L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


 Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

3. Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi. 
Shu davrdagi AqSh dagi ta’limotlar to‘g‘risida fikr yuritmadi, chunki bunday 
g‘oyalar faqat X1X asr oxirida vujudga keldi. 
XIX asrning oxirlari (so‘nggi 35 yili)da AqSh monopolistik rivojlanish 
bosqichiga kirdi. Monopolistik birlashmalar soni tez ko‘payib bordi, (masalan, 1% 
monopoliyalar qo‘lida 60 % boylik to‘plandi). 
Iqtisodiyotda ularning tanho hukmronligi kuchayib bordi. Kolumbiya 
dorilfununining professori Jon Beyts Klark (1847-1938) boshchiligidagi yetakchi 
iqtisodchilar guruhi siyosiy iqtisodda yetakchilik mavqeini egalladi, mana shu guruh 
siyosiy iqtisodning Amerika maktabini vujudga keltirdi. Shu davrdan AqSh 
iqtisodichilarining tadqiqotlari jahon bo‘yicha yetakchidir (Nobel mukofotlari 
sovrindoriga e’tibor bering). J.B.Klarkning «Boylik falsafasi» (1886), «Boylikning 
taqsimlanishi» (1889), «Iqtisodiy nazariyaning muhim belgilari» (1907) asarlari 


 
56 
o‘ziga xos yangicha konsepsiyalarni ishlab chiqishda katta rol o‘ynaydi. 
Amerikaning monopolistik burjuaziyasi shu konsepsiyalarni o‘ziga qurol qilib oldi. 
J.B.Klark Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) ilhomchilardan biri bo‘ldi. U 
mehnatkashlarning qisuviga zarba berish maqsadida kapitalning ekspluatatorlik 
mohiyatini niqoblashni shu uyushmaning vazifasi deb bildi. 
Bu yerda gap sotsialistik qarashlarga qarshi, bozor munosabatlarga ustunligini 
ko‘rsatish masalari yetakchidir. 
Klark iqtisodiyotda ma’naviy omillarni hal qiluvchi omillar deb hisoblab, 
Avstriya maktabining asosiy metodologik usullariga qo‘shiladi. U ishlab chiqarish 
munosabatlarini inkor etdi, uning konsepsiyasi notarixiy harakterda bo‘lib o‘zining 
qorishmaligi (eklektizmi) bilan ajralib turar edi. Klark taqsimotni siyosiy iqtisodning 
asosiy maqsadi deb bildi. U «Boylikning taqsimlanishi» asarida ijtimoiy 
daromadning taqsimlanishi mojarolarsiz amal qiladigan va ishlab chiqarishning har 
bir omiliga o‘zi yaratgan boylik yig‘indisi beradigan tabiiy qonun vositasi bilan 
boshqariladi, deb isbotlashga urindi. 
J.Klark avvalgi iqtisodiy ta’limotlarni metodologik va nazariy jihatdan 
yangilashga intilib, uni tabiiy ravishda tenglashtirdi. Nazariy mexanikaga o‘xshatib 
siyosiy iqtisodni uch bo‘limga: 
1) universal iqtisodiyotga, 
2) iqtisodiy statikaga va 
3) iqtisodiy dinamikaga bo‘ldi. 
Birinchisiga umumiy universal qonunlar, ikkinchisiga shu qonunlarning statik 
(harakatsiz) iqtisodiyot sharoitidagi, uchinchisida rivojlanish holatidagi qonunlar 
amal qilishini ko‘rsatadi. 
Siyosiy iqtisodni bunday bo‘limlarga bo‘lish, iqtisodiy fan vazifalariga 
yangilik kiritishdir. Bu narsa siyosiy iqtisodni ijtimoiy sinfiy muammolardan holi 
qildi (keyinchalik qarab chiqiladigan ijtimoiy-institutsional yo‘nalishga e’tibor 
bering). 
Klark jamiyat taraqqiyotida sifat siljishlari, inqilobiy sakrashlar bo‘lishi 
mumkin emas, deb hisoblaydi. U mo‘tadillik-sobitlikni jamiyatning asosiy holati deb 
hisoblaydi va muvozanat nazariyasining nusxalaridan birini rivojlantiradi. Iqtisodiy 
dinamikaga qilingan murojaat qilinishi muhim yangilik bo‘ldi, chunki u 
iqtisodiyotning ishlab chiqarishdagi holatini juz’iy hodisa deb hisoblaydi. 
J.B.Klark boshchiligidagi Amerika maktabi namoyondalari yo‘l qo‘ygan 
kamchiliklardan qat’iy nazar bu iqtisodchilar erishgan ilmiy natijalar katta 
ahamiyatga egadir. 
Avstriya va Kembridj maktabi iqtisodchilari tovarlar bozori va ayrim korxonalar 
tajribasida qo‘llanilgan ilmiy taxlilni J.B.Klark o‘zgacha, ya’ni makroiqtisodiyotni 
o‘rganishga olib kirishga harakat qildi. Ijtimoiy mehnat, ijtimoiy kapital va befarqlik 
zonalari tushunchalari yuzaga keldi, shuningdek, «eng yuqori unumdorlik» 
nazariyasida qo‘llanilgan ilmiy tahlil va tushunchalarni hozirgi davr iqtisodiy 
nazariyalarida uchratishimish mumkin, bu esa Amerika maktabining yuksak ilmiy 
ahamiyatini belgilaydi. 
19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V.Pareto, K.Viksell 
va boshqalar) vujudga keldi, ular tomonidan matematikani iqtisodiyotga qo‘llash 


 
57 
yuksak darajagi ko‘tarildi. Hozirgi davrda bu usul ekonometrika sifatida alohida 
rivojlangan.
Neoliberal yo‘nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida 
«ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy 
o‘sishga olib kelishi tahlil etildi. Keynschilik o‘rniga (1970) kelgan bu yo‘nalish 
Buyuk Britaniya (Tebcher), AqSh(Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar rivojiga 
ijobiy ta’sir etdi. Hozirgi davrda jahonda neoklassik yo‘nalish iqtisodiy fikrlashda 
yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi. 
Keyingi davrlarda «neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning 
muallifi P.Ssamuelson(1915) jahonga «Ekonomika» darsligi bilan mashhur. Bu kitob 
1948y. yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970y. Nobel 
mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e’tibor ommaviy ishsizlik va 
inflyatsiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu qarashlarda hozirgi yangi 
keynschilik va neoliberal g‘oyalarning bir-biriga ta’siri (sintezi)ni ko‘rish mumkin. 
Umuman, hozirgi davrda barcha iqtisodiy g‘oyalar o‘rtasida (toboro yaqinlashuv va 
bir-biriga ta’siri) aralash g‘oyalar kuzatilmoqda

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish