L ya. Olimov psixologiya tarixi


Sezgi organlari psixofiziologiyasi



Download 6,23 Mb.
bet33/71
Sana02.03.2022
Hajmi6,23 Mb.
#479374
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
ПСИХОЛОГИЯ ТАРИХИ тайёр doc3doc — копия

5.3. Sezgi organlari psixofiziologiyasi
Sezgi organlarining psixofiziologiyasi reflekslar akti ilmiga o‘xshab, uzoq muddat mexanistik determinizm ta’sirida bo‘ldi. Tashqi turtki va mexanizmdek anatomik tuzilish faqat shu ikkita faktorlar harakat va sensor aktlar to‘g‘risidagi deterministik bilimni tashkil qilar edi.
Har holatda mexanizm o‘zini to‘qnashuvini tug‘dirar edi. Refleks to‘g‘risidagi ilmga harakat reaksiyasining maqsadga muvofiqligi va variantivligi qiyinchilik tug‘dirar edi. Sezgi organlarini o‘rganishda esa o‘ziga qabul qilishda predmetliligi, tashqaridan proektlashtirilganligi to‘sqinlik qilar edi. Sabab sezgini nazariyasiga ko‘ra qabul qilish organiga buyumni ta’siri tez kelar edi.
Effektdan buyum to‘g‘risida ongdagi informatsiyaga o‘tish yo‘li turtki va organni material o‘zaro harakati aniqlanmadi. Ular o‘zaro harakatdan tashqaridan izlandi. XIX asrning birinchi yarmida ba’zi psixofiziologlar Veber, Purkineda sensor va harakat sferasida o‘zaro bog‘lanish bor, degan fikr tug‘ildi.
Keyinchalikdagi har xil retseptorlarni faoliyatini eksperimental o‘rganish sezgi obrazlarini yaratilishi ilmiy tabiiy analizni imkoniyatini kengaytirdi. Tajriba, mashq ko‘p narsani tushuna olishi mumkinligini aniqladi. Fiziolog uchun mashq material organini aktivligini nazorat qilish va ob’ektiv o‘rganish uchun qulay bo‘ldi.
Sezgi organlarini fiziologiyasi rivojlangan sari qabul qilishni (o‘zlashtirish) determinlovchi munosabati to‘g‘risidagi bahs nihoyatda kuchaygan edi.
«Manivizm − empirizm» antitezasi paydo bo‘ldi. Bu antiteza, ayniqsa, yaqqol masofa ko‘rinishi tabiati haqidagi bahsda bilinadi. Bahsda bu ko‘rinish o‘z asosida kuchlanish (nativizm) yoki tajribada olganligi (empirizm) degan savol turardi.
Empiriklar va nativistlar o‘rtasidagi bahs shuni bildiradiki, tabiiy tashkil to‘g‘risidagi tushuncha qayta ko‘rib chiqishga muhtoj. Buni sezgi organlari fiziologiyasi muvaffaqiyatlari ham talab qilardi.
Gelmgols (1820-1894) bu muvaffaqiyatlarga yangi asrni ochdi.
XIX asrda uni nomi bilan fiziologik tushunchani tubdan o‘zgarishi bog‘langan. Yangi kuchli ilmiy tadqiqot yo‘nalishi nerv tolasida qo‘zg‘alishni tarqalishini tezligini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Gelmgolsni «Eshitish organlarini musiqa nazariyasining fiziologik asosi sifatida o‘rganish» va «Fiziologik optika» asarlari hozirgi zamon sezgi organlarining fiziologiyasini fundamentini tashkil qildi. Gelmgolsni fiziolog sifatida ko‘rsatgan xizmati ayniqsa, falsafani qiziqtirib kelayotgan ba’zi masalalarni tushuntirish tamoyili va metodlarini fiziologiyaga tarqalishida muhim ahamiyatga ega.
Gelmgols tabiatshunos sifatida materializmga yaqin. Kontning falsafasi I.Myuller konsepsiyasi bilan birlashib u ham har bir sezgi organi apparat bo‘lib «maxsus energiya» bilan zardyadlangan, sezish shu energiyani ba’zi bir fizik sabab harakatini ozod bo‘lishi natijasida o‘tadi.
Bu konsepsiyadan kelib chiqib, Gelmgols organga taalluqli boshlanish sensor elementlari borligini qabul qiladi. Sezgini «toza holati»ni o‘rganish qiyin, chunki tabiiy vazifasi atrof muhitda orientatsiya maqsadiga xizmat qilishdan iborat. Shuning uchun sezgini o‘zini emas, predmetni sezgi sifati anglanadi. Unda qanday qilib sezgini tashqi sharoit bilan bog‘lash kerak, agar sezgi u sharoitlarga tobe bo‘lmagan organni anatomik tuzilishiga solingan degan fikr yuritilgan bo‘lsa?
Gelmgols fikricha, muammoni simvollar nazariyasi hal qiladi: sezgilarni ob’ektiv dunyoga munosabati simvol yoki belgi formasiga ega. U sezgi organlarini tabiatshunoslik o‘rganishi uchun Myuller doktrinasi xavfli ekanini nazariy jihatdan tushuna olmas va uni fizik qo‘zg‘alish, nerv moddasidagi jarayon va sensor akti o‘rtasidagi to‘g‘ri sababli bog‘lanish deb o‘ylar edi. Bu Gelmgols nazariyasini uni sezgi organlarining psixofiziologiyasi to‘g‘risidagi materialistik yo‘nalishdagi yozgan ishlariga qarama-qarshi bo‘ldi. Ammo Myuller sxemasi Gelmgolsni konkret eksperimental ishlarida boshqaradi, metodologik tomoni uni qoniqtiradi, deyish xato hisoblanardi.
Myuller bilan boshqa-boshqa yo‘ldan kelganini, Gelmgols nativizm va empirizmni g‘oyalarini solishtirib tushuntiradi. Myuller fikri bo‘yicha sezgi organiga oddiy, sensor sifat solingan. Asosiy determinant sifatida boshlang‘ich organik tuzilishi berilgan. Sub’ektiv dunyoni tasvirini qabul qilishdagi asosi o‘zgartirilgan holatda bo‘ladi.
Gelmgols unga qarama-qarshi buyumni obrazini, shakllantirishda muhim aniqlovchi faktor deb tajribani qo‘ydi. Uni eksperimentlarida muhim daqiqa bo‘lib sensor faoliyatini tashqi ob’ektlarga tobeligi bo‘lib chiqdi. Qabul qilish faktorlarini predmetliligini fiziologik optikasini fenomenlarini ko‘pini tushuntirib berdi. Ko‘p tajribalardan birini deb har xil ko‘rinishdagi prizmalardan foydalanishni aytish kerak.
Nurlarning sinishi predmetni noto‘g‘ri qabul qilinishini aytmaganda tajriba qatnashchilari prizma orqali to‘g‘ri ko‘rishni o‘rganib olishdi.
Bunga ko‘p tajribalar yordamida erishildi. Eksperimentlar shuni tasdiqladiki, sezgi orqali qabul qilish sensor effektiga tobe bo‘lmasdan, predmetni o‘z holatini qabul qilar edi.
Psixik ko‘rinishlarni determinatsiya spetsifikasini o‘rganishda Gelmgols oldida yana bir hal qiluvchi holat tashqi ob’ektni qabul qilish undan oldingi tajribaga tobeligini ko‘rsatish edi. Gelmgols «ongsiz aqliy xulosa» to‘g‘risidagi nazariyani oldinga suradi.
Gelmgols «ongsiz aqliy xulosa»ni strukturasini bir necha bor qaytarilgan, shuning uchun o‘rganib olgan tushuncha assotsiatsiyasi deb topdi.
Aqliy xulosani kategoriyasini paydo bo‘lishi fiziologik o‘rganishlarda ularning ilmiy tabiiyligini tebrantirib yuborishadi, chunki aqliy xulosa mexanizmi sensomotor reaksiyasi bilan tushuntiriladi. Masalan, predmetni katta-kichikligi to‘g‘risidagi xulosa ko‘zdagi tasvir katta kichikligiga va ko‘z mushaklarini kuch bilan ishga solish o‘rtasidagi bog‘lanish orqali olinadi. «Ongsiz aqliy xulosalar» to‘g‘risidagi ishiga shunday tushuncha xarakterliki, bunga asosan» xulosa qilish» operatsiyasi aql bilan emas, sensomotor aktlarini solishtirgan holda kelib chiqadi. Bu jarayonda albatta harakatlanuvchi reaksiyalar qatnashadi. Shunday qilib sezgi organlari va harakat organlari o‘rtasidagi uzilishni yengish imkoni paydo bo‘ldi.
Gelmgols gipotezasidan so‘ng yangi psixologiya faollari Sechenov va Vundtlar ham muhim tushuntirish ahamiyatini tan olishdi. Gelmgols gipotezasini idealistik faylasuflar predmet dunyosi o‘z operatsiyasini anglay olmayotgan intellektni ishini bir varianti deb tushuntirdilar.
Yana bir tomoni determinizm bilan birga ishlatilishi mumkin bo‘lmagan gipoteza, «intervatsiya sezgisi»dir. Gelmgols sezgini maxsus sinfi borligini aytadi. Bu sezgi individ o‘z iroda kuchi bilan muskullarini intervatsiya qilganda paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, Gelmgols tizimida tug‘ma tuzilish ta’siri minimumga tushirilib, muhim rol tajribaga berildi, predmet obrazini shakllanishida sensor va intellektual daqiqa birligi tasdiqlandi. Shu bilan birga Gelmgols eksperiment yo‘li bilan psixik hayotda ma’lum holda fenomen emas, u o‘z qonuniga ega bo‘lgan faoliyat degan fikrni ilgari surdi.
Gelmgolsni sezgi organlari psixofiziologiyasi to‘g‘risida erishganlari psixik ko‘rinishdagi determinatsiyani maxsus xususiyatini yoritdi. Yangi fan falsafa va fiziologiyadan o‘zga fan yaratilishiga olib keldi.

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish