2. Ikkinchi guruh anionlari borligini tekshirish
Tekshirilayotgan eritmaning 4-5 tomchisiga bir necha tomchi nitrat kislota va kumush nitratning eritmasidan 4-5 tomchi qo`shiladi. Cho`kma hosil bo`lsa, ikkinchi guruh anionlari topiladi.
Anion-oksidlovchilar borligini tekshirish.
Tekshirilayotgan eritmaning 5-6 tomchisiga sulfat kislotaning 2N eritmasidan kislotali muhit hosil qilish uchun qo`shiladi. So`ng KI eritmasidan 2-3 tomchi va kraxmal kleystridan bir necha tomchi qo`shiladi. Anion-oksidlovchi NO3- bo`lsa eritma ko`k rangga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |