17
Yevropadagi ko‘pchilik mamlakatlar qulay savdo balansiga erishish uchun o‘zga
mamlakatlarni bosib olib, ular mustamlakalarni arzon ishchi kuchi va xom ashyo
manbai hamda tayyor tovarlarni sotish uchun bozor deb hisoblar edilar. Masalan
Angliyada Amerikadagi o‘z koloniyalarida
Navigatsiya to‘g‘risida qonun
qabul
qilingan edi. Bu qonun koloniyalarga qalpoq, jundan to‘qilgan buyumlar, toblangan
temir kabi tovarlar ishlab chiqarishni taqiqlab, Britaniya sanoatini himoya qilar edi.
Qonunda Angliya xukumatidan boshqa birorta mamlakatga sotilishi mumkin
bo‘lmagan «alohida tovarlar» (asosan xom ashyo) ro‘yxati bor edi
Merkantilizmning predmeti va uslubi.
Merkantilizmning predmetida - ishlab chiqarishdan ajralgan holda muomila
sohasini tahlil qildilar. Tadqiqot usuli sifatida iqtisodiy xodisalarning tashqi holatini
ifoda etuvchi va iqtisodiyotni sistemali tahlil etishni inkor etuvchi, nazariyadan ko‘ra
Amaliy faoliyatga moyil bo‘lgan -
empirizm usulidan foydalandilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash prinsiplari qo‘yidagilardan iborat:
Har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash;
Mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi
savdoni tartiblash;
Arzon xom ashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni rag‘batlantirish;
Import tovarlarga proteksionistik tariflarni belgilash; Bu siyosatni ayniqsa
Angliya keng qo‘llagan (1/120, jumladan Ost-Indiya, Afrika).
Tayyor mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish;
Pulning paydo bo‘lishini su’niy ixtirosi natijasi deb hisoblab, pulning o‘zini
boylik bildan bir narsa deb qaradilar;
Ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o‘sishi.
(«qashshoqlik va muhtojlik xalqni shunchalik aqlli va mehnatsevar qiladi», deydi
T.Mann)
Demak, merkantilizmning asosiy doktrinasi aktiv savdo balansini yurgizishdan
iborat edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam
tayyor tovar olishga urinilgan. Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining
hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan.
Merkantilizm rivojida 2 davrni ajratish mumkin:
1.
Ilk merkantilizm yoki monetarizm (15-16-asr o‘rtalari).
2.
Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura) (16-18-asr
o‘rtalari).
(Iqtisodiyot tarixida sanoatning 3 xil shaklini ajratish mumkin: uy
hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar,
tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila
bilan birga qiladi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi
chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi paydo bo‘ladi (15 asr)).
Do'stlaringiz bilan baham: