L ya. Olimov psixologiya tarixi



Download 6,23 Mb.
bet14/71
Sana02.03.2022
Hajmi6,23 Mb.
#479374
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
ПСИХОЛОГИЯ ТАРИХИ тайёр doc3doc — копия

Konfutsiy (miloddan avvalgi 551 – 479 yillar)
Konfutsiy Xitoyning sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar xonadoniga mansub bo‘lib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi Szou muzofotini boshqargan. Konfusiy tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga to‘lganda otasidan, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfusiydan tashqari 9 qiz va bir nogiron o‘g‘il bo‘lgan.
Konfutsiylikda uning asoschisi Konfusiy birinchi bo‘lib irsiy va hayotda orttirilgan narsalar masalasini ko‘tarib chiqdi. Uning fikricha odam o‘z tabiatiga ko‘ra mehribon mavjudot, uni tashqi muhit buzadi. Uning zararli ta’sirini yengish uchun inson yetuklikka erishish kerak.
Konfutsiy (milodan avvalgi 551- 479 yilgacha) taxminan Budda, Fales va Pifagor yashagan davrda yashab o‘tgan. U yozgan matnlar saqlanib qolmagan, lekin uning ta’limotining asosiy qoidalari Konfutsiyning shogirdlari bilan suhbatlari (savollar va javoblar) haqidagi qisqacha qaydlar to‘plami Fikrlar va suxbatlarda yozib qo‘yilgan.
Ular asosan to‘g‘ri fe’l atvorning ijtimoiy etik muammolariga bag‘ishlangan. Ulardan Konfutsiy siymosi an’analarga qattiq rioya qilgan mutafakkir sifatida gavdalanadi. Masalan: u odam faqat an’anani astoydil o‘rganish yordamida o‘z vazifalarini to‘g‘ri tushunib yetishi mumkin deb hisoblaydi. An’ana, shuningdek, mavjud betartib ijtimoiy shart sharoitlarni isloh qilish borasidagi urinishlarga asos bo‘ladigan me’yor tusini kasb etadi. Ana shunday yondashuv tufayli Konfutsiy ta’limotida qadimgi yozma manbalarni o‘rganish markaziy o‘rin tutadi. Hind falsafasida bo‘lgani kabi olamdan qochish emas, balki dunyoga moslashish Konfutsiyning asosiy fikri bo‘lgan. Konfusiyning bunday qarashlarini uning izdoshi Men-Szi davom ettirgan.
Men-Szi (miloddan avvalgi 372 (taxminan)-289 yillar)
«Men Koinot fuqorolaridanman», degan ekan Men-szi. U Xitoyning hozirgi Shandun viloyati hududida joylashgan Lu xonligida tug‘ilib o‘sdi. Men-szi Konfusiyning nevarasi Szi Si qo‘lida tahsil olgan. Bu faylasuf mamlakatni muvaffaqiyatli idora etishning 12 qoidasini ishlab chiqqan.
O‘zining ana shu g‘oyalarini amalga tatbiq etish niyatida u hukumat tizimiga ishga kirish uchun Xitoyning turli xonliklarini kezib, qisqa muddat Si xonligida maslahatchi bo‘lib ishlagan. Insonparvarlikka tayangan holda davlatni boshqarish g‘oyalarini hayotga tadbiq etish yo‘lidagi behuda urinishlardan so‘ng Men-szi vatani Luga qaytadi va g‘oyaviy qarashlarini o‘zi tashkil etgan maktab, shogirdlari, kitoblari orqali targ‘ib va tashviq qiladi.
Men-szining asosiy asari «Men-szi» deb ataladi. Lyudvig Feyerbax: «Men-szi Xitoyning Konfuysiydan keyingi eng buyuk faylasufidir», - deb yozgandi.
Konfusiy kabi u ham inson tug‘ma ravishda yaxshi bo‘ladi va bunday yaxshilik tarbiya yo‘li bilan rivojlantirilishi mumkin, deb hisoblagan. U ham o‘z davridagi ko‘plab xitoylik faylasuflarga o‘xshab o‘z umrini turli imperatorlik saroylarida o‘tkazgan va shahzodalarga ikkita eng muhim saxovat insonparvarlik (jen) va adolat (i) dan ta’lim bergan. Lekin Konfusiyda yana bir oqim Syun-szi asos solgan oqim paydo bo‘ldi.

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish