Skinnerning interopsixik sabablari qarshiligini o‘rganish uchun nomaqbul fenomenlari bog‘liq emas, balki turli terminlar bilan atalib, aniqlik kiritish mumkin emasligida, fan tarixida ta’kidlanishicha aqliy xulosalar konsepsiyasidan chekinish lozim, ko‘rinishini o‘zgartirmay, empirik o‘rganish uchun, masalan: iqtidorli talabalarni kollejdan o‘qishdan chetlatish sababini o‘rganib, biz tushuncha berishimiz mumkin, chunki u omadsizlikdan juda qo‘rqadi, chunki uning motivi bo‘lmaganligi sababli yoxud u omadsizlikdan ongsiz qo‘rqib, o‘z ustida kam ishlaganligi. Bunday talabani o‘qishdan chetlatish gipotezalari, tushuntirish bo‘lib, Skinner fikricha, bular hech narsani oydinlashtirmaydi, agar barcha motivlari hamda uni o‘qishdan chetlatish sabablari aniqlanmasa. Avvalo, bu holatni kuzatib, so‘ng qo‘shimcha tushunchalar berib aniqlik kiritish mumkin. Agar iqtidorli talaba o‘qishdan chetlatilsa, buni sababini tekshirish uchun ushbu holatga qonuniy sharoitlar sabab bo‘lishiga ahamiyat berish lozim.Masalan: talabani uxlashiga yotoqxonadagi shovqin xalaqit berganligi sababli, yaxshi uxlay olmay, charchab yaxshi o‘zlashtira olmaganligi iqtisodiy qiyinchilik sababli haftasiga 40 soatdan ishlashga majbur bo‘lib, shug‘ullanish uchun vaqti etmasligi yoxud u talabalar basketbol jamoasida o‘ynaganligi sababli, ko‘p darslarga qatnasha olmaganligi sababli o‘zlashtirishi pasayganligi va h.klar. Skinnerning bu tushunchalari, holatga javobgarlikni tashabbuskor shaxsga emas, balki uni tevarak-atrofdagi sharoitga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Skinner tushunchasi bo‘yicha tevarak-atrof, sharoit barcha holatlarni aniqlaydi.
Skinner boshqa nazariyalar bilan solishtirganda oson ziddiyatlashgan xarakterdagi nazariyani taklif etmadi. U o‘zining nazariyasida o‘zining tadqiqotchilik yo‘nalishida shaxsni yaqqol tarzda ifodalovchi holatni taqdim etmadi.
Uning nazariyasi faqatgina shaxsni emas, balki butun xulq-atvorni tushuntirishga harakat qildi. Skinner psixologiya aniq dalillar asosida va tadqiqotlar laboratoriya sharoitida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi. Skinner psixologiya xulq haqidagi, organizm nima qilishi haqidagi fan ekanligi ta’kidladi. Uning xulq-atvorni o‘rganishi psixoanalitikka, qirralar, ekzistensial, kognitiv, va gumanitstik yondashuvlarga antipoddir. Uning yondashuvi nafaqat predmet, metodologiya va maqsadi bilan tafovutlanadi.
Shaxsni tushuntirishda kalit sifatida ko‘pgina boshqa nazariyalar insoning ichki olamiga nazar soladi. Sabablar, motivlar insonning kamoloti va xulq-atvorini yo‘naltiradi hamda har bir insonning ichida kechadi.
Bunga teskari Skinner xulq-atvorni tushuntirishda ichki tomon bilan bog‘liq biror bir xulosaga kelmadi. Ongsiz ta’sirlar, himoya mexanizmlar, qirralar va boshqa harakatga keltiruvchi kuchlar ilmiy psixologiyada o‘rin olmaydigan jihatlar ham mavjud.
Skinner ham o‘z navbatida fan uchun foydaligidan ichki kuchlar mavjud bo‘lishini inkor etmadi. Skinner aniq kuzatib bo‘lmaydigan va fanga aloqador bo‘lmagan fiziologik jarayonlarga analogik mulohazalarni qo‘lladi.
Inson bilan bog‘liq bahslar − vaziyatlarda Skinner atrof-olam yoki vaziyatlarni e’tiborga oldi. Eksperimental o‘rganish predmeti jihatidan Skinnerning yondashuvi boshqa nazariyachilardan keskin farq qildi. Bir qator tadqiqotchilar emotsional beqaror, boshqalar esa me’yordagi yoki o‘rtacha barqarorlikdagi shaxslarga e’tibor qaratadilar.
Skinnerning xulq-atvor haqidagi insonlarga qo‘llagan g‘oyalari kalamush va kabutarlarni xulqini (xatti-harakatini) o‘rganish uchun qo‘llanilgan. Inson shaxsi haqida xulosalash uchun kabutarni o‘rganish kerakmi? Skinnerning qiziqishlari bolalar kechinmasi yoki katta yoshdagilarning tuyg‘ularini emas, qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan xulqiy reaksiyalarni aniqlashga qaratilganligini unutmaslik lozim. Stimullarga nisbatan ba’zan javoblar odamlar, ba’zan hayvonlar yaxshi javob berishlari mumkin. Skinner inson xulq-atvori boshqa jonzotlar bilan solishtirganda murakkab ekanligini e’tirof etdi. Tafovutlar esa darajali, tabiiy shaklda emas. Fundamental jarayonlarda o‘xshashdir deb xulosaladi. Shu bois fan oddiydan murakkabga qarab o‘rganib, dastlab oddiy jarayonlarni o‘rganishi kerak. Shunday qilib, u jonvorlarning xulq-atvorini (xatti-harakatini) o‘rganishga jazm qildi. Bu esa inson xulq-atvoriga qaraganda soddaroqdir, deb o‘rganishga kirishgan.
Skinnerning ishi amaliy jihatdan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning tadqiqotlardan olgan terapevtik metodlari har xil kasalliklar, xususan, psixoz, aqliy taraqqiyotdan ortda qolish va autizmni davolashda foydalanildi. Uning xulq-atvorga bag‘ishlangan g‘oyalari bo‘yicha modifikatsiya qilgan metodlari maktab, tashkilot, tuzatish muassasalari va kasalxonalarda tadbiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |