L. R. Ayra pety a n s, A. A. P u L a t o V v o L e y b o L nazariyasi va



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/36
Sana31.12.2021
Hajmi3,46 Mb.
#267307
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
voleybol nazariyasi va uslubiyati

19-andoza


«Jismoniy tayyorgarlik» 
mavzusi bo‘yicha  n a z o ra t savollari
1. 
Voleybolchilar  jismoniy  tayyorgarligining  asosiy  m aqsadi 
nimaga qaratiladi?
2. 
Jismoniy tayyorgarlik qanday  bosqichlardan  iborat?
3. 
Jismoniy  tayyorgarlik  uslublari  va  vositaiari,  ulam ing  m ohiyati 
nimalar bilan izohlanadi?
4. 
Jismoniy  tayyorgarlikni  tashkil  qilishda  qanday  om illarga 
asoslaniladi?
5. 
Jism oniy tayyorgarlik qanday  nazorat qilinadi va baholanadi?


20. P S IX O L O G IK  TAYYORGARLIK
Zamonaviy  voleybol  musobaqalarida  yuksak  sport  natijalariga 
erishish  keskin  raqobat  ostida  kechayotganligi  isbot  talab  qilmaydi. 
0 ‘yinlam ing  har  bir  lahzasi  o ‘ta  shiddatli  va  tezkor  o ‘zgaruvchan 
vaziyatlar  ustunligi  bilan  farqlanadi.  M ashg'ulot  va  musobaqalarga  xos 
yuklam alar  hajmi,  shiddati  va  o ‘yin  mazmuni  mukammal  shakllangan 
jism oniy  hamda  funksional  imkoniyatlami  talab  qiladi.  Faqat  shunday 
imkoniyatlarga  asoslanilsa  yuksak  texnik-taktik  mahorat  musobaqa 
taqdirini  belgilaydi.  Shu  bilan  bir  qatorda  bugungi  voleybolning  yana  bir 
ustuvor xususiyatlari  shundan  iboratki,  har  bir o'yinchi  va jam oa jismoniy 
ham da  texnik-taktik  jih atlard an   yuqori  ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lsa-yu, 
lekin  ulam ing  psixologik  imkoniyatlari  zaif boMsa,  m usobaqa  davomida 
foydali  natijaga  erishish  m ushkul  bo‘lish¡ ehtimoldan  holi  emas.
Binobarin,  ko‘p yillik  sport trenirovkasi jarayonida psixologik sifatlar 
va  qobiliyatlami  shakllantirish  masalasi  boshqa  tayyorgarlik  turlari  kabi 
ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Psixologik  tayyorgarlikning  bosh  maqsadi  muhim  psixik  sifatlar  -  
xotira,  diqqat,  hissiyot,  tafakkur,  ong,  iroda,  ko‘rish  kengligi  va  chuqurligi 
kabi  xislatJami  m ustaqil  m ashq  qildirishdan  iborat  bo‘lishi  lozim.  Bu 
borada  shug‘ullanuvchilarda  matonat,  shijoat,  qat’iyatUk,  zukkolik, 
«makkorlik» va  ixtirochiiik fazilatlarini sayqal toptirish darkor.
Psixologik  tayyorgarlik  uzoq  muddatli  pedagogik  jarayon  bo‘lib, 
bunda  psixik  sifatlar  nafaqat  m ashg'ulot  va  musobaqa  jarayonlarida  o ‘z 
holicha shakllanishi  lozim ,  balki ular maxsus  uslub va vositalar (mashqlar) 
yordam ida alohida takom illashtirilishi 
zarur.
Voleybolchilami  tayyorlash  amaliyotida  psixologik  tayyorgarlik 
quyidagi  ikki yo‘nalishda olib  borilishi odat tusiga kirgan:
- umumiy psixologik tayyorgarlik;
-  muayyan m usobaqaga maxsus psixologik tayyorgarlik.
U m um iy  psixologik  tayy o rg arlik .  Voleybol  maydonchasi  gandbol,
basketbol  va tennis m aydonlaridan nisbatan kichik  bo ‘lgani  va unda har bir 
jam oada  6  o‘yinchining  o ‘zaro  tezkor  va  o ‘zgaruvchan  vaziyatlarda 
harakat  qilishi  ham jihatlik,  oraliq-vaqtni  his  qilish,  tezkor  fikrlash,  o ‘z 
jam oadoshi  va  raqib  harakatlarini  tezkor  payqash  ham da  idrok  qilish  va


boshqa  psixologik  xislat  (xotira,  diqqat,  tafakkur  va  h.k.)larning 
shakiiangan  b o lish in i  talab qiladi.
Voleybolchiga 
xos 
ushbu 
psixologik 
xislatlar 
m ashg‘ulotlar 
davomida  o ‘z  holicha  ham  shakllanishi  m um kin.  M asalan,  shug'ulla- 
nuvchilarda  jism oniy  va  funksional  im koniyatlar  hamda  texnik-taktik 
mahorat  shakiiangan  sari,  jamoa  tarkibida  m ashg'ulo t  va  musobaqalarda 
o ‘yin  tajribasi  ortgan  sari  ularda  iroda,  oraliq-vaqtni  his  qilish,  ko‘rish 
doirasi,  to‘pni  y o ‘nalishi,  tezligi.  baland-pastligini  oldindan  bashorat 
qilish,  vaziyatga  mos  va  raqib  taktikasi  qatam a-qarshi  foydali  taktikani 
taniash xislatlari sayqal  topib boradi.  Agar bunday  psixologik  xislatlam ing 
shakllanish  mexanizmi  va  qonuniyatlari  nazariy-uslubiy  mashg‘ulotlarda 
tushuntirilsa,  amaliy 
mashg‘ulotlarda  ulam i 
maxsus  yo‘naltirilgan 
mashqlar  (farazlar,  ishontirish,  moMjal,  ehtim ollar  va  bashorat  qilish 
mashqlari)  yordamida  shakllantirilib  borilsa,  foydaii  natija  yanada 
salmoqliroq boMishi  mumkin.
0 ‘yin 
taktikasi 
va 
taktik 
fikrlash 
o ‘yinchining 
psixologik 
imkoniyatlari  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  A gar  texnika  (usullar-harakatlar 
texnikasi)  o ‘yinchi  organizmining  markaziy  (nerv  sistem asi)  va  periferik- 
ijrochi  organlari  mahsuli  bo'Isa,  taktika  (usul-harakat  taktikasi,  taktik 
kombinatsiyalar, taktik  fikrlash,  oldindan  bashorat  qilish  va h.k.)  oliy  nerv 
faoliyati  -   intellektual  va  harakat  birligining  mahsulidir.  Demak, 
psixologik-jismoniy, 
psixologik-funksional, 
psixologik-texnik 
va 
psixologik-taktik 
tayyorgarlik 
integral 
m azmunli 
m ashg'ulotlarda 
shakllantirilishi  maqsadga muvofiqdir.
Psixologik  tayyorgarlikka  yo‘naltirilgan  m ashg‘ulotlarda  qator 
vazifalami  hal  etish tavsiya etiladi.
Jumladan:
1.  Sport  trenirovkasi  nazariyasi  va  uslubiyatida  «sport  razvedkasi» 
deb  nomlangan  tushuncha  mavjud.  Uning  asosiy  «burchi»  turli  bo‘lajak 
raqib  o ‘yinchilar  va  raqib  jam oalar jism oniy,  texnik-taktik  va  psixologik 
imkoniyatlarini  o ‘rganish,  ushbu  jam oalam ing  o ‘yin  modeli  haqida 
m a’lumotlar  to‘plash  va  to‘plangan  barcha  m a’lum otlam i  nazariy-uslubiy 
mashg‘ulotlarda tahlil  qilish va sinab ko‘rish.
2.  0 ‘z  jam oasi  imkoniyatlarini  o ‘zga  jam oalar  imkoniyatlari  bilan 
taqqoslash,  kam chilik  va  ustunliklami 
aniqlash, 
modellashtirilgan 
m ashg‘ulotlar  davom ida  raqib  modeliga  qarshi  o ‘yin  modelini  shakllan- 
tirish, kamchiliklami  bartaraf etish.
3.  Har  bir  joriy  mashg‘ulot,  muayyan  m usobaqaga  tayyorlovchi 
mashg‘ulotlar  va  musobaqalar  bo‘yicha  vazifalar  belgilash  hamda  ulami


maxsus  y o‘naltirilgan  m ashqlar  majmualari  yordamida  hal  etish.  Ushbu 
m ashg‘ulotlarda  raqibning  kamchíliklari,  z a if  jihatlari  va  ustunliklarini 
e ’tiborga  oigan  texnik-taktik  va  psixologik  mashqlarni  modellashtirilgan 
mazmunda q o ‘llash  zarur.  Bunday  mashqlami  takrorlash  davomida,  uíam i 
mukammal  o'zlashtirilgantigi e’tiborga olinishi  lozim.
4.  S hug'ullanuvchilar  tomonidan  raqib  texnik-taktik  modellari  va 
o ‘zlarining o ‘yin   uslublari  (texnikasi  va taktikasi)ni  shu modellarga  qarshi 
yo‘nalishlarda 
o'zlashtirishda 
xotiijam likka, 
ortiqcha 
ishonchga, 
«manmanlikka»  berilm aslik  kerak.  0 ‘yinchilarda  kuchli  motivatsiyani 
shakllantirish  darkor.  0 ‘zgaruvchan  vaziyatlarga  nisbatan  psixologik 
turg‘un!ik  xislatini  shakllantirish  kerak.  Ularda  emotsiona!  faollik  hissini 
uyg‘otish  m uhim ligi diqqat markazida bo‘lishi  zarur.
5. 
M odellashtirilgan 
m ashg‘ulot 
va 
musobaqa  jarayonining 
psixologik 
ioyihasini 
ishlab  chiqish. 
Bunda  mavjud  «razvedka» 
m a’lumotlariga  asoslangan  holda  va  favqulodda  o ‘zgarib  qolishi  mumkin 
bo‘lgan  vaziyatlarni  e ’tiborga  olib,  psixologik  jarayonlarning  amaliy 
variantlari  dasturga  kiritiladi  va  sinab  ko‘riladi.  Ushbu  jarayonda  har  bir 
o ‘yinchi 
va  jam oaning  asosiy 
hamda  zaxira  tarkiblarini 
o ‘zaro 
hamjihatligi, 
m uvofiqligi 
va 
munosibligi 
nazoratdan 
o ‘tkazüadi. 
Zaruriyatga qarab  kerakli o ‘zgartirishlaryoki  qo‘shimchalar kiritiladi.
6.  M ashg‘ulotlar v a musobaqa oldi jarayonlarida psixologik  m ashqlar 
(vositalar)  yordam ida  o ‘z  jam oasi  va  o ‘zga  jam oalar  o ‘yin  modellari 
mazmuni  ham da  psixologik  nusxasi  aniqlashtiriladi,  ish  qobiliyati, 
musobaqaoldi  holati  (hayajonlanish,  talvasaga  yoki  tushkunlikka  tushish, 
qo‘rqish,  xavotirlanish  va h.k.) shakllantiriladi.
BoMajak  m usobaqa  o'tkazish  joylari,  iqlim  sharoitlari.  kun-tun 
bioritmi  m odellashtirilgan  sharoitlarda o‘zlashtiriladi.
M uayyan  m u so b a q a g a   m axsus  psixologik  tay y o rg arü k .  M uayyan 
musobaqaga tayyorgarlik kolrish o ‘ta murakkab va m as’uliyatli jarayondir.
M a'lum ki,  har  bir  sportchi  musobaqalarda  ancha  barvaqt  va 
musobaqa  oldi  vaziyatlarda  mahorati  va  tajribasidan  qat’i  nazar,  turli  xil 
psixologik  holatlar  (lixoradka  -  talvasaga  tushish,  apatiya  -   tushkunlikka 
tushish,  jan g o v o r  liolat,  hayajonlanish  va  h.k.)ga  duchor  bo‘ladi.  Agar 
o ‘yinchi  va ja m o a   uchun  boMajak  raqibning  o ‘yin  va  psixologik  modeli 
(jismoniy,  funksional.  texnik-taktik,  psixologik  imkoniyatlar)  yaxshi, 
batafsil  tanish  bo"Imasa,  salbiy  psixologik  hissiyotlar  kuchayishi,  hatto 
o ‘z-o‘zini  boshqara  olm aslikka  olib  kelishi  mumkin.  Shuning  uchun 
musobaqaoldi  m ashg‘ulotlarda  bo‘lajak  raqibning  barcha  imkoniyatlari, 
shu  jum ladan  u ning  psixologik  imkoniyatlari  puxta  o'rganiladi.  Bunda


videofilmlar,  «sport  razvedkasi»  taqdim   etgan  m a’lum otlar  va  boshqa 
m a’Iumotlardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Imkoniyatlar 
va 
vaziyatlar 
o'zlashtirilganidan 
so‘ng, 
ular 
modellashtirilgan mashg'ulotlar tarkibida  mashq qilinadi.
Salbiy  psixologik  hissiyotlami  bartaraf etish  va ja n g o v o r  psixologik 
holatlam i  shakllantirish  uchuti  quyidagi  m ashq-form ulalardan  foydalanish 
m aqsadga muvofiqdir:
1. «Razvedka»  ma’lumotlarini  tasavvur etish:
- raqibning har bir imkoniyatlari  ko‘z oldimda gavdalanm oqda;

raqibning 
kamchiliklari 
va 
ustunliklarini 
birm a-bir 
aniq 
ko‘rayapman;
- kamchiiiklar va ustunlikiami o ‘z imkoniyatlarim  bilan solishtirdim;
-  raqibning  kamchiliklari  va z a if jihatlari  xotiram dan  mustahkam joy
oldi;
-  ushbu  kamchiiiklar va zaifjihatlardan  unumli  foydalanish  loyihasini 
ishlab chiqdim va uni  qo‘llash y o 'llarin i  rejalashtirdim;
-  o‘zimni  kamchiliklarimni  bartaraf etish  im koniga  erishdim ,  ulami 
takrorlamaslik choralarini  belgilab qo‘ydim;
-  o ‘zlashtirgan  barcha  psixologik  va  texnik-taktik  imkoniyatlami 
musobaqaoidi  mashg‘ulotlarida sinab  ko‘rdim va yaxshi  natijaga erishdim;
-  musobaqaga  barcha  im koniyatlar  bo‘yicha  tayyorm an,  jangovar 
holatga erishish sirlarini  puxta o ‘zlashtirdim.
2.  Musobaqaoidi  vaziyatlarida  ro‘y  beradigan  salbiy  holatlami 
bartaraf etish:
-  menga tashqi va ichki «stress-qo‘zg‘atkichIar»  ta’sir etmayapti,  men 
ulardan xalos bo‘ldim;
- o ‘zimni a ’Io his qilayapman;
-  ertangi  musobaqa  meni  qiziqtirmaydi,  men  toza  havo  bilan  nafas 
olayapman;
-  bugun  tinch  va  osoyishta  uxlayman,  butun  ichki  a ’zolarim, 
mushaklarim, diqqatim va xotiram chuqur dam oladi;
- uyqudan a’io kayfiyat, a’io hissiyot, yorqin xotira bilan uyg‘ondim;
-  o ‘mimda  bajargan  qayishqoqlik  va  nafas  m ashqlarim   kayfîyatimni 
yanada ko‘tardi, o'zim ni yengil his qilmoqdaman,  «uchishga tayyorman»;
-  biroz  yengil  yugurganim,  asta-sekin  bajargan  badantarbiya  -  
chigilyozdi  mashqlarim, toza nafas  olish meni  «qushdek»  yengil  qildi;
-  yuvinish  mashqlari  menga  yangi  kuch,  a’io  kayfiyat  va  ishtahamni 
kuchaytirdi;


-  ertalabki  modeílashtirilgan  yengil  m ashg‘ulot  meni  a ’lo  «sport 
form asida»  ekanligim ni  eslatdi;

tu shlikdan 
so‘ng 
biroz 
dam 
oldim, 
tanam, 
ruhim 
va 
m ushaklarim ning dam  olganligi  m enga orom bag‘ishladi;
-  m usobaqa joyiga yetib keldim ,  asta-sekin kiyindim va yotib, k o‘zim 
yum ilgan  h olatda jangovar holatga erishish mashqiga kirishdim;
-  m ening  xotiram,  nerv  tolalarim ,  asabim,  ichki  a’zolarim   osoyishta 
dam  olm oqda;
-  nafaslarim   ravon,  yuragim ni  urishi  m e’yorida,  m ushaklarim da 
energetik zaxiralar jam lanm oqda;
-  raqibim   kamchiliklari  va  z a if  jihatlarini  esladim,  ko ‘z   oldimga 
keltirdim ,  ularg a qarshi  kuchli va sirlí  imkoniyatlarim shayiandi;
-  h ozir  chigilyozdi,  qayishqoqlik  va  maxsus  o ‘yinold¡  m ashg‘ulotida 
raqibga qarshi  imkoniyatlarimni  «charxlayman»;
o ‘yinoldi 
m ashg‘ulotida 
barcha 
imkoniyatlarimni 
raqib 
kam chiliklari,  z a if  jihatlari  va  kutilm agan  vaziyatlarga  qarama-qarshi 
kurashga shaylantirdim ;
- ja n g o v a r holatga keldim,  «jangga»  tayyorman;
-  barcha  imkoniyatlarim  yuksak  psixoiogik faoUik asosida tayyorüi
Y uqorida qayd etilgan «autotrening» -  ishontirish  mashqlarini  har bir
sportchining  psixoiogik  va  boshqa  imkoniyatlariga  qarab  dasturlash 
mumkin.  P sixoiogik  tayyorgarlik  jarayonini  tashkil  qilishda  21  va  22- 
andozalarda aks ettirilgan tartibga rioya qilish tavsiya etiladi.


M usobaqaoldi v a z iy a tla rig a   xos  ruh iy   h o la tla r

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish