L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Mavzu yuzasidan tayanch so‘z va iboralar



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

 
Mavzu yuzasidan tayanch so‘z va iboralar:
iqtisodiy ta’limotlar tarixi, 
g‘oyalar, konsepsiyalar, davrlar, maktablar, yo‘nalishlar 
Muhokama uchun savollar 
1.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmetini tushuntirib bering. 
2.
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasini tushuntiring. 
3.
Maktablar, yo‘nalishlar deganda nimani tushunsiz. 
2
 
«Halq so‘zi» 9 fevral, №28 (4438). I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 
Axboroti 
 


 

4.
Mustaqillik yillarida mamalakatimizda erishlagan yutuqlarning ahamiyati 
to‘g‘risida. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998. 
2.
I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
majlisidagi Axboroti. «Halq so‘zi» 9 fevral, №28 (4438).
3.
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 
2002. 3-15b. 
4.
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 
O‘zbekiston, 2003. 3-5b. 
5.
R.Qarshiyev., A.To‘xtamishev. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar 
matni. SamKI, 2000y.
 
 
MAVZU-2: QADIMGI DUNYO FEODAL JAMIYATI VA ILK 
KAPITALIZMNING IQTISODIY TA’LIMOTLARI 
 
Ko‘hna Vaviloniya iqtisodiy fikrlari. 
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar. 
Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy ta’limotlar 
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g‘oyalari. 
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlar. 
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar. 
Ko‘hna Vaviloniya iqtisodiy fikrlari.
Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan 
qadimgi Sharqdan izlash mantiqan to‘g‘ridir. 
Iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan 
bog‘langan, ammo hozirgi paytda qo‘l yozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina tahlil 
qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi 
bilan bog‘lanadi. 
Dastlabki iqtisodiy fikrlar quldorlik davridan e’tiboran yozuv paydo bo‘lishi 
bilanoq qadimgi dunyoda vujudga keladi. Miloddan 4 ming yil avval o‘sha davrning 
madaniyat o‘chog‘i hisoblangan Mesopotamiya va Misrda ilk yozuv kashf qilinadi. 
Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro‘y berdi, metall qurollar 
ishlatila boshlandi, qishloq xo‘jaligida intensiv, ko‘p hollarda sug‘orma 
dehqonchilikka o‘tildi. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, 
ko‘pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki 
bo‘ldi. 
Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Vaviloniya bo‘lgan. 
Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. 
Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko‘proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning 
ba’zilari sudxo‘rlar to‘riga ilinib, xonavayron bo‘ldi va qullarga aylandi. Jamiyatdagi 


 

erkin kishilarni sudxo‘rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya 
qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, 
huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurati kuchaydi. Chunki 
erkin fuqarodan soliq to‘lash, sipohlikka olishda foydalanish mumkinedi. Qulllarning 
bunga haqlari yo‘q edi. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazaridan Eshnunn 
podshohi qonunlari (m.o. XX asr) va Hammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr) ancha 
diqqatga sazovor. 
Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o‘rnatishdan 
boshlanadi. Bunda arpa, yog‘, teri, tuz, miss va boshqa mahsulotlarning kumushdagi 
narxi o‘rnatildi. Qat’iy narxning o‘rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara 
haqi darajasini, jarima miqdorini, foiz normasini aniqlash imkonini berdi. Podsho 
qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. 
Qadimgi Vaviloniyada (Bobilda) Hammurapi (m.o. 1792-1750y., 18 asr) 
podsholik qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to‘plami (jami 282ta) ancha obro‘ 
qozongan. Bu to‘plam Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey – Luvrda 
saqlanyapti. Nushasini BMT binosidagi muzeyda ham ko‘rish mumkin. Toshga o‘yib 
yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, mavjud 
davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. 
3
Qonun moddalarida Vavilon fuqarolarning mulkini himoya qilish, ijara, 
sudxo‘rlik va ishga yollash masalalari ko‘rib chiqilgan. Hammurapi qonunlarida 
fuqarolarning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. «Sipoh yoki daromad to‘lovchiga 
tegishli bo‘lgan dala, uy, bog‘, - deyiladi qonunda, - kumushga sotilishi mumkin 
emas». Sudxo‘rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33% 
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sudxo‘rlikning keng rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi 
asosiy omillaridan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining 3 yil Bilan cheklanishidir. 
( 4 yilga unga erkinlik berilishi lozim bo‘lgan). Biroq sudxo‘rlikka qarshi 
qonunchilikda izchillik bo‘lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab 
chiqarish yoki yashash vositalari Bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday 
vositasi bo‘lmagach, ozod etilgan qarzdor Yana qayta sudxo‘rga murojaat qilishga 
majbur bo‘lgan.
Qonundagi asosiy maqsad – ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mehnatsiz daromad 
topishga qarshi kurashilgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan yerga 
bo‘lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan, 
unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish