II Ayrim anionlarni topish.
1. Sulfat-ion SO42- ni topish. Tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushidan olib 2-3 tomchi olib, kislotali muhit hosil qilish uchun xlorid kislota qo`shiladi va 2-3 tomchi
bariy xlorid eritmasidan qo`shiladi. Suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydigan oq cho`kma hosil bo`lishi SO42- anioni borligidan dalolat beradi.
2. Sulfit-ion SO32- ni topish. Eritmaning ayrim ulushidan topiladi. Eritmaning 2-3 tomchisiga H2SO4 qo`shiladi va isitiladi. Ajralib chiqayotgan SO2 gazi kaliy permanganat eritmasi orqali o`tkaziladi va bu eritmaning rangsizlanishi SO32- anioni borligini ko`rsatadi.
Agar eritmada NO2- va S2- anionlari bo`lsa, ularni yo`qotish zarur, chunki ular SO32- ionini aniqlashga halaqit beradi. Yoki tekshirilayotgan eritmadan 4 tomchi olib, shuncha tomchi BaC12 eritmasi qo`shiladi. Hosil bo`lgan cho`kma sentrifugada ajratib olinadi, suv bilan yuviladi va cho`kmaga 2-3 tomchi HCl ning 2 N eritmasidan qo`shiladi. Ajralib chiqayotgan gazni KMnO4 eritmasidan o`tkazish orqali SO2 gazi ekanligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |