Laboratoriya ishi № Mavzu: teleskopni tuzilishI



Download 209,5 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2022
Hajmi209,5 Kb.
#684024
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Laboratoriya ishi

Laboratoriya ishi № 12.


Mavzu: TELESKOP YORDAMIDA SAYYORALAR VA ULARNING YO’LDOSHLARINI KUZATISH
Ishning maqsadi: Yoritgichlardan kelayotgan nurlanish oqimini olchash, yoritgich nuri ustida dastlabki ishlov beruvchi asboblarning ishlash printsipi va asosiy kursatgichlari bilan tanishish.
Qo‘llanma va jihozlar: optik skameya (o‘rindiq), rangli shishalar, interferentsion saralagich, spektrograf, ma’lumotnomalar, kalkulyator.


Adabiyot: [1], I Bob, 7, 8-§§; [3], 3 Bob, 3.4.(6)-§; [11], III Bob; [13], 4 band, 164-176 b.
Qo‘shimcha adabiyot: [9], 9, 10-ma’ruzalar; [16], T. I, III, XVII Boblar.
Masalalar: [8], № 10, 12, 16, 21, 24, 2840.
Teleskopning ob’ektivi orqali o‘tgan rang-barang nurlardan tashkil topgan oq nur, uning fokusida yigiladi va yoritgichning tasvirini hosil qiladi. Refraktorlarda yulduzning tasviri har xil rangli kontsentrik halqalar va gardishcha ko‘rinishga ega. Bu linzada har xil rangdagi nurlarni biroz farqli miqdorda sinishi bilan bog‘liq va u xiromatik aberratsiya deb ataladi. Xiromatik oberratsiya tasvirning aniqligini buzadi. Barcha astrofizik ulchashlar ana shu tasvir ustida olib boriladi. Yoritgichdan kelayotgan nurlanish oqimining tarkibi, spektri nurlanishni hosil qilgan muhitning tempraturasiga bog‘liq. Masalan, past tempratura (3000 C) da yoritgich spektrida qizil, o‘rtacha tempraturada (6000 C) sariq va yuqori tempratura (20000 C) da ko‘k nurlar eng yuqori intensivlikka ega bo‘ladi. Agar biz yoritgichning tempraturasini aniqlamoqchi bo‘lsak, uning spektrida energiyaning taqsimlanishini o‘rganishimiz zarur. Buning uchun, yoritgichdan kelayotgan teleskopda yig‘ilgan nurlanish spektrga yoyilishi va spektrni har xil kesimlarida () monoxromatik intensivlik o‘lchanishi kerak. Bu ish spektrograf yordamida bajarilishi mumkin. Spektrografning ishlash printsipini o‘rganishga o‘tishdan oldin yoritgich nurlanishining ma’lum sohalarini ajratishga imkon beradigan spektral asboblar bilan tanishib chiqaylik. Gap shundaki, barcha yulduzlarning nurlanishini o‘lchash mumkin bo‘ladigan darajada intensiv spektraga yoyib bo‘lmaydi. Chunki, birinchidan, yulduzning spektrida intensivlik, uning oq nurdagi tasviridagidan minglab marta kam bo‘ladi. Oq nurda tasvir nuqtasimon va teleskopda yig‘ilgan barcha nurlar shu nuqtaga tushadi, spektr esa bir necha sm uzunlikdagi rang-barang tasma ko‘rinishiga ega va nurlanish priyomnigining yuza birligiga tushayotgan energiya oq nurdagidan ancha kam bo‘ladi. Ikkinchidan, spektrografda nurlanishning bir qismi isrof bo‘ladi. Shuning uchun faqat yorug‘ (m<10m) yulduzlarning spektrini olish mumkin. Xira yulduzlarning tempraturasini ularning rang ko‘rsatkichiga ko‘ra hisoblab topish mumkin. Yulduzning rang ko‘rsatkichi uning ikki xil rang o‘lchangan yulduziy kattaliklar (B-V) ayirmasiga teng. Har xil rang nurlarda o‘lchashlar nurlanish saralagichlar yordamida bajariladi. Bunday saralagichlar rangli optik shishalardan yoki Fabri-Pero interferometri singari ishlaydigan asbob tarzda yasaladi.
Rangli optik shisha. Rangli shisha optik shisha optik zavodlarda rangli shishadan, sirtlari yassi va paralel plastinka sifatida tayyorlanadi (qalinligi 1-5 mm gacha) va ma’lum belgi bilan belgilanadi. Masalan, KS-qizil, JS-sariq, SGS-ko‘k-havorang shisha, yoki UG-ultrabinafsha, GG-ko‘k shisha. Bu optik saralagichlar ma’lum spektral oraliqdagi nurlanishni o‘tkazadi, oraliq tashqarisidagi nurlanishni esa o‘tkazmaydi.
Har bir rang optik shisha zavodning laboratoriya sharoitida tekshiriladi va uning o‘tkazish egri chizigi topilpdi. Bu chiziq saralagichni o‘tkazish koeffitsentini K to‘lqin uzunligi buyiga taksimlanishini tasvirlaydi. Utkazish koeffitsenti jadval tarzda ham beriladi. Bu ma’lumotlar saralagich bilan birga istemolchiga junatiladi. Masalan, KS yoki RG – qizil, infraqizil rangdagi nurlarni (6300 Å<<2400 Å) deyarli (5 ) yutqazishsiz o‘tkazadi, 6000 Å nurlarni esa butunlay o‘tkazmaydi yoki U G2-3000 Å<4000 Å oraliqni kam (~40 %), 7000 Å9000 Å ko‘p (~80 %) yutilgan holda o‘tkazadi, bu oraliqlar o‘rtasidagi nurlanishni butunlay o‘tkazmaydi. Ko‘rinib turibdiki bitta rangli shisha keng (1000 Å) spektral diapazonni ajratib berishi mumkin. Ikki xil rangli shisha yordamida yoki rangli shisha va ma’lum spektral sezgirlikka ega nurlanish priyomnigi qo‘llash yo‘li bilan o‘lchash mumkin bo‘lgan oraliqni ancha kichraytirish va keraksiz diapazonlarni kesib tashlash mumkin. Ajratilgan oraliq o‘rtasida saralagich maksimal intinsivlikka ega bo‘ladi. Rangli yulduziy kattalikni hisoblashda saralagichnihg o‘tkazish koeffitsenti hisobga olinadi. Rangli optik shishalar va fotoplastinka yordamida mph, mpv - fotografik va fotovizual yulduziy kattaliklar tizimi ishlab chiqilgan va qo‘llaniladi. Rangli optik shishalar va fotoelektron ko‘paytirgich yordamida fotoelektirik yulduziy kattaliklar tizimi UBV ishlab chiqilgan va keng qo‘llaniladi. Shuningdek, olti va ko‘p rangli tizimlar mavjud. Rangli optik shishi teleskop ob’ektivi oldiga yoki nurlanish priyomnigi (fotoplastinka yoki elektrofotometr) oldiga qo‘yilishi mumkin. Yulduz elektrofotometrida saralagichlar fokal tekislikda aylanadigan teshikli modulyatordan keyin o‘rnatiladi va yulduz nuri yo‘liga birin ketin kiritiladi.

Download 209,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish