bilan xlorid va nitrat kislotalarda, kizdirilganda esa sirka kislotada xam eriydigan ok kristall cho‘kma – BaC2O4 xosil kiladi:
Ba2+ + C2O42- = BaC2O4↓
Reaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga shuncha ammoniy oksalat eritmasi ko‘shiladi.
5. Natriy gidrofosfat bilan bo‘ladigan reaksiya.
Na2HPO4 bariy ionlari bilan xlorid, nitrat va sirka kislotalarda eriydigan bariy gidrofosfatning ok cho‘kmasini xosil kiladi:
Ba2+ + HPO42- = BaHPO4↓
Reaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga shuncha natriy gidrofosfat eritmasidan kushiladi.
6. Alanganing bo‘yalish reaksiyasi.
Bariyning uchuvchan tuzlari, masalan, BaCl2, Ba(NO3)2 gorelkaning rangsiz alangasini yashil rangga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |