3-mavzu. Sivilizatsiyalar: Sivilizatsiya haqida tushuncha va uning tuzilishi
3 mashg’ulot
L.M. Diyakonovning sivilizatsiya dinamikasi tuzilishi haqidagi fıkrlari.
Sivilizatsiyalar piramidasi.
1.Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash
Bilan bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik
Davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya
Haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi
Davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan
Solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan
Belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi
Qo’yganlar.
Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis – fuqarolikka, davlatga, shaharga
Taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U
“silvaticus”, ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga
Qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat”
Tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab
Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan,
Ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan,
Nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut
Mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar
“sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini,
“madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini
Tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler
“Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya
Tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha,
Sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa
Madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya
Deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan
Keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya – tarixiy jarayon,
Ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga
Olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash 6
Imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va
Uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi
Tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan
Ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy
Hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg’u beriladiki, bu
Umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to’laroq
Anglab etishga xizmat qiladi.
Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy
Jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-
Texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon
Tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan
Bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi –
Madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr
Sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya
Madaniyat so’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat
Ma’nosida ham qo’llaniladi.
Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya
Tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-
1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u
Shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida
Paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy
Darajasini anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u
Feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan.
A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida
“madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik,
Varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu
Davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm
(yunon. Nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik
Va sivilizatsiya.
Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya
Tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz
Faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni
Sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar.
Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va
XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan
Mustahkam o’rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari
Shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida7
Ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion
Taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi.
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda
Yagonalik va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa
To’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi
Jambatissta Viko (1668-1744) o’zining “Millatlar umumiy tabiati
Haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon tarixining
Barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi
Dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha
Xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik
(“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik
Respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari
Harakatlanadi. Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va
Parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni
Yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq darajada o’tadi.
Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida
Tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos
Bo’lgan.
1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881
yy) o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona
madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun
qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat
taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat,
ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va
moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va
yuqori bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish
kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi.
Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri
Rus tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har
Biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli
Yoki sivilizatsiyalar “asosi” – diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
Asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar
(sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy
Tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz
Kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va
Halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.
Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy)
Ning fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining
Muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr 8
Tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga
Ziddir.
O.Shpengler “Yevropa quyoshning so’nishi” asarida G’arbiy
Yevropa tarixiga xos evropotsentrizm, panlogizm, istorizm, to’g’ri
Chiziqli progressizm printsiplarini tanqid qildi va madaniy –
Tarixiy jarayonning aylanma harakati nazariyasini yaratdi. Bu nazariya
Sivilizatsiyaning tsiklli rivojlanishi, ya’ni takrorlanib turishi
Haqidagi konsepsiyaga olib keldi.
Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik
Sxemasiga tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat:
Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va
Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko’ra, har bir
Madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil)
Mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga aylanadi va
Halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va
Tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi.
Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975)
Sivilizatsiyani yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n
Ikki tomlik “Tarixni anglash” asarida keltirgan o’zaro o’rin
Almashuvchi lokal sivilizatsiyalar konsepsiyasida sivilizatsion
Taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va
Javob nazariyasini ilgari surdi.
Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o’zagi va
Tayanchidir. Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u
Yoki bu jahon dinlarini asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon
Sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi va hokazo.
U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy
Jarayonning to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga
Qarshi chiqdi va sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik rivojlanishini
Ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy, Shumer, Mayya, Hind, Ellin, G’arb,
Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr,
Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalarni tadqiq etish
Natijasida “...tabiiy muhitdagi va odamlar tegrasidagi yashash
Sharoitlarining og’irligi sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab
Bo’ladi”, - degan xulosaga keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga
“evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar” sifatida yondashib, har bir
Sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish,
Rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy
9
Bosqichlardan o’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo’ladi va uning
O’rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.
Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 yy.) o’zining “Tarix
Manbalari va uning maqsadi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning
Bosqichma-bosqich rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha
Bo’lgan davr, qadimgi davr madaniyati, vaqt o’qi (jahon tarixining
Boshlanishi), texnik davr (yagona jahon tarixiga o’tish). Uning fikricha
Tarixning mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan
E’tiqod bilan belgilanadi. Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini bir-
Biridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi. Insoniyatga bunday e’tiqodni
Biron-bir jahon dini yoki milliy din taklif qilolmaydi
Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968) insoniyat madaniyatining
Butunjahon-tarixiy taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu taraqqiyotni
Markaziy mazmunga yoki mentallikka ega ulkan madaniy supertizimlar
Doirasida ko’rib chiqdi. Bu madaniy supertizimlar yoki sivilizatsiyalar
Insonlarning hayoti va hulqini, ko’pgina tarixiy jarayonlar va
An’analarni belgilaydi. Tarixning har qanday davrida, Sorokinning
Fikricha, beshta asosiy madaniy tizimlar mavjud: til, ahloq, din, fan,
San’at. U sivilizatsiyalarni moddiy madaniyat hech bir tizimsiz ravishda
Namoyishga qo’yilgan ulkan muzeylar sifatida talqin qiladi. Sorokin
Sivilizatsiyalar tabiatining yaxlitligi g’oyasiga tanqidiy yondashib,
Uning tarkibiy qismlari o’zaro bog’lanmagan, deb hisoblagan.
“Iqtisodiy va ijtimoiy tarix annallari” (1929 g.) fransuz jurnali
Redaksiyasi atrofida vujudga kelgan tarixiy maktab asoschilari va
Vakillari bo’lmish fransuz tarixchilari Mark Blok (1886-1944) va
Lyusyen Fevr (1878-1956) lar jahon taraqqiyoti muammosiga o’zgacha
Yondashgan. Ularning fikricha tarixiy taraqqiyotning asosini mentalitet
Tashkil qiladi. L.Fevr birinchilardan bo’lib o’zining “Sivilizatsiya: so’z
Evolyutsiyasi va g’oyalar guruhi” asarida “sivilizatsiya” atamasining
Kelib chiqish vaqtini aniqlashga ham harakat qilgan.
O’tmish hodisalarini tushuntirishda Fernan Brodel (1902-1985)
Va bir qator boshqa fransuz tarixchilari tarixiy qonuniyatlar yoki
Tasodifiylikka birinchi darajali e’tibor qaratmasdan, birinchi o’ringa
“muhit” (tarixiy vaqt) omilini qo’yishgan. Ularni birinchi navbatda
Xalqlarning hayoti, turmushi va mentaliteti qiziqtirgan.
XX asrning ikkinchi yarmida, sovuq urush davrida va u
Tugagandan so’ng insoniyat rivojining umumiy chizmasini yaratish va
Sivilizatsion taraqqiyot jarayonining istiqbollarini ko’rsatishga urinish
Sifatida bir qancha tadqiqotlar paydo bo’ldi. Tarixiy rivojlanishining
Ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasini ilgari surgan amerikalik sotsiolog
Uolt Rostouning fikricha jamiyat taraqqiyotida texnik-iqtisodiy
Ko’rsatgichlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Industrial jamiyat
Nazariyasining yaratuvchilaridan biri bo’lgan fransuz sotsiologi R.Aron
(1905-1983) jamiyatning nomafkuraviy nazariyasini hamda texnika va
Jamiyatning o’zaro ilgari ta’siri tezisini surgan.
XX asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy-texnika taraqqiyoti
Industrial jamiyatni butunlay o’zgacha sifatlarga ega postindustrial
Jamiyatga aylanishi haqidagi g’oyalar ishlab chiqila boshlandi. Ushbu
Nazariyaning asoschilaridan biri amerikalik sotsiolog D.Bellning
Fikricha tarix jamiyatda texnika taraqqiyotining darajasiga bog’liq
Holda rivojlanadi. U jamiyat taraqqiyotining uch bosqichini ajratib
Ko’rsatadi: industriyagacha, industrial va postindustrial.
Yana bir amerikalik sotsiolog A.Toffler o’zining “Uchinchi
To’lqin” (1980) asarida birinchi to’lqin sifatida qishloq xo’jaligi
Tsivvilizatsiyasini, ikkinchi to’lqin sifatida industrial sivilizatsiyani
Ko’rsatadi. XX asr oxiridan boshlangan uchinchi to’lqinningn nomini
Olimlar turlicha nom bilan atashmoqda: kosmik yoki elektron era,
Texnotron jamiyat. Toffler informatsion jamiyat atamasini qo’llamagan
Bo’lsa-da, uning asari chop etilgach, ushbu so’z mashhur bo’lib ketdi.
Amerikalik tadqiqotchi J.Nesbitt esa o’z asarlaridan birida
Postindustrial jamiyatni informatsion jamiyat deb atadi.
Garvard universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar institutining
Direktori S.Xantington 1996 yilda chop etilgan shov-shuvli
“Sivilizatsiyalar to’qnashuvi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning
Pessimistik nazariyasini keltiradi. Ushbu asarda insoniyatning
Kelajagini sivilizatsiyalar qarama-qarshiligi belgilab beradi degan fikr
Ilgari surilgan. Xantington diniy omil asos qilib olingan quyidagi
Sivilizatsiyalar ro’yxatini keltiradi: g’arbiy, pravoslav, islom, xitoy,
Hind, afrika (so’roq ostida), Lotin Amerikasi. Bu o’rinda g’arb
Sivilizatsiyasi katolik-protestant dunyo sifatida qaralgan.
Shunday qilib, sivilizatsion taraqqiyot xususida bugungi kunda
Ham yangidan-yangi g’oyalar yaratilmoqda, yangicha modellar taklif
Etilmoqda. Bu jarayonda globallashuv ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
2.Sivilizatsiya – eng yuksak tartibdagi madaniy mushtaraklik, kishilar madaniy qiyofasining keng ko‘lamli darajasi, taraqqiyot demakdir. Olimlar fikricha insoniyat tarixida 20 dan ortiq sivilizatsiya va undan hak ko‘proq subsivilizatsiyalar o‘tgan. Ular g‘arb, sharq, islom, konfutsiylik, yapon, provoslav-slavyan, lotin Amerikasi (maya, ink, atstek) Afrika va boshqalar. Ko‘pchiligi hozirda ham yashab kelayapti. Shuningdek, Yevropa, Shimoliy Amerika, Turk, Arab singari substansiyalar ham mavjud. G‘arb va Sharq ikki supersivilizatsiya hisoblanadi. Sivilizatsiya – kishilik mushtarakligining eng yuqori cho‘qqisi ekan, bugungi kunda ham til, tarix, din, urf-odat singari umumiy mutlaqo ob’ektiv jihatlari bilan sivilizatsiyalar bir-biridan ajralib turadi.
Turli sivilizatsiyaga mansub kishilar jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarda, xalqlarning shakllanishida o‘ziga xos urf-odat, an’analarga ega bo‘lib, ular yuz yillar davomida shakllanadi. Bu tushunchalar siyosiy tartiblar, mafkuralarga qaraganda bardoshli bo‘ladi.
Insoniyat tobora ko‘proq integratsiya va assimilyatsiya jarayoniga kirishsada, ularning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti va urf-odatlarida o‘ziga xoslik uzoq saqlanib qoladi. Reyard Kipling o‘zining “Sharq va G‘arb haqida Ballada” asarida: “G‘arb – bu G‘arb, Sharq bu Sharq. Ular yeru-ko‘k hali qo‘rqinchli qiyomat kunida kunpayakun bo‘lmaguncha boshlari bir joyda qovushmaydi”, degan fikrlarni keltiradi. Bu bilan sivilizatsiyalarning siyosiy va mafkuraviy tushunchalardan bardoshli ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
Jahon sivilizatsiyalari tarixi fanining predmeti – yer yuzida insoniyat aql zakovati va qo‘li bilan yaratgan moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi va taraqqiyot darajasini o‘rganishdir. Shuningdek, insoniyat taraqqiyotiga turli tarixiy davrlarda muhim hissa qo‘shgan eng yirik mamlakatlar, davlatlar va xalqlarning o‘sha davr tarixiy taraqqiyotini tahlil qilishdir.
Jahon sivilizatsiyalari tarixi fanining metodologik asosi, jahon sivilizatsiyalarining tarixiylik, insonparvarlik, ob’ektivlik prinsiplari asosida real yoritib berish, o‘zga xalqlarning tarixi, madaniyatini va jahon xalqlari madaniyatiga qo‘shgan hissasini kamsitmaslik, tarixiy an’analarni buzmaslik, nazariyalar va g‘oyalarga to‘g‘ri baho bera olishdir.
Ushbu fan metodi – to‘plangan bilimlarni umumlashtirib, ilmiy analiz qilish, ob’ektiv tahlil asosida xolisona xulosaga kelish.
Jahon sivilizatsiyalari tarixi fanining asosiy maqsadi talabalarga dunyo sivilizatsiyalari, ularning umuminsoniy asoslari, taraqqiyot darajasi va yutuqlaridan chuqur bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, ularni vatanparvarlik, umuminsoniy g‘oyalarga sadoqat ruhida madaniyatli qilib tarbiyalashdan iborat.
Sivilizatsiya atamasi – XVIII asrda fransuz ma’rifatparvarlari tomonidan ilk bora qo‘llanila boshlangan edi. Ular dastlab sivilizatsiyaga mustaqillik, haqiqat, huquqiy tizim hukmronlik qiladigan fuqarolik jamiyati deb ta’rif berdilar. Sivilizatsiya atamasi aslida lotin tilidan olingan bo‘lib, fuqarolikka, davlatga taalluqli degan ma’noni beradi. Shuning bilan birga sivilizatsiya so‘zining yana qator ma’nolari borki, ensiklopedik lug‘atlarda quyidagi ta’riflarini uchratish mumkin:
Madaniyat so‘zining sinonimi;
Ijtimoiy taraqqiyot, moddiy va ma’naviy madaniyat darajasi bosqichi;
Ijtimoiy taraqqiyotning varvarlik (vahshiylik)dan keyingi bosqichi.
Fransuz ma’rifatparvarlari asosan sivilizatsiyani madaniyat tushunchasi bilan bog‘liq holda ko‘rdilar. XVIII-XIX asrlar davomida Yevropa umuman G‘arb olimlari sivilizatsiya atamasi xususida o‘z tadqiqotlarida ko‘proq to‘xtala bordilar. Biz Amerikalik qadimshunos L’yuis Genri Morgan (1818-1881 yy.)ning izlanishlarida sivilizatsiyani madaniy taraqqiyot sinonimi sifatida ko‘rishimiz mumkin. Uning “Qadimgi jamiyat yoki insoniyatning yovvoyilikdan, varvarlik orqali sivilizatsiya bosqichiga o‘tishi” deb nomlangan asarida barcha qadimiy xalqlar o‘z tarixi davomida yovvoyilik va varvarlik bosqichlaridan so‘ng sivilizatsiya bosqichiga o‘tadilar deb ta’kidlaydi. L.G.Morganning fikricha sivilizatsiya sinflarning, ya’ni xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan boshlangan. O.Shpengler esa sivilizatsiya atamasini salbiy ma’noda talqin etadi, sivilizatsiya madaniy-tarixiy jarayonning tugashi, uning chirishi, inqirozi deb tushungan. Maks Veber (1864-1920 yy.) fikricha G‘arbiy Yevropaning kapitalizm va insoniyat sivilizatsiyasi markaziga aylanishiga sabab xristian dinining G‘arbiy Yevropada xo‘jalik ideologiyasini yaratganligida deb qaradi. Bu fikrlarini Veber “Protestantlik etikasi va kapitalizm ruhi”, “Protestantlik sektalari va kapitalizm ruhi”, “Dunyo dinlarining xo‘jalik etikasi” kabi asarlarida asoslashga harakat qildi. Bu bilan Veber sivilizatsiyaga xo‘jalik taraqqiyoti nuqtai-nazaridan baho berdi.
Fernan Brodel (1902 y - ?) Veber fikrini rivojlantirib, “hududiy yaqin bo‘lgan jamiyatlar o‘zaro tarixiy ta’sirda rivojlanadi”, – deydi. Uning “Filip II davrida O‘rta yer dengizi va O‘rta yer dengizi dunyosi” nomli asarida sivilizatsiyalar rivojida geografik joylashuv, demografiya va aholi psixologiyasi kabi masalalarni ham unutmaslik lozim deydi. Brodel sivilizatsiyani ijtimoiy xo‘jalik taraqqiyoti nuqtai-nazaridan o‘rganish lozim deb hisoblaydi.
Osvald Shpingler (1880-1936 yy.) g‘oyalarida Nitsshe falsafasi katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, yuqorida ta’kidlangandek sivilizatsiyaga tarixiy madaniy jarayonning tugashi sifatida qaradi. U tarixni bir qancha mustaqil, takrorlanmaydigan madaniyatlar, individual tarixga ega bo‘lgan tug‘ilish, ravnaq topish va o‘tmish davrini keltiradigan alohida organizmlarga bo‘ladi. Ikki tomlik “Yevropa quyoshining botishi” asarida monarxiya tarafdori bo‘lganini va urushni “Oliy insoniy borliqning adabiy formasi” ekanligini ta’kidlaydi. Bu fikri bilan sivilizatsiyaga vayron bo‘ladigan madaniyatlar nuqtai-nazaridan qaraydi.
Sorokin Pitirim Aleksandrovich (1889-1968 yy.) fikriga ko‘ra voqeylik turli madaniy-ijtimoiy sistemalar monarxiyasidir. Madaniyat tiplari huquq, san’at, falsafa, din va ijtimoiy munosabatlar strukturasida ifodalangan hukmron dunyoqarashda namoyon bo‘ladi. Sorokin kapitalizm inqirozini materializm va fanning rivojlanishida deb qaradi. Bundan kelajakda diniy kapitalistik madaniyat tantanasi bilan qutilish mumkin deb hisoblab, sivilizatsiyani keng qamrovli yo‘nalishlarda o‘rganish bilan bir qatorda dinning ustunligini unutmaslik zarurligini ham uqtirishga harakat qiladi.
Karl Yaspers (1883-1969 yy.) egzistensializm (lot – exsistentia – yashash mavjudligi) yo‘nalishi tarafdori bo‘lib, umrining oxirigacha avtoritarizm (bir shaxsning mustabid hokimiyati)ga va revanshizm (o‘ch, qasos olish)ga qarshi chiqdi. Uning dunyoqarashida sivilizatsiyada inson mavjudligi, shaxs taqdiri, hayot ma’nosi asosiy o‘rin tutib, pessimistik (tushkun) dunyoqarashga asoslanganligi bilan ajralib turadi.
Arnold Toynbi (1889 y.) sivilizatsiyaga mintaqaviy xususiyatlardan kelib chiqqan holda qaradi. U xalq, davlat, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalarning bir-biri bilan bog‘liqligi va bir-biriga qaramligi sababli sivilizatsiya shakllanadi, sivilizatsiya ritmik xususiyatga ega deb hisoblaydi. Toynbi turli davrlarda turli hududlarda shakllangan sivilizatsiyalarga evolyutsion nazariya asosida qarab, quyidagi sivilizatsiyalar va ularning mintaqaviy hududlarini ko‘rsatib, ularni o‘rganishda nimalarga e’tibor berish lozimligini ko‘rsatadi.
G‘arb jamiyati, G‘arb xristianligi bilan birga;
Janubiy Sharqiy Yevropa va Rossiyada provoslav xristiani, yoki Vizantiya jamiyati bilan birga;
Shimoliy Afrika va o‘rta Sharqdan Buyuk Xitoy devorigacha islom jamiyati bilan birga;
Hindistonda hinduiylik bilan birga;
Janubiy-Sharqiy Osiyoda uzoq Sharq jamiyati bilan birga
O‘rganish lozim deb ta’kidlaydi.
Hozirgi kunda sivilizatsiya va sivilizatsiyalar bilan bog‘liq ko‘plab fikrlar kelgan. Amerikalik professor S.Xantington sivilizatsiya atamasini “rivojlangan” ma’nosida qabul qilishni taklif etadi. 1997 yilda uning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” nomli kitobi chop etilib, unda keyingi urush sivilizatsiyalar o‘rtasida bo‘lishi, o‘z-o‘zini yo‘q qiluvchi urush bo‘lishi ta’kidlanadi.
Sivilizatsiya tushunchasiga aksariyat hollarda insonning jamiyat moddiy, ma’naviy, xo‘jalik sohalaridagi o‘zgartiruvchilik faoliyati va uning yakunlari sifatida qaraladi. Qadimgi Rim davlatining so‘nggi davrlarida “Madaniyat” tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini, jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Keyingi davrlarda bu fikr boshqa xalqlar va mintaqalarga ham tarqaldi. Ushbu fikrni o‘rta asrlarda mashhur O‘rta Osiyolik olimlar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar ham ta’kidlab, asarlar yozdilar.
Farobiy fikricha: “har bir inson tabiatiga ko‘ra, oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi. Bunday yetuklikka esa faqat shahar jamoasi orqali erishiladi”. Qadimgi o‘rta asrlarning ilk bosqichida “madaniy jamiyat” va “madaniy shahar” tushunchasi ustun bo‘lib, unda har bir odam ozod, kishilar o‘rtasidagi farq bo‘lmaydi, degan tushunchalar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik sivilizatsiya, moddiy-madaniyat bosqichini ifodalaganini ko‘rish mumkin. Yangi zamonda sivilizatsiya – insoniyatning varvarlikdan keyingi taraqqiyot bosqichi deb qaraldi.
Sivilizatsiya tushunchasi XVII asrda madaniyat tushunchasi bilan bog‘liq deb qaralgan edi. Fransuz ma’rifatparvarlari (Volter, P.Tyurgo, J.A.Konderse) aql va adolatli tizimga asoslangan jamiyatnigina sivilizatsiyali jamiyat deb tushunganlar. J.J.Russo madaniy millatlarning buzilganligi va axloqiy tubanlashganligiga patriarxal bosqichda bo‘lgan xalqlar axloqi sodda va sof bo‘lishini qarshi qo‘yib, birinchi bor sivilizatsiyani “tanqid” qiladi.
Nemis klassik faylasuflari sivilizatsiya ziddiyatlariga barham berishda “ruh” doirasidan kelib chiqib fikr yuritadilar. I.Kant – axloqiy, F.Shiller – estetik, G.Gegel – falsafiy ong doirasidan izladilar. Lekin XIX asrda sivilizatsiya tushunchasiga kapitalizm tavsifi sifatida qarashlar ustun bo‘ldi. O.Shpinglerning “mahalliy sivilizatsiya” nazariyasiga ko‘ra: “Texnika taraqqiyoti, san’at va adabiyotdagi tushkunlik, aholining shaharlarda to‘planishi, xalqlarning o‘z qiyofasini yo‘qotishi” sivilizatsiya taraqqiyotining tugal bosqichi edi.
Sivilizatsiya – jamiyat rivojining progressiv bosqichi bo‘lib, uning ko‘rinishlari umuminsoniy qadriyatlarni to‘la hal qilib bera olmasligi mumkin. Ana shuning natijasida bir madaniyat ikkinchi bir progressivroq madaniyat bilan almashinadi.
Insoniyat ibtidoiy jamoa davrida uzoq tarixiy jarayonni bosib o‘tdi. L.Morgan ta’kidlaganidek, yovvoyilikdan olovdan foydalanish, kiyim-kechak kiyish va turar joylarni yaurish orqali varvarlik bosqichiga o‘tib, dehqonchilik, chorvachilik, ya’ni ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik turlari orqali sivilizatsiya bosqichiga o‘tadi. Bu holat neolit davrida yuz berib, insoniyat bu davrda toshni yo‘nish, sindirish texnikasidan tashqari silliqlash, arralash va parmalash texnikasini ham o‘rgandi, sopol ixtiro qilindi. Neolit davrida chorvachilik taraqqiyoti bilan ip yigirish va to‘quvchilik yo‘lga qo‘yildi. Qichitqi o‘t, yovvoyi nasha, daraxt po‘stlog‘i, zig‘ir tolasi, yung to‘quvchilik materiallarini bilib oldi. Hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish neolit davrida boshlangan bo‘lsada, bu neolit davrida yagona soha chorvachilikni shakllanishiga olib keldi. Terib-termachlash orqali dehqonchilikning vujudga kelishi zaxira oziq-ovqatning paydo bo‘lishiga zamin hozirladi.
Jamiyatning taraqqiy etib borishi bilan asta-sekin yozuv paydo bo‘la boshladi. So‘nggi paleolit (40-12 ming yilliklar)da vujudga kelgan tasviriy san’at keyinchalik bir tizim tartibga solina bordi. Petroglif (tosh yozuv)lar, piktograf (surat yozuv)larning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik mil.av. III-II ming yilliklarda iyeroglif (ilohiy muqaddas yozuv)lar shakllangan bo‘lsa, kishilik taraqqiyotining mil.av. II-I ming yilliklarida alifbo shaklidagi yozuvlar yaratildi. Qadimgi sivilizatsiya rivojida yozuv alohida ahamiyat kasb etdi. Yozuvning ixtisoslashuvi natijasida Misrda yozuv xudosi Tot, Mesopotamiyada Donishmand Utu, Yunonistonda Mehribon Prometey, Xitoyda Yuy, Hindistonda Vishnu kabi homiy xudolar, qahramonlar timsoli yaratildi.
Ilk sivilizatsiyalarni shaharlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shahar vujudga kelishi bilan boshqaruv, madaniy, ijtimoiy tartiblar ma’lum bir tizimda shakllanadi. Bu esa o‘z navbatida dehqonchilik asoslariga bog‘liq edi. Bu asosdagi ilk shaharlar Mesopotamiyadagi Ur, Umma, Lagash, Nippur, Eridu, Larsa, Kish..... bo‘lsa, Misrda Busirit, Ksons, Uauat, Memfis, Fiva..., Finikiya va Falastinda Sertxon, Dur sharukkin, Bibl, Sidon, Avrot, Tir... Hindistonda Mohenjo Daro, Xarappa, Rovalpindi, Taksilla...dir. Bu shaharlar xo‘jalik taraqqiyoti va mulkiy tengsizlikning vujudga kelishidan, sersuv daryolarni jilovlash, tashqi dushmandan o‘zini muhofaza qilish sabablaridan shakllandilar.
Qadimgi shaharlar qiyofasi o‘sha davrlardayoq ikki qismga bo‘linganligini ko‘rsatadi. Masalan: mil.av. 2800 yillikka oid afsonalarda Gilgamish Uruk va Kullab hokimi sifatida tilga olinadi. Demak, Kullab Uruk shahrining aristokratlar yashaydigan qismi. Bu yuqoridagi fikrimiz tasdig‘i bo‘lib hisoblanadi.
Ilk sivilizatsiyalarda hashamatli qurilishlar alohida ahamiyatga egadir. Qadimgi dunyoning ehromlar, Iyerixon, osma bog‘lar, bahaybat haykalu, devorlari hukmdorlarning oddiy inson emas ilohiy zot ekanligiga ishora bo‘lishi lozim edi. Hashamatli binolarga qo‘plab qo‘l kuchi va uzoq yillar sarf etilar edi.
Neolit zamonida chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik sohalarining vujudga kelishida undan oldingi davrlarda, xususan, mezolit davrida shart-sharoitlar yetilgan edi. Ovchining ortiqcha ovni “ertangi” ehtiyoj uchun saqlashi chorvachilikni keltirib chiqargan bo‘lsa, terib-termachlab ovqat topish, o‘simliklar urug‘larini yig‘ish, tabiatni kuzatishga va dehqonchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Xo‘jalikning turli sohalari bilan shug‘ullanuvchilarning mol ayrboshlashi yangi xo‘jalik sohalarining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bu esa neolit inqilobi deb nomlandi. Dehqonchilik kishilarni bir joyda muqim yashashlariga imkon berib, shahar madaniyati rivojiga ham ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Dastlabki madaniyatlardan biri bo‘lgan Iyerixon xarobasi mil.av. IX-VIII ming yilliklarga oid bo‘lib, neolit davrida shakllangan ilk dehqonchilik madaniyati hisoblanadi. Maydoni 4 gektar bo‘lib, dengiz sathidan 200 metr balandlikdagi bu madaniyat aholisi asosan bug‘doy va arpa ekib tirikchilik qilgan. G‘alla omborining mavjudligi jamoa (yoki davlat) zaxirasining ma’lum bir tizim tomonidan boshqarilishini anglatadi. Uylar tosh poydevorli bo‘lib, devor loy paxsa bilan tiklangan. Uylarning aksariyati bir xonali 4-5 diametrli aylana shaklga ega. Mudofaa devorlarining eni 1,64 metrni, balandligi 3,9 metrni tashkil etadi. Shuningdek, 5 metrli minora qazib o‘rganilgan. Iordan daryosining shimolidagi bu shahar aholisi savdo-sotiq bilan ham shug‘ullangan degan fikrlar mavjud.
Mil.av. VIII-VII ming yilliklarga oid Cheyyunyu va Chatalguyuk yodgorliklari janubiy-sharqiy kichik Osiyo hududida joylashgan bo‘lib, bu yodgorliklarda dehqonchilik madaniyatining ilk izlari inson xo‘jalik faoliyatida uy hayvonlarining roli oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Chatal Guyuk maydoni 13 gektarni tashkil etib, uylar to‘rtburchak, g‘isht va toshdan qurilgan. Uyga tomdan kirilib, tomga zinalar orqali chiqilgan. Uylarda maxsus quvurlar havoni tozalab turgan. Chatal Guyukliklar bug‘doy, arpa, no‘xat, murch kabi o‘simliklar yetishtirganlar. Shuningdek, chorvachilik, ovchilik, baliqchilik bilan ham shug‘ullanganlar. Chatal Guyukda ko‘plab shifobaxsh o‘simliklarning urug‘lari topilgan bo‘lib, ulardan sharob va davolashda dori darmonlar tayyorlangan. Dengiz chig‘anoqlaridan uy-ro‘zg‘or buyumlari, to‘qilgan gazlamalarga rang berish, turli tasvirlar tushirish takomillashgan. Kulolchilikda ranglar o‘tkirligi bilan ajralib turadi. Haykaltaroshlik sohasida Chatal Guyukliklarning uchta keksa ayol, ona, yosh shakldagi xudolari, turli hayvon haykalchalari diqqatga sazovordir.
Markaziy Osiyoda ham dehqonchilik madaniyatining mil.av. VI-II ming yilliklarga oid yodgorliklardan biri bu Joytun madaniyatidir. Bu yodgorlik Ashxobod yaqinida chaqmoqli manzilgohidan topilgan. Cho‘ponlar bu yerdan olov yoqish uchun chaqmoqtosh terib olgani uchun chaqmoqli deb nomlangan. Joytun nomi esa yomg‘irdan so‘ng qum ostidagi guvaladan qurilgan uylarning qorayib ko‘rinishidan kelib chiqqan. Bu yerni qazishlar davomida o‘roq, pichoq, suyakdan ishlangan igna, bigiz va boshqa anjomlar topilgan. Joytunliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Chorva mollaridan qoramol, qo‘y va echki boqqanlar.
Mil.av. VII-VI ming yilliklarda vujudga kelgan Mesopotamiyaning Jarmo, Eron va Mesopotamiya oralig‘idagi Eronning shimoliy-g‘arbida Zagros madaniyati ham insonning o‘zlashtirma xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalik (dehqonchilik, hunarmandchilik) turlariga o‘tib borayotgani ko‘rsatadi. Zagros madaniyatida sopol idishlarga qizil bo‘yoq berilib, sodda geometrik belgilar chiza boshlaganlar.
Sharqiy Osiyo, jumladan, Hindistonda mil.av. III-II ming yilliklarda dehqonchilik taraqqiy etib, Sulaymon tog‘larida dunyodagi ilk bug‘doyning xonakilashtirilganligi arxeologik ma’lumotlarda o‘z aksini topgan. Hind daryosi vodiysidagi keng dalalarda bug‘doy, arpa, no‘xat, qovun yetishtirilgan. Biroz keyinroq esa mato to‘qish uchun paxta ham yetishtirila boshlangan. Xurmochilik ham taraqqiy etgan. Yerlar omochda ishlanib, o‘rim vaqtida mis o‘roqlar ishlatilgan. Xaroppa xarobalaridan topilgan yirik omborlar boshqaruv tartiblarining mavjudligidan dalolat beradi.
Qadimgi hind sivilizatsiyasining Mohengko daro (o‘liklar vodiysi), Xaroppa kabi katta shaharlari ulardagi arxitektura, shaharsozlik an’analarining o‘ziga xosligi, yozuv mavjudligi, ibodatxonalar bu yerda ham oriylar kelmasidan davlat va madaniyat gullab yashnaganligini ko‘rsatadi.
Sharqiy Osiyoning eng yirik va o‘ziga xos madaniyatga ega mamlakati bo‘lmish Xitoyda ham mil.av. IV-III ming yilliklardayoq ilk dehqonchilik madaniyatlari yodgorliklari shakllangan edi. Markaziy Xitoydagi Yanshao madaniyatiga mansub aholi, bug‘doy, sholi va dukkakli o‘simliklarni yetishtirganligi ma’lum. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik tarmoqlariga o‘tish bilan birga madaniyatning yangi turi boshlanib, ilk sivilizatsiyalar va madaniyatlar shakllana boshladi. Bu esa yangi tartiblarni yuzaga keltirdi. Xo‘jalik-iqtisodiy o‘zgarishlarga, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy o‘zgarishlar qo‘shila bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |