LАBORАTORIYa IShI № 8.
Elektrolit eritmаlаrining elektrolizi.
Ishning maqsadi:
elektolitlarning eritmalarining
elektrolizini tajribalar
yordamida o‟rganish.
Kerakli reaktivlar:
Na
2
SO
4
, CuSO
4
, CuCl
2
, KI tuzlarining eritmalari.
Kerakli qurilmalar:
ko‟mir va mis elektrodlar, elector tok manbayi,
U
simon shisha naycha, probirkalar.
Tajriba № 1.
Kaliy yodid eritmasining elektrolizi.
Elektrolizyor (5-rasm) xajmining 3/4 qismiga
kaliy yodid eritmasidan
solib, eritmaning ichiga grafit elektrodlarini tushuring va ularni oʼzgarmas
tok manbaiga ulang. Katodda vodorod pufakchalarini,
anodda yod ajralib
chiqishini kuzating. Soʼngra tok berishni toʼxtatib, katodga, yaʼni vodorod
ajralib chiqayotgan tomonga 1-2
tomchi fenolftalein, anodga, yaʼni yod
ajralib chiqayotgan tomonga tayyorlangan kraxmal eritmasidan 1-2 tomchi
tomizing. Nima kuzatiladi?
Katod va anod atrofida eritmaning
rangini
oʼzgarish
sababini
tushuntiring.
Reaktsiya tenglamasini yozing.
Katod
va
anodda
qanday
jarayon borishini tushuntiring.
Tajriba № 2.
Natriy
sulfat
eritmasining elektrolizi.
Bitta kichik 50 ml li stakanda natriy sulfat eritmasi bilan neytral lakmus
eritmasini aralashtirib, elektrolizyorga soling. Eritmaga elektrodlarni tushirib,
oʼzgarmas tok manbaiga ulang. Katod va anodda ajralib chiqayotgan
moddalarni kuzating. Eritma rangining oʼzgarish sababini tushuntiring.
Reaktsiya tenglamasini yozing.
Tajriba № 3.
Qalay (II)-xlorid eritmasining elektrolizi.
Elektrolizyorning 3/4 qismiga kalay ikki xlorid eritmasidan soling.
Eritmaga grafit elektrodlarni tushirib oʼzgarmas tok manbaiga ulang.
Katodda yaltiroq kalay metalini yigʼilishini kuzating.
Katodda qalay
oksidlanadimi yoki qaytariladimi? Аnodda qanday jarayon boradi? Reaktsiya
tenglamasini yozing.
Tajriba № 4.
Mis sulfat tuzining eritmasini grafit va mis elektrodi
bilan elektrolizi.
Elektrolizyorga mis sulfat tuzining eritmasidan soling.
Eritmaga grafit
elektrodlarini tushurib, oʼzgarmas tok manbaiga ulang.
Bir necha minutdan
soʼng katodda yupqa mis qavati xosil boʼlishini kuzating.
Elektrodlarni oʼrnini almashtirib, yana
eritmaga tushuring va yana
eritmadan tok oʼtkazing. Mis bilan qoplangan anodda qanday jarayon boradi?
Katodda qanday modda ajraladi?
Elektrodlarda
boradigan
oksidlanish-qaytarilish
jarayonlarining
Reaktsiya tenglamasini yozing.
Sаvol vа mаsаlаlаr.
1.
Elektroliz deb nimaga aytiladi?
2.
Katod va anodda boradigan jarayonlar?
3.
Elektroliz qonuni qanday taʼriflanadi?
4.
Tok kuchi 2,5 amper boʼlganda SpCl
2
eritmasidan 30 minut davomida
2,77 g qalay ajralib chikadi; kalayning ekvivalentini aniqlang.
5.
NiSO
4
, AgCl va Na
2
SO
4
elektrolit eritmalaridan tok oʼtkazilganda
katod va anodlarda qanday moddalar xosil boʼladi.