131
talabalardan iborat kichik guruxlarga bo‘linadi. va ularga savol yuzasidan tarqatma
materiallar beriladi.
Birinchi gurux uchun tarqatma material
. Keynsning iqtisodiy qarashlari
J.M.Keyns (1884-1946) "kapitplizmni tartibga solish"ga oid g‘oya tadqiqotchilaridan
biri bo‘lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga
faol aralashuvi
tarafdoridir. U qiymatning mehnat nazariyasini, qo‘shimcha qiymatni inkor etadi.
Ularni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. A.
Marshallning,
Kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh asari « Ish bilan bandlik,
foiz va
pulning umumiy nazariyasi»(1936)dir (qisqacha «Umumiy nazariya» deb ataladi).
Keyns ta’limotining xususiyatlari:
1. Bozor munosabatlarining mavjud tizimi o‘z-o‘zini avtomatik tarzda tartibga
sola olmasligi asos qilinib olinganligi.
2. Iqtisodiyotning o‘sishi va eng yuqori ish bilan bandlikni ta’minlash
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligi(«aralash iqtisodiyot» otasi).
3. Iqtisodiy hodisalar tahlilini makroiqtisodiy jihatdan (xususiy milliy daromad
va jamg‘arish o‘rtasida bog‘liqlik va nisbatlarni) tadqiq etish zarurligi.
4. Bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Bandlik ortishi tufayli,
milliy
daromad, ayni paytda istemol ham ortadi, ammo
daromad istemolga nisbatan
sekinroq ortadi, odatda insonlarning psixologik «qonuni»dan kelib chiqib,
ularda
jamg‘arishga moillik kuchayadi. Investitsiyaga imkon tug‘iladi va yangi korxona,ish
joylari paydo bo‘ladi,bu esa iqtisodiyotni yanada rivojlantiradi. Oqibatda "samarali
talab" kamayadi. Bu ishlab chiqarish hajmiga va bandlikka ta’sir etadi.
5. Foiz pul qarzi (kredit)uchun beriladigan qonuniy haq deb hisoblanadi.
Foizning miqdori "likvidlik afzalligi" (likvidlik - pulga tez aylana olish, qadrlilik)ga
to‘g‘ri va muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. Investitsiyalarning
umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Yangi
investitsiyalar tufayli bandlikning o‘suvchi qo‘shimcha bandlikni vujudga keltiradi.
qo‘shimcha bandlikning o‘sish koeffitsiyenti multiplikator deb ataladi. U bir
tomondan investitsiya o‘sishini, ikkinchi tomondan
bandlik va daromadlarning
o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Multiplikator qo‘yilgan investitsiya qancha
foyda berish koeffitsiyentidir. O‘sha davrdagi AQSH multiplikatori 2,5ga teng
bo‘lgan, ya’ni 1dollar investitsiya 2,5dollar foyda keltirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: