UDK: 372.851(072)
BBK: 74.262.21
Ten, L.N.
Matematika darslari.
6-sinf (Text):
o‘qituvchilar uchun
meto dik qo‘llanma/ L.N.Ten, R.N.G‘anixo‘jayev, A.A.Akmalov;
T.: Tafakkur
, 2012. – 224 b.
I.
G‘anixo‘jayev R.V II.
Akmalov, A.A.
ISBN 978-9943-24-072-8
T-85
T-85
Metodik qo‘llanma Respublika Ta’lim Markazi
huzuridagi Matematika fani bo‘yicha ilmiy metodik
kengashning 20 -yil -apreldagi yig‘ilish qarori bilan
nashrga tavsiya etilgan
© «TAFAKKUR», 2012
UDK: 372.851(072)
BBK: 74.262.21
ISBN 978-9943-24-072-8
Kitobxon.Com
3
SO‘ZBOSHI
Ushbu uslubiy qo‘llanma umumta’lim
maktablarining matematika
o‘qituv
chilariga mo‘ljallangan bo‘lib u mukammllashtirilgan Davlat
ta’lim standarti va mate matikadan muvo
fi
qlashtirilgan o‘quv dasturlariga
moslashtirib yozilgan.
Kitob 6 bobdan iborat. I-bob matematika o‘qituvchilarining o‘quv
-me’yoriy hujatlarini yori tishga bag‘ishlangan. Unda Davlat ta’lim stan-
dartining 6-sin
fl
ar bo‘yicha
matnlariga izohlar, taqvimiy-mavzuiy rejalari
keltirilgan.
Shu bilan birga darslarning tahlili va muhokamasi bo‘yicha tavsiya-
lar hamda umum o‘quv mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni-
nning tahlili keltirilgan.
Qo‘llanmaning II bobi axborot-kommunikatsiya texnologogiyalari-
dan matematika darslarida foydalanish usullariga bag‘ishlangan.
Elektron
darsliklar, kompyuterlar va interfaol darslardan foydalanishga alohida
et’ibor berilgan.
III-bob darslarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muammo-
lariga bag‘ishlangan. Bu bobga darslarni an’anaviy va noan’anaviy usul-
lardan bir nechtasiga to‘la xarakteristika berilgan bo‘lib, «aqliy hujum»,
kichik guruhlarga bo‘lish, o‘yin tariqasida dars o‘tish, tadqiqot sifatida
dars o‘tish
usullari atro
fl
icha tahlil qilingan. Bundan tashqari yangi peda-
gogik texnologiyalarni an’anaviy usullar bilan uyg‘unlashtirilganiga ham
e’tibor berilgan.
IV-bobda o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini DTSga
moslashtirilgan holda tekshirish va baholash muammolari o‘rganilgan.
Qo‘llanmada o‘quv jarayonining samarasi o‘qituvchining o‘quvchilar
o‘zlashtirishini tez-tez nazorat qilishi va o‘quvchilar bilan faol ravishda
savol-javoblar olib borishiga bevosita bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Mualli
fl
ar
nazorat qilish va baholashning
turli usullariga test, og‘zaki so‘rov, yozma
ishlar, uy vazifalari va hokazolarda to‘la xarakteristika berishga harakat
qilishgan.
V-bobda mualli
fl
ar 50 dan ortiq darslarning turli mavzular bo‘yicha
matnlari keltirishgan. Har
bir matnda darsning maqsadi, turi, qo‘rgazma
qurollari, texnik vositalari, darsning bosqichlari ko‘rsatilgan bo‘lib, darsda
ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
VI-bob fanga oid qiziqarli qo‘shimcha materiallarga bag‘ishlangan
bo‘ lib, unda qobiliyatli o‘quvchilar bilan ishlash uchun qiziqarli material-
lar, qo‘shimcha masalalar keltirilgan.
Yig‘ilgan materiallar yosh o‘qituvchiga ham, tajribali o‘qituvchiga
ham uslubiy yordam bo‘ladi deb umid qilamiz. Qo‘llanmani
mumkin qadar
sodda va ravon tilda bayon qilishga harakat qildik. Kitobxon qo‘llanmadan
o‘ziga kerakli bo‘lgan barcha savollarga javob topa olishiga umid qilamiz.
Kitobxon.Com