= 0 + 12 - , (3)
bu yerda soat birliklari va uning ulushlarida ifodalanadi.
, z va berilgan geografik kenglik ning qiymatlari bir xil aniqlikda bo‘lishi kerak.
Quyoshning og‘ishi ni kunduzi uchun doimiy deb qabul qilamiz, u holda chiqish va botish daqiqalari, haqiqiy tush payitiga nisbatan simmetrik, chiqish va botish nuqtalari, janub nuqtasi S ga nisbatan simmetrik bo‘lishi kerek. Avval, kosinuslar formulasi yordamida, soat burchagining ikkita t qiymatini cost hisoblanadi, soat burchagi osmon meridianidan g‘arbga tomon o‘lchanadi, u holda botish nuqtasining soat burchagi
tb = +t < 180, (4)
chiqish nuqtasining soat burshagi
tch = 360 - t > 180, yoki tch = - tb. (5)
bo‘ladi.
Agar Quyoshning chiqish va botish daqiqalari haqiqiy Quyosh vaqti bo‘yicha hisoblansa,
Tch = 12h + tch = 12h - tb (6)
va
Tb = 12h + tb. (7)
O‘rtacha vaqt bo‘yicha esa
Tmch = Tch + (8)
va
Tmb = Tb + , (9)
Lardan topiladi. Bu yerda -vaqt tenglamasi. U astronomik kalendar-haryillikning Quyosh efemridi ma’lumotlaridan aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, astronomik kalendar-haryilliklarda, vaqt tenglamasi bilan birga, grinvich meridiani uchun, Quyoshning yuqori kulminatsiyasidagi dunyo bo‘yicha T0 daqiqasi keltiriladi, shunday qilib bu daqiqa uchun haqiqiy Quyosh vaqti T=12 h, u holda vaqt tenlamasi
= T0 - 12h. (10)
bo‘ladi. Suningdek, ning qiymati o‘rtachalashtiriladi va uni kun davomida o‘zgarmas deb qabul qilish mumkin,
= (11)
bu yerda 1 va 2 larning qiymatlari uchun grinvich yarim tuniga to‘g‘ri keluvchi aralash sananing sonlari, ya’ni berilgan sananing boshi va oxiri uchun olish etarli.
O‘rtacha vaqt bo`yicha topilgan Quyoshning chigish va botish daqiqalarini bilgan holda, poyas yoki dekret vaqti bo‘yicha hisoblash qiyin emas, natijani 1m gacha yaxlitlash kerak.
Quyoshning chiqish (Ach) va botish (Ab) nuqtalarining azimutlari, sinuslar formulasidan hisoblanadi, lekin, agar tch va tb lar 90 yoki 270 ga yaqin bo‘lsa, besh element formulasidan foydalanish qo‘lay. Har ikkala holda ham azimutlarning xatoligi 1 dan oshmasligi kerak.
Hisoblashlar kalkulyatorda yoki trigonometrik funktsiyalar jadvali yordamida olib boriladi.
Quyoshning chiqish va botish nuqtalarining vaqt daqiqalarini hamda azimutlarini, yilning turli kunlari va har xil geografik kengliklar uchun bajarish tavsiya etiladi.
TOPShIRIQLAR
1*. Quyoshning chiqish va botish vaqt daqiqalarini hamda azimutlarini quyidagi shaharlar uchun hisoblang: 1) 21 mart, Toshkentda; 2) 22 iyun, Toshkentda; 3) 23 sentyabr, Toshkentda; 4) 22 dekabr, Toshkentda; 5) 21 mart, Moskvada; 6) 22 iyun, Moskvada; 7) 23 sentyabr, Moskvada; 8) 22 dekabr, Moskvada.
2*. Birinchi banddagi shaharlar uchun, usha sanalardagi kun va tunning davomiyligini, Quyoshning haqiqiy tush paytdagi balandligini hisoblang.
3*. Biror shahar uchun olingan natijalar asosida, Quyoshning og‘ishini, kun va tun davomiyligiga, balandligi va azimutiga bog‘liqlik grafigini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |