L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va 
foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni. 
1.Iqtisodiy ta’limotlar so‘zini eshitganingizda fikringizga qanday g‘oyalar, 
ta’limotlar va konsepsiyalar keladi

Ushbu savolni yoritib berishda
 
biz «Aqliy 
xujum» texnologiyasini qo‘llaymiz. Talabalar Fan to‘g‘risida fikriga kelgan so‘zlarni 
navbat bilan aytadilar. Talabalar tomonidan beriladigan fikrlarning hammasini 
inobatga olinadi. Yetarlicha fikr yig‘ilgandan keyin o‘qituvchi tomonidan bu fikrlar 
umumlashtriladi. Texnologiyaning muhim tomoni talabalar erkin fikrlaydilar
ularning fikrlari tanqid qilinmaydi, nazardan chetda qoldirilmaydi, ularda fikrini 
bayon etishga ishonch paydo bo‘ladi. 
2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va bo‘lajak 
iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashdagi ahamiyati to‘g‘risidagi savolni yoritish 3x4 
pedagogik texnologiyasi foydalaniladi. Bunda gurux talabalar soniga qarab 3tadan 
4ta kichik guruxga yoki 4tadan kichik guruxlarga bo‘linadi. Birinchi gurux fanning 
predmeti, ikkinchi gurux fanning maqsadi, vazifalari uchinchi gurux fanning 
ahamiyati to‘g‘risida o‘z guruxlarida fikr to‘plab kichik guruxning bir a’zosi bu 
fikrlarni bayon etishi mumkin. Boshqa guruxlar muaamo yuzasidan savollar va 
to‘ldirishlari berishlari mumkin. 
3. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishda tarixiy davrlar, maktablar va 
yo‘nalishlardan foydalanish. Kichik guruxlarda ishlash uchun gurux teng sonli 
talabalardan iborat kichik guruxlarga bo‘linadi va ularga savol yuzasidan tarqatma 
materiallar beriladi. Tarqatma materiallar bilan tanishib chiqqan kichik gurux 
a’zolaridan guruxning lideri chiqib muaamoni yoritib beradi.
Birinchi gurux uchun tarqatma material. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy 
fanlar tizimida muhim o‘rin egallab uzoq o‘tmishga ega. Insoniyat o‘zining ko‘p 
ming yillik tarixiy taraqqiyoti jarayonida u yoki bu mamlakatdagi olim yoki rahbarlar 
tomonidan iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariyalar ilgari surilganki, ularni 
amalga oshirish natijasida butun bir davlat va xalqlar rivojlangan, ravnoq topgan va 
aksincha rivojlanishi orqaga ketgan. Iqtisodiy g‘oyalarni har tomonlama chuqur 
o‘rganish, taxlil etish, nixoyatda amaliy va nazariy jixatdan katta ahamiyatga ega. 
Chunki unda ko‘p ming yillik tajriba mujassamlashgandir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi 
fanida u yoki bu sinflar, iqtisodiy qatlamlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy 
g‘oyalarni vujudga kelishi, rivojlanishi, kurashi va almashinuvining tarixiy jarayonini 
ko‘ramiz.Bu fan iqtisodiyot nazariyasi, ekonomiks va boshqa fanlar bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘diradi, rivojlantiradi.Iqtisodiy ta’limotlar 


 
84 
tarixi fanini predmeti u yoki bu sinflar, iqtisodiy qatlamlarning manfaatlarini ifoda 
etuvchi iqtisodiy g‘oyalarni vujudga kelishi, rivojlanishi, kurashi va almashinuvining 
tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani siyosiy iqtisodning 
tarixiga o‘xshab ketsa ham undan ancha keng hisoblanadi. Chunki siyosiy iqtisod fani 
kapitalistik ishlab chiqarish usulining paydo bo‘lishi davrida vujudga keladi va shu 
sistemani iqtisodiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi. Iqtisodiy 
ta’limotlar tarixi esa undan ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga 
ega. Bu fan asoslarini o‘rganish natijasida xalq xo‘jaligi tarixi, iqtisodiyot nazariyasi 
fanlari va boshqa iqtisodiy fanlar konsepsiyalarini o‘zlashtirish ancha osonlashadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani tarix fani bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, bizga 
yangilik tuyulayotgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar bundan 200 yil ilgari 
mavjud bo‘lgan va asosan taxlil qilib berilgan. Ularni o‘rganish va konkretlashtirish 
iqtisodiyot fanini boyitadi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish