Hasharotlar turkumi.
1.Eng qadimgi hashorotlar turkumi?------Ninachilar.
2.Ninachilarning lichinkasi nima b-n oziqlanadi?-------Chivinlar,kunliklar.
3.Moviy ninachi qayerlarda uchraydi?------Vohalardagi suv havzalarida.
4.Tog’li hududlarda qaysi ninachi uchraydi?------Halqali ninachi.
5.Oqmaydigan suv havzalarida qaysi ninachi uchraydi?------Suluv ninachi.
6.To’g’ri qanotlilarning qanotlari qanday tuzilgan?------Oldingi qanotlari uzun,orqa qanotlari yelpig’ichga o’xshash.
7.To’g’ri qanotlilarning oyoqlari qanday tipda tuzilgan?------Sakrovchi.
8.To’g’ri qanotlilar tuxumlarini qayerga qo’yadi?-----Maxsus ko’zachalarga.
9.To’g’ri qanotlilarga qaysi hashorotlar kiradi?------Chigirtka,temirchak,chirildoq.
10.To’g’ri qanotlilarning ko’pchilik turlarida qanday sezgi orgni rivojlangan?------Ovoz chiqarish va eshitish.
11.Qandalalarning qanotlari qanday tuzilgan?-------Oldingi qismi qalinlashgan,keyingi qismi yupqa va shaffof.
12.Hasva qandalasi qayerlarda keng tarqalgan?------Cho’l va dashtlarda.
13.Hasva qandalasi nimalar b-n oziqlanadi?-------Donli ekinlar doni va bargini so’rib.
14.To’shak qandalasi nimalarning qonini so’radi?------Odam va hayvonlarning.
15.To’shak qandalasi u-n xos belgilar?-------Qanotlari bo’lmaydi,tanasi mayda sezgir tukchalar b-n qoplangan,hidni juda yaxshi sezadi.
16.Ninachilarning lichinkalari qayerda rivojlanadi?------Suvda.
17.Yer yuzida kapalaklarning nechta turi bor?------150000
18.0’rta Osiyoda kapalaklarning nechta turi uchraydi?-----1000 ga yaqin.
19.Kapalaklarning qanotlari nimalar b-n qoplangan?------Tangachalar.
20.Kapalaklarning xartumi nimadan hosil bo’lgan?------Pastki lab va pastki jag’dan.
21.Kapalak qurtining oyoqlari qanday tuzilgan?------Ko’krak bo’limida uch juft haqiqiy oyoqlari va qorin bo’limida besht juft soxta oyoqlari.
22.Karam kapalagi qaysi o’simliklar bargi b-n oziqlanadi?------Karam,turp,sholg’om,achambiti.
23.Karam kapalagining qurtlari qayerda g’umbakka aylanadi?------Daraxt yoki devorlarda.
24.Eng qadimgi xonakilashtirilgan hashorot?----Tut ipak qurt.
25.Tut ipak qurti qancha yil ilgari xonakilashtirilgan?------5000
26.Hozirda tut ipak qurti qayerlarda boqilmoqda?------Xitoy,Yaponiya,Braziliya,O’rta Osiyo,Janubiy Yevropa,Kavkazda.
27.Ipak qurtining kapalagining uzunligi va rangi?----4-6 sm ,iqish.
28.Ipak qurtining erkak kapalagi qanday tuzilgan?-----Nisbatan xipcharoq,mo’ylovlari katta va uzun.
29.Ipak qurtining qaysi a’zosi kuchli rivojlangan?-----So’lak bezlari.
30.Ipak qurti qancha ip hosil qiladi?-------1000-1500 m
31.Nima uchun tut ipak qurti deb ataladi?-----Tut bargi b-n oziqlanganligi u-n.
32.Ipak qurtining qurtlik davri necha kun davom etadi?------20-24 kun.
33.Ipak qurti …..tullab,….yoshga o’tadi?------ 4, 5
34.Besh yoshli ipak qurtining uzunligi?-----8-9 sm
35.Pilla ichidagi g’umbak nima ta’sirida o’ldiriladi?----Bug’ yoki issiq suv.
36.1 kg pilladan qancha ip olinadi?-----90 gr.
37.Ipakchilik insitutida qanday ishlar olib borilmoqda?------Ipak qurtining oq pilla beradigan zoti va tut daraxtining to’yimli barg beradigan navi.
38.Pardaqanotlilar turkumiga qaysi hashorotlar kiradi?-----Asalar,yaydoqchi,chumoli,qovoqari.
39.Asalarilar oilasi…..bo’ladi?-----10000-50000 ishchi arilar,bitta ona ari,bir nechta erkak arilar.
40.Asalarilar nimalarda boqiladi?-----Yog’ochdan yasalgan maxsus qutilarda.
41.Erkak asalarilarda qaysi a’zolari kuchli rivojlangan?-----Mo’ylovlari va ko’zlari.
42.Erkak asalarilarda nimasi bo’lmaydi?-----Nashtari.
43.Ishchi arilar….?-----Voyaga yetmagan urg’ochilar.
44.Asalarilarning ko’zlari qanday tuzilgan?------Boshining yon tomonida ikkita murakkab ko’zlari,ularning orasida uchta oddiy ko’zlar.
45.Asalarilar qaysi rangni ajtrata olmaydi?----Qizil.
46.Asalarilarning og’iz organi qanday tipda tuzilgan?------Kemiruvchi-so’ruvchi.
47.Ishchi arilar qanday vazifalarni bajaradi?------Uyani tozalash,qo’riqlash,ona va erkak arilarni,hamda qurtlarini oziqlantirish,gul change va nektarni yig’ish.
48.Asalarilarda qachon g’ujlanish kuzatiladi?-----Iyun oyida.
49.Asalarilarning urug’lanmagan tuxumlaridan…….rivojlanadi?-----Erkak arilar.
50.Urug’langan tuxumlaridan …..rivojlanadi?-----Ishchi arilar.
51.Asalari zaharidan tibbiyotda nima olinadi?-----Dorivor moddalar.
52.Asalari mumi qayerda ishlatiladi?------Texnikada.
53.Uy pashshasining yalovchi xartumchasi nimadan hosil bo’lgan?----Pastki labining uchi qalinlashidan.
54.Uy pashshasi oziq ta’mini nima yordamida sezadi?------Oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchaklar yordamida.
55.Uy pashshasining qurtlari qayerda rivojlanadi?------Axlatxona,xojatxona,hayvonlar go’ngida.
56.Uy pashshasining qurti qanday tuzilgan?---------Boshi va oyog’i bo’lmaydi,tanasi tukchalar b-n qplangan.
57.Uy pashshasining qurtlari qayerda gumbakka aylanadi?------Nam tuproqda.
58.Uy pashshasi har …..kunda ….. ta tuxum qo’yadi?------2-4 ,100-150
59.Uy pashshasi bir mavsumda nechta avlodi rivojlanadi?------8-10
60.Uy pashshasining avlodi bir mavsumda qanchaga yetadi?-----5.000000000
61.Uy pashshalari qanday kasalliklarni tarqatadi?------Ichburug,qorin tifi,vabo,sil,bo’g’ma
62.Chivinlar nimalarni qonini so’radi?------Odam va hayvonlar.
63.Erkak chivinlar niimalar b-n oziqlanadi?------Gul nektari.
64.Chivinlar qaysi kasalliklarni tarqatadi?------Bezgak.
65.Chivinlarning qurtlari qayerda rivojlanadi?-----Hovuz va ko’llarda.
66.Iskaptoparlar qaysi hayvonlar inida yashaydi?-------Kemiruvchilar.
67.Iskaptoparlar qaysi kasaliklarni qo’zg’atadi?------Leshmaniyoz.
68.Bo’ka qurtlari nimalarda parazitlik qiladi?-----Qoramol terisida,otlar oshqozonida,qo’ylar burun bo’shlig’ida.
69.Hashorotlar qaysi hayvonlarning asosiy oizig’ hisoblanadi?-------Qaldirg’och,qizilishton,chitttak,tipratikan,ko’rshapalak,suvda hamda quruqlikda yashovchilar,sutemizuvchilar.
70.Qaysi o’simlik oilalari hashorotlar yordamida changlanadi?------Burchoqdosh,qoqio’tdosh,gulxayridosh,ra’nodosh,piyozdosh,loladosh va poliz ekinlari.
71.Tukli arilar yordamida qaysi o’simliklar changlanadi?-----Beda va sebarga.
72.Grechixa,kungaboqar va anjirlar qaysi hashorotlar yordamida changlanadi?-----Yovvoyi arilar.
73.Zarakunanda hashorotlarning qancha turi bor.?------700
74.Donli ekinlar zararkunandalari?-----Osiyo chigirkasi va xasva qandalasi.
75.Koloroda qo’ng’iz qaysi o’simlikda parazitlik qiladdi?----Kartoshka.
76.Koloroda qo’ng’izining g’umbagi qayerda rivojlanadi?-----Tuproqda.
77.Olma mevaxo’rining g’umbagi qayerda rivojlanadi?-------Daraxt po’sltog’ida.
78.Burga hashorotining qurti qanday tuzilgan?-----Tanasi bo’g’imlarga bo’lingan va tukchalar b-n qoplangan.
79.Zararkunanda hashorotlarga qarshi kurashishda qaysi yaydoqchilardan foydalaniladi?------Trixogramma,gabrabrakon,inkarziya pashshasi.
80.Bo’g’imoyoqlilarning qadimgi ajdodi?-------Halqali chivalchanglar.
81.Halqali chuvalchanglar b-n bo’g’imoyoqlilar o’rtasidagi oraliq forma?------Trilobitsimonlar.
82.Ttilobitsimonlardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan?------Qisqichbaqasimonlar va o’rgimchaklar.
83.Hashorotlar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?------Qisqichbaqasimonlardan.
84.Bo’g’imoyoqlilarning qancha turi bor?-----1,5 mln.
Do'stlaringiz bilan baham: |