Laboratoriya ishi №. 3 Mavzu: Qovushqoq bitumga ignaning botish chuqurligini aniqlash



Download 52,5 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi52,5 Kb.
#702961
Bog'liq
3 Mavzu Qovushqoq bitumga ignaning botish chuqurligini aniqlash


Laboratoriya ishi № .3
Mavzu: Qovushqoq bitumga ignaning botish chuqurligini aniqlash.
Tashqi kuch ta’sirida zarralari surilishiga suyuq muhitning qarshilik ko’rsatish xossasi qovushqoqlik deb ataladi.
Bitumning qovushqoqligi penetrometr ignasining botish chuqurligi bilan aniqlanadi. Asbobdagi har bir gradus ignaning bitumga 0,1 mm ga botganligini ko’rsatadi.
Penetrometr ignasining +25 0S haroratda bitumga botishi, standart ko’rsatkichda P25 bilan va 0 0S haroratda esa P0 bilan belgilanadi. Yo’l qurilishida ishlatiladigan qovushqoq bitumlar uchun bu ko’rsatkich 25 0S da 41-200 oralig’ida, 0 0S da esa 5 dan kam bo’lmasligi kerak.






1.1.-rasm. Penetrometr asbobi
1 – ustun;
2 – tsiferblat;
3 – pusk knopkasi;
4 – tsiferblat strelkasini harakatlantiruvchi sterjen;
5 – harakatlanuvchi ignali sterjen;
6 – po’lat idish;
7 – taglik;
8 – stolcha.


Kerakli jihozlar:

Penetrometr asbobi, bitum, metall idish, termometr, suv hammomi, sekundomer, 0.7 mm li elak, byuks: d=55 mm h=45 mm.



Sinovga tayyorlash:
Bitum +150 0S haroratda qizdirib, doimiy ravishda aralashtirib turish yo’li bilan suvsizlantiriladi. So’ngra № 0,7 mm elakdan o’tkaziladi va yuqori qirrasiga 5 mm yetkazmay byuksga quyiladi va havo pufakchalari yo’qolguncha aralashtiriladi. Bitum byuks bilan birgalikda suvli hammomda 60-75 minut davomida harorati 25 0S va 0 0S haroratgacha sovutiladi.


Sinov o’tkazish:
Tayyor bo’lgan bitum namunasi byuks bilan birgalikda hajmi kamida 0,5 litrli suv to’ldirilgan boshqa idishga qo’yiladi. Suvning harorati 25 0S va 0 0S bo’lishi kerak. Suvli idish asbob stolchasiga qo’yiladi va ignaning uchi bitum yuzasiga tegar-tegmas qilib o’rnatiladi va strelka nolga qo’yiladi.
Suvning harorati 25 0S bo’lganda unga qo’yilgan yuk ignaning og’irligi bilan birgalikda 100 g, ignaning botish vaqti 5 sekund bo’lishi kerak. Suvning harorati 0 0S bo’lganda esa unga qo’yilgan yuk ignaning og’irligi bilan birgalikda 200 g, ignaning botish vaqti 60 sekund bo’lishi kerak.
Natijalar shkaladagi ko’rsatkichlardan olinadi. Aniqlashlar bitum yuzasining turli nuqtalarida 3 marta takrorlanadi. Bunda nuqtalar orasi va idish chekkasidan 10 mm bo’lishi keark. Igna qayta botirilayotganda benzin bilan artib tozalanadi. Ignani botish chuqurligi deb (mm ning o’ndan bir ulushida o’lchanadi) 3 marta takrorlangan natijaning o’rtacha olinganiga aytiladi.
Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish