6.2. Geshtaltpsixologiyaga umumiy tavsif
Geshtaltpsixologiya, yoki boshqachasiga struktura, yaxlit psixologiya. Bu yo‘nalishning asosiy vakillari X.Erenfels (1859-1932y.), V.Keller (1887y.), K.Kofka (1886-1941y.)lardir. Bu psixologlar barcha murakkab psixik jarayonlar elementlar, hodisalardan sezgilardan tarkib topadi, deb hisoblangan assotsiativ psixologiyaning tanqid qilib chiqdilar. Geshtaltpsixologiyaning vakillari bu ta’limotga qarama-qarshi o‘laroq, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va elementlarning yig‘inidisiga nisbatan mazmundorroqdir. Ayrim element va qismlarning yig‘indisi butunning mazmunini belgilamaydi, aksincha, butun (yaxlit struktura) qism elementlarning hususiyatlarini belgilab beradi.
Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi, avvalo idrok faktlari, asosida ishlab chiqilgan edi. Idrok − bu sezgilarning yig‘indisi emas, balki yaxlit obrazdir, deb ta’kidlanadi. Psixik mahsullar va strukturalarning yaxlitligi haqidagi bu ta’limot keyinchalik xotira, tafakkur va iroda hodisalariga ham tadbiq qilingan edi.
Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh mohiyati ularning sezgilarga o‘xshash alohida elemetlari emas, balki konfiguratsiya shakl yoki geshtaltchilarning yaxlit yaratishidan iborat.
Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Keller antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o‘rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos o‘xshashlik borligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
V.Kellerning fikricha, topshiriqni echish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya’ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog‘liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo‘luvchi geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba’zi bir zo‘riqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni echish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani echish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.
Geshtaltchilarning ayrimlari “yo‘nalish” atamasini qo‘llab, uni o‘tmish tajribasi bilan bog‘lashga intiladilar. Shuningdek, ular “tafakkurning evrestik metodlari” to‘g‘risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, qo‘yilgan maqsadni, konfliktli holatlarni tahlil qilishni nazarda tutadilar.
Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko‘tarib chiqadilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o‘ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga kelishi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga echish yo‘lini qo‘llash kabilar. Tafakkurni psixologik o‘rganishda funksional rivojlanish g‘oyasini amaliyotga tadbiq qilish ham ma’lum darajada geshtaltpsixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |