Nazorat savollari
Operativ xotira xaqida tushuncha bering
Operativ xotirani qanday parametrlari bor?
Operativ xotira qanday turlarga bo’linadi?
Operativ xotirani avfzallik va kamchiliklari nimadan iborat?
Hisobot mazmuni
Talabalar yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlarni o’qib o’rganib qisqacha xullosa va nazorat savollariga yozma ravishda javoblar yozib hisobot tayorlaydilar.
Mavzu: Doimiy xotira mikrosxemalari.
Ishning maqsadi: Doimiy xotira qurilmasi bilan tanishish.
Doimiy eslab qolish qurilmasi (DEQQ) va bosh platada o`rnatilgan modullar (kassetalar) asosida quriladi va ushbu o`zgarmaydigan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi: operatsion tizimning yuklovchi dasturlari, kompyuter qurilmalarining testlash dasturlari va kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) bazi drayverlari va b. DEQQ dan faqat ma’lumotlarni o`qish mumkin, DEQQ ga ma’lumotni yozish EHM dan tashqarida laboratoriya sharoitlarida bajariladi. DEQQ ning modullari va kassetalari, odatda, bir necha yuz kilobaytdan ortmaydigan sig`imga ega. DEQQ, energiyaga bog`liq bo`lmagan eslab qolish qurilmasidir.
Vinchester haqida umumiy ma’lumot
Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yig`uvchilar (KMDY) SHKlarda keng tarqalishgan.
Vinchester atamasi sig`imi 16 Mbayt (IBM, 1973 yil) bo`lgan qattiq disk birinchi modelining jargonli nomidan kelib chiqqan bo`lib, u har biri 30ta sektordan iborat 30ta yo`lkaga yegadir, bu ma’lum bo`lgan «Vinchester» ov miltig`ini «30/30» kalibri bilan aynan mos keladi.
Bu yig`uvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar bo`lib, ular alyuminiy yoki keramika qotishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga o`qish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yig`uvchilarning sirini olinmaydigan konstruktsiya hisobiga yerishiladigan o`ta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha etadi; ular tezkorliligi VA YeMDYga nisbatan jiddiy darajada juda yuqoridir.
1997 yildagiyeng katta qiymatlar:
— sig`imi 9000 Mbayt (1997 yilga sig`im standarti — 1200 Mbayt);
— aylanish tezligi — 8000 ayl/min;
— murojaat qilish vaqti — 5 ms;
— transferi — 17 bayt/s.
QMDY juda rang-barangdir. Disk diametri ko`pincha 3,5" (89 mm), lekin boshqalari VA bor bo`lib, xususan 5,25" (133 mm) va 1,8" (45 mm)lariVA bor. Diskovodning yeng ko`p tarqalgan korpusining balandligi stol usti SHKlarda—25 mm, mashina-serverlarda—41 mm, ixcVA SHKlarda—12 mm va boshqalar.Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga bo`linadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan ko`proq ma’lumotlar joylashadi. Bu, xususan, qattiq disklarning sig`imini taxminan 30% oshirish imkonini beradi.
O`z tarkibiga yo`lkalarni va sektorlarni olgan disk strukturasini magnit tashuvchida tasvirlash uchun unda fizik yoki past darajali formatlash deb ataladigan jarayon bajarilishi kerak (physical, yoki low-level formatting). Bu jarayonni bajarish paytida nazoratchi tashuvchiga xizmatchi ma’lumotni yozadi, u sektorda disk tsilindrlarini belgilashni aniqlaydi va ularni nomerlaydi. Past darajali formatlash diskni ishlatish jarayonida buzuq sektorlarga murojaat qilishni inkor qilish uchun ularni markirovka qilib VA chiqadi.
Maksimal sig`im va qiymatlarni uzatish tezligi yig`uvchi ishlaydigan interfeysga bog`liqdir (diskli interfeyslar oldingi paragrafda ko`rib chiqilgan). Standart aylanish tezligi, masalan, EIDE interfeysi uchun — 3600, 4500 va 5400 ayl/min.
Protsessorning disklar bilan ma’lumotlar almashish tezligini oshirish uchun QMDYni keshlash kerak, disklar uchun kesh xotira asosiy xotira uchun keshning funktsional vazifasi kabi vazifaga yegadir, ya’ni diskka yozilayotgan yoki undan o`qilayotgan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash uchun tez harakatlanadigan xotira buferi bo`lib xizmat qiladi. Kesh-xotira diskovodga nisbatan sozlangan bo`lishi mumkin, tezkor xotirada dasturli yo`l bilan yaratilishi VA mumkin (masalan, Microsoft Smartdriv drayveri bilan). Protsessorning disk kesh-xotirasi bilan ma’lumotlarni almashish tezligi 100 Mbayt/sga etishi mumkin. SHKda odatda bitta, kam hollarda bir nechta qattiq magnit disklardagi yig`uvchilar bo`ladi. Lekin MS DOSda dastur vositalari bilan bitta fizik disk bir nechta «mantiqiy» disklarga bo`linishi mumkin; shu bilan birga bitta yig`uvchida bir nechta QMD imitatsiya qilinadi. Olinadigan vinchesterlarVA ishlatiladi — ularning sig`imi odatda 1 Gbaytdan oshmaydi.
Vinchester – Hard Disk Drive – Qattiq Disk Yurituvchi – doimiy xotira qurilmasi asosan kompyuterdagi ma`lumotlarni saqlab turish uchun mo`ljallangan. Uni operetiv – tezkor xotiradan farqi shundaki, undagi ma`lumotlarni saqlab turish elektr tokiga bog`liq bo`lmagan xodisa hisoblanadi. Shu bilan birga uni xajmi ancha katta bo`ladi va operativ- tezkor xotiradan farqli o`laroq u Motherboard – Ona plataga ulanadi, o`rnatilmaydi. Qattiq diskni quyidagi asosiy parametrlari bor: 1 Interfeys - bu asosan vinchesterni asosiy turini ajratish uchun ishlatiladigan parameter. Masalan siz ona plata sotib olaman deyotganingizda undagi qattiq disk razyomi qanday ekanligini so`raysiz, aynan ana shu interfeysni belgilab beradi. Masalan avvalroq ishlab chiqarilgan ona platalarda ATA yoki UATA – (Ultra ATA) vinchesterlari uchun IDE portlari ishlatilar edi. Keyingi chiqarilayotgan ona platalarda esa SATA- (Serial ATA) portlari ishlatila boshlandi. Bularni farqlash oson, Ata(yoki UATA) vinchesterlari uchun IDE portlariga ulanishda katta shleftlardan foydalaniladi va ularni razyomi VA katta bo`ladi. Bunda bitta shlefdan bitta IDE portiga 2 ta vinchester ketma- ket, yoki 2 ta diskovot, yoki bitta vinchester + bitta diskovod (CD,DVD-ROM/RW) ulash mumkin bo`ladi. Ana shunda shlefdagi yo`lni ikkiga bo`lish uchun - master/slave larni ajratish kerak bo`ladi va buning uchun Jumperlardan foydalaniladi. Quyida mavjud interfeyslarni keltiramiz: - ATA (IDE va PATA), - SATA, - eSATA, - SCSI, - SAS, - FireWire, - SDIO - Fibre Channel. 2 Xotira xajmi - xotira xajmi vinchesterda ma`lumotlarni saqlash xajmini beradi. Ma`lumki kompyuterda ma`lumotlar 0 va 1 lardan iborat. Vinchesterda esa shunga mos tarzda signal qaytaruvchi nuqta va signal qaytarmaydigan nuqta olinadi. Ya`nivinchesterni ichida ma`lumot saqlovchi joy bo`lib alyuminiy qoplamali disklar xizmat qiladi. Ularni yuzasiga juda ignichga yozish kallakli golovka orqali ketma-ket chuqurchali va chuqurchali emas nuqtalar qo`yiladi. Ana shu nuqtachalar ketma-ketligi 0 va 1 larni berib ma`lumotlarni aks ettiradi. Ma`lumki 8 ta 0 va 1 ketma-ketligi 1 bayt. 1024 bayt- 1Kbayt. 1024 Kbayt- 1 Mbayt. 1024 Mbayt – 1 Gbayt. 1024 gbayt – 1 Terabayt ni tashkil qiladi. Lekin vinchester ishlab chiqarishda 1 Gbayt – 1000 Mbayt qilib olinadi. Shuning uchun masalan, 200 Gb = 186.2 Gb ga teng bo`lib qoladi. Boshqa xajmlarda VA shunday. Hozirda bir necha Terabayt o`lchovli vinchesterlar VA ishlab chiqarildi. 3 Fizik o`lcVAi – bunda asosan vinchesterni alyuminiy diskini kattaligi olinadi. Ko`p xollarda oddiy Shaxsiy Kompyuterlar uchun mo`ljallangan vinchesterlarda va notebooklarda 3,5 va 2,5 dyumli disklar ishlatiladi. Bundan tashqari yana 1,8 dyumli, 1,3 dyumli, 1 dyum va 0,85 dyumlilarini VA ishlab chiqarishadi. Bunday diskli qattiq disklarga misol qilib USB orqali ulanadigan tashqi xotira qurilmalari (Tashqi vinchesterlar) ni keltirishimiz mumkin. 8 i 5,25 dyumlilarini esa hozirda ishlab chiqarish to`xtatilgan. 4 Murojaat etish vaqti- yani golovkani kerakli joyga yetib borish vaqti va o`qish/yozishga kirishishi. Bu vaqt 2,5 dan 16 mikrosekundgacha bo`lishi mumkin. 5 Disk silindirini aylanish vaqti - yani minutiga aylanishlar soni. Bu parametr murojaat etish vaqti va ma`lumot uzatish vaqtiga VA tasir etadi. Hozirda notebooklarda: 4200, 5400 va 7200 rpm 5400, 5900, 7200 i 10 000 ShKlarda va 10 000 – 15 000 katta serverlarda o`lcVAlari bor. 6 Ishonchliligi. – bu vinchesterni biror qismida xatolik yuz beradigan bo`lsa shuni aniqlash, diagnostika qilish qobiliyatidir. Ko`pchilik vintlarda bu kattalik S.M.A.R.T. texnologiyasi deb VA ataladi. Bu texnologiya vienchesterni xatoliklarini test qilishni o`z ichiga oladi. Masalan, sektorlardan birortasi zararlanib qolsa, uni o`rnini zararlanmagan boshqa sektorga almashtiradi. 7 Sekundiga kiritish/ chiqarish operatsiyalari soni, yani vinchesterga yozish va undan o`qishlar uchun ketadigan vaqt, ma`lumotlarni o`qib olish yoki yozib qo`yish tezligi hisoblanadi. Bu ko`rsatkich 50 operatsiya/ sekund dan 100 operatsiya sekundgacha boradi.
Nazorat savollari
Doimiy xotira haqida umumiy tushuncha bering.
Doimiy xotira qanday turlarini bilasiz?
Doimiy xotira qanday elementlardan tashkil topgan?
Doimiy xotira ishlash prinsipini tushuntirib bering
Hisobot mazmuni
Talabalar yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlarni o’qib o’rganib qisqacha xullosa va nazorat savollariga yozma ravishda javoblar yozib hisobot tayorlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |