L. S. Karieva makroiqtisodiyot


 Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida iqtisodiy siyosat



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

13.6 Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida iqtisodiy siyosat 
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitidagi byudjet-soliq va pul-kredit siyosati 
qayd qilingan valyuta kursi sharoitidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha natijalar 
beradi. Endi rollarni taqsimlash muammosini to‛g‛ri hal qilish teskari ko‛rinish 
oladi. Byudjet-soliq siyosati savdo, demak, to‛lov balansi uchun pul-kredit 
siyosatiga nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Aynan byudjet-soliq siyosatidan 
tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo‛ladi.
Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish birinchi 
planga chiqadi.
Agar qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki pul siyosati almashinuv 
kursinini quvvatlab turishni ham ko‛zda tutgan bo‛lsa, suzib yuruvchi valyuta kursi 


301 
sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish 
uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin.
Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning 
oshishiga olib keladi. Ma’lumki xarajatlarning ortishi importning o‛sishini 
rag‛batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To‛lov balansining taqchilligi 
yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi sababli kapitalning mamlakatdan 
chiqib ketishi ham ta’sir ko‛rsatadi. Lekin egiluvchan valyuta kursi sharoitida 
taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o‛sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy 
valyutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valyuta qadrsizlanadi. Bu 
qadrsizlanish mamlakat eksportchilarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi. 
Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. Eksportning ortishi mamlakatimiz 
mahsulotiga bo‛lgan talabning o‛sishini anglatadi va pul massasining dastlabki 
o‛sishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi.
Demak, pul siyosati ichki daromadlarga bevosita (pul taklifining o‛sishi orqali) 
va bilvosita (almashinuv kursining pasayishi hamda eksportning o‛sishi orqali) 
ta’sir ko‛rsatadi.
Kapitalning oqib ketishiga va o‛z navbatida milliy valyutaning qadrsizlanishi 
darajasiga ta’sir ko‛rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim ahamiyatga 
egadir. Ammo, pul-kredit siyosati murakkab yetkazib berish mexanizmiga egaligi 
sababli uning ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’siri ishlab chiqarishni 
kengaytirishning ichki rag‛batlari ( foiz stavkasining pasayishi) orqali emas, balki 
ko‛proq tashqi dunyo orqali ro‛y beradi deb tasavvur qilish mumkin. Boshqacha 
aytganda, kapitalning chiqib ketishi va valyutaning qadrsizlanishi sharoitida 
mamlakat mahsulotlariga talabning o‛sishi uning eksportiga talabning oshishi 
hisobiga ro‛y beradi. Shu sababli pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri 
o‛ziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq 
siyosatining samaradorligini baholash yanada murakkabroqdir. Ma’lumki, davlat 
xarajatlarining ortishi ichki va tashqi muvozanatga ikki yo‛nalishda: daromad 
orqali va foiz stavkasi orqali ta’sir ko‛rsatadi. Daromadlarning ortishi 
(multiplikator 
samarasi 
orqali) 
importni 
ko‛paytiradi, 
savdo 
balansini 


302 
yomonlashtiradi va milliy valyutaning kursini pasaytiradi. Davlat xarajatlarining 
ortishi, shuningdek, hukumat olayotgan qarzlarini ko‛paytirayotganligini anglatadi, 
bu esa foiz stavkalarining ortishiga olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari esa 
xorijdan kapital oqib kelishini rag‛batlantiradi. Bu esa milliy valyuta kursini 
oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa kapitalning 
mobilligi darajasiga bog‛liq bo‛ladi.
Kapitalning past mobiligi sharoitida byudjet ekspansiyasi daromad orqali 
ko‛proq ta’sir ko‛rsatadi. Kapitalning uncha ko‛p bo‛lmagan miqdorda oqib kelishi 
savdo balansining taqchilligini qoplay olmaydi va oqibatda valyuta kursi pasayadi.
Milliy valyutaning arzonlashishi eksportning o‛sishi uchun qulay sharoit 
yaratadi va to‛lov balansining taqchilligini bartaraf qilish imkonini beradi. 
Eksportning ortishi, shuningdek, byudjet ekspansiyasining ichki ishlab chiqarishga 
ijobiy ta’sirini to‛ldiradi.
Shu bilan birga kapitalning mobilligi ortib borishi bilan kapital schyotining 
to‛lov balansi va valyuta kursiga ta’siri kuchaya boradi. Kapitalning yuqori 
mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli ro‛y bergan valyuta kursining 
ko‛tarilishi tendensiyasi ustunlik qiladi. Bu eksportning qisqarishiga va savdo 
balansi taqchilligining ortishiga olib keladi. Kapitalning katta miqdorda oqib 
kelishi bu taqchillikni qoplash va to‛lov balansini muvozanatlashtirish imkonini 
beradi. Ammo byudjet ekspansiyasining ishlab chiqarish hajmiga yakuniy ta’siri 
deyarli nolga teng bo‛ladi. Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni 
xususiy investitsiyalarni foiz stavkasining oshishi orqali va eksportni almashinuv 
kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab bo‛ladi.
Shunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq ijobiy ta’siridan farqli 
ravishda byudjet-soliq siyosati kapitalning past mobilligi sharoitidagina samarali 
bo‛ladi.
Xulosa yasab, pul va byudjet –soliq siyosatining, tashqi balansni saqlab turgan 
holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‛rsatishi nuqtai nazaridan, nisbiy 
samaradorligini baholashimiz mumkin. Ma’lumki, qayd qilingan valyuta kursi 
sharoitida ichki monetar siyosat amalda “falajlangan” bo‛ladi va faqat byudjet-


303 
soliq siyosatigina samara beradi. Va bu samara kapitalning mobilligi ortishi bilan 
ko‛payib boradi.
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish hajmiga, 
shubhasiz, kapitalning mobilligi qanday bo‛lishidan qat’iy nazar pul-kredit siyosati 
ijobiy ta’sir ko‛rsatadi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish