L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material.
Antik dunyo mamlakatlarida 
quldorlik klassik shaklda rivoj topdi. Qadimgi Gresiyada ijtimoiy – iqtisodiy xayotni 
hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspulatatsiya qilishni 
asosiy shakliga aylangan edi. Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar Gomerning «Iliada» va 
«Odisseya» poemlarida aks ettirilgan bo‘lib, natural xo‘jalik g‘oyasi ilgari surilgan.
Iqtisodiyotni shuningdek, qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy g‘oyalarning yirik 
vakillari sifatida Ksenofont, Platon, Aristotel va boshqalarni ko‘rsatsa bo‘ladi. 
Ksenofontning «Ekonomiya» degan asari bo‘lgan («oykos»-uy, xo‘jalik va «nomos» 
- qonun, qoida) va unda xo‘jalik yuritish haqida o‘z fikr mulohazasini yoritgan. 
Kesenofont quldorlar mafkurasining ximoyachisi sifatida qulchilikni tabiiy, ob’ektiv 
jarayon deb hisoblaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo‘jalikni ulug‘laydi. U 
ayniqsa qishloq xo‘jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbai deb bilgan. Dehqonchilik 
tufayli kishilar o‘zlariga xayot uchun kerakli hamma narsalarni oladilar. Dalada 
ishlash sog‘liq uchun ham foydali, ham iqtisodiy naf keltiradi deb yozadi. Platon
«Davlat», «Qonunlar» degan kitoblar yozgan va unda ideal davlat qanday bo‘lishi 
kerakligi haqida fikr yuritadi. Aholini toifalarga bo‘ladi: mexnat taqsimoti, tovar, pul, 
savdogarlikning ajralib chiqishi haqida yozgan. Aristotel Qadimgi Gresiyadagi 
qullarning eng yirik mafkurachisi edi. Olimning iqtisodiy g‘oyalari «Siyosati» 
kitobida mavjuddir. U haqiqiy boylik deb tabiatni tan olgan, uni iste’mol qymati 
yig‘indisi deb bilgan. Aristotel birinchi marta almashuv qiymatini taxlil qilgan va 
qiymatni mehnat nazariyasi asosini yaratgan. 
Beshinchi gurux uchun tarqatma material.
Qadimgi Rim (hozirgi Italiya) 
quldorlik munosabatlarini o‘zida yaqqol ifoda etgan davlat edi. Boshqa yerlarni bosib 
olishlar hisobiga u yirik imperiyaga aylanda. Bosib olingan yerlarda ko‘plab xalqlar 
qullikka mahkum qilindi. Rimda quldorlik munosabatlarining keskin tus olishi qullar 
bilan quldorlar o‘rtasidagi munosabatni keskinlashtirdi. Qullarning moddiy 
manfaatdorligi juda kam bo‘lganidan mehnat unumdorligi juda past bo‘ldi. Shuning 
uchun qullarni ma’lum miqdorda yerga berkitish va manfaatdorligini oshirish 
maqsadida kolonatlik tashkil qilindi. Bu iqtisodiy g‘oyalarda o‘z aksini topdi. 
Jumladan, Katon Starshiy «Dehqonchilik» asarida qulchilikka asoslangan xo‘jalikdan 
natural xo‘jalikni afzal deb yozadi. Qulni yoshligida sotib olish kerak, uni tarbiyalash 
kerak, shunda u quldorga mehrli bo‘ladi deb yozadi. Qulga intizom berilishi, gunohi 
uchun jazolanishi, ishiga qarab boqish, kiyintirish kerak deydi. 
Miloddan avvalgi 2 asrda Rimda dehqonlar qo‘lidagi yerlar tortib olinib, yirik 
latifundiyalar vujudga kela boshladi, Erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya 
soldatlari yersizlandi. Bu holat yirik yer egalari – patritsiylar va dehqon – plebeylar 
o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, ohir-oqibatda aka-uka Tiberiy (m.o. 163-
132y.) va Gay (m.o. 153-121y.) Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo‘ldi. Ular 


 
90 
yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya 
qildilar. Bir davrning o‘zida Rimda bir qancha taniqli olimlar va yozuvchilar o‘z 
faoliyatlarini namoyon qilingan bo‘lib, ular qatorida atoqli Rim adibi va olim Mark 
Varron (m.o. 116-27y.) va Rim yozuvchisi Yuniy Kolumella (m. 1asr) xalq 
xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladilar. Mark Varron 
«Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining iqtisodiy qarashlarini bayon 
etdiUchorvachilikni bozor sharoitida eng foydali tarmoq deb hisoblagan. Bunga 
sabab o‘sha davrda Italiyada don ancha arzon bo‘lib, chorvachilik ancha daromadli 
soha hisoblangan. U qishloq xo‘jaligining itqtisodiyotdagi o‘rnini yaxshi 
tushunmagan. 
Jumladan, Yuniy Kolumella «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida qullar 
yerni yaxshi ishlatmaganligi sababli, yerdan yuqori hosil olish qiyinlashmoqda degan 
fikrga keladi. Shuning uchun u qullar mehnatidan ko‘ra erkin mayda ishlab 
chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab beradi. Hosildorligi past bo‘lgan 
yerlarni u erkin kolonlarga bo‘lib berishni, mayda tovar ishlab chiqarishga o‘tish 
zarurligini tavsiya etadi.
Mark Sitseron (m.o. 106-43y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U 
yuqorida aytilgan olimlardan farqli ravishda yirik savdoni qo‘llab-quvvatlaydi, 
mayda savdoni esa mensimadi. Sitseronning sudxo‘rlikka bo‘lgan munosabati 
ziddiyatli bo‘lgan. Bir asarida sudxo‘rlikni ma’qullasa, ikkinchi bir asarida uni 
qoralaydi. Shu Bilan birga u xususiy mulkchilikni, ekspluatatsiyani kuchaytirishni 
tarafdori bo‘lgan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda dehqonchilikning ahamiyati 
katta deb tushungan.
Shunday qilib, Rim (hozirgi Italiya)da quldorlik munosabatlari yuksaldi, lekin 
tanazzulga ham uchray boshladi.Osiyoda feodalizm munosabat o‘zgardi. Erkin 
sohibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo 
sudxo‘rlik jamiyati qo‘llangan (sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, 
islohotlar (Grakxlar) yo‘li boshlandi. 
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda 
qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan. Undan tashqari Rimning iqtisodiy g‘oyalari 
Varron, Kolummela, Sitseron va boshqalarning asarida ham ko‘rsatilgan. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish