Reaksiyaning bajarilishi: Kalsiy tuzining 1 – 2 tomchi eritmasiga shuncha mikdorda ammoniy oksalat eritmasi ko‘shiladi.
3. Kaliy ferrotsianid bilan bo‘ladigan reaksiya.
K4[Fe(CN)6] ammoniyli bufer aralashma (NH4OH + NH4Cl) ishtirokida kalsiy ionlari bilan ko‘shalok tuz – kalsiy va ammoniy ferrotsianidning ok cho‘kmasini xosil kiladi:
CaCl2 + 2NH4Cl + K4[Fe(CN)6] = Ca(NH4)2[Fe(CN)6]↓ + KCl
Ca2+ + 2NH4+ + [Fe(CN)6]4- = (NH4)2Ca[Fe(CN)6]↓
CHo‘kma mineral kislotalarda eriydi, lekin sirka kislotada erimaydi. Va2+ xam shunga o‘xshash cho‘kma xosil kilib, Sa2+ ni topishga xalakit beradi.
Reaksiyaning bajarilishi: Kalsiy tuzining 1 – 2 tomchi eritmasiga 2 tomchi NH4Cl va 2 tomchi NH4OH eritmasidan ko‘shiladi va kizdiriladi, so‘ngra kaliy ferrotsianidning yangi tayyorlangan to‘yingan eritmasidan 3 – 4 tomchi ko‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |