L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


  Birinchi gurux uchun tarqatma material



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

 
107 
Birinchi gurux uchun tarqatma material

XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk 
Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanishi uchun 
nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g‘oyalar A.Smit va D. Rikardo 
ta’limotlarida o‘z aksini topdi. Ular tomonidan yaratilgan ta’limot ingliz klassik 
iqtisodiyotining asosi bo‘ldi va jahon iqtisodiyoti fikriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu 
olimlar o‘zlaridan oldingi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm 
g‘oyalarini mukammal o‘rganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning 
shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Klassik maktabning shakllanishida ayniqsa 
sanoat inqilobi katta rol o‘ynadi.
R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga ko‘ra, shu davrda bozor jamiyati 
vujudga keldi. Bu tizimda kapital bozori paydo bo‘ldi va ishlab chiqarishda doimo 
boylik oqimi, ya’ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari tomonidan tashkil 
etiladigan jamg‘arma va investitsiyalar oqimi vujudga keladi, qarz oluvchilar bu 
boyliklardan foydalanganliklari uchun foiz to‘laydilar. 
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mehnat sarflari, yer va 
kapitallar ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Kapitalizmgacha ishlab chiqarish 
omillari umuman bo‘lmagan, degan xulosa chiqariladi. Albatta inson mehnati, tabiiy
resurslar, shuningdek yer va ishlovchilar san’ati doim bo‘lgan, ammo mehnat, yer va 
kapital tovar emas edi. qanday qilib, haq to‘lanmaydigan mehnat, renta puli 
keltirilmaydigan yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish omiliga aylanib qoldi? Bu 
kapitalistik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan bog‘liq. O‘z yerlaridan mahrum 
bo‘lgan ijarachilar shaharlarga ketishga va u yerda o‘z ishchi kuchini ishlab chiqarish 
faktori sifatida sotishga majbur edilar. Bozor jamiyati uchun hayotiy zarur bo‘lgan 
ishlab chiqarish omillari tarixiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda mehnat 
tovarga aylandi, yer ko‘chmas mulk bo‘lib qoldi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy 
erkinligi ba’zilar uchun yutuq, ko‘pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. 
Bozor tizimi bir tomondan ishonchsizlik, azob-uqubat sababi bo‘lsa, shu vaqtning 
o‘zida taraqqiyot, imkoni va yutuqlari manbai hamdir. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida «texnik yo‘nalishda» gi ishbilarmonlar guruhi 
iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi. 
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoat, xususan, to‘qimachilik sohasida 
boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi, J.Key to‘qimachilik 
mokkisini, 1733 yilda J.Hargrivs o‘z qizining nomi bilan atalgan «Jenni» mexanik 
to‘quv dastgohini kashf etdi, sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga keskin 
o‘zgarishlarga olib keldi.1701-1802 yillar oralig‘ida to‘qimachilik rivoji tufayli 
Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o‘sdi. 
1788-1838 yillarda cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha 
oshdi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish