O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDADI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSTITETI
“BOTANIKA” FANIDAN
GLOSSARIYA
Mavzu: Ginetsey haqida tushuncha, uning tuzilishi va vazifalari. Urug’ kurtakning tuzilishi va tiplari
Bajarildi:Omonova Parvina
Toshkent-2022
O'rganilayotgan so'z
|
Rus tilida
|
Ingliz tilida
|
Ma'nosi
|
Urug'chi
|
Семя
|
Seed
|
Urug‘chi yopiq urug‘li о‘simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning о‘rtasida joylashgan. О‘simlik turlariga qarab gulda bir yoki bir necha shakli о‘zgargan barglardan hosil bо‘lib, ularni mevabarglar deyiladi. Demak urug‘chi bargning shakl о‘zgarishdan kelib chiqqan. Guldagi mevabarglarning yig‘indisi ginetsey deb ataladi.Urug‘chi faqat yopiq urug‘li о‘simliklar uchun xosdir. Uning kengaygan ostki qismi tuguncha, о‘rta qismi toraygan ustuncha va uchki qismi tumshuqchalardan iborat
|
kurtak
|
куртак
|
bud
|
Kurtak — 1) yuksak oʻsimliklarning novda kurtagi. Kurtak. uchki qismida oʻsish konusi boʻlgan boshlangʻich poya va oʻzaro zich joylashgan har xil yoshdagi bargchalardan (vegetati v Kurtak.) yoki ular bilan birga oʻrnashgan boshlangʻich gul va tuigullardan (generativ Kurtak.) iborat. Boshlangich gul Kurtak. gʻuncha deyiladi. Qishlaydigan Kurtak. sirtdan qoʻngʻir qobiq (shakli oʻzgargan barglar) bilan qoplangan. Kurtak. novdaning uchida (uchki Kurtak.), barg qoʻltigʻida (barg Kurtak.) yoki poyaning boshqa qismlari, ildiz, baʼzan barglarda (qoʻshimcha Kurtak.) boʻladi. Bahorda yozilmaydigan va novdada rivojlanmay turgan Kurtak. uyqudagi (yashirin) Kurtak. deyiladi.
|
embrion
|
зародыш
|
embryo
|
Embrion (qadimgi yunoncha: ἔμβρυον), pusht, murtak — dastlabki taraqqiyot bosqichidagi organizm; tuxumparda va pushtparda ichida boʻladi. Odatda, urugʻlangan tuxumdan rivojlanadi, tuxum ichidagi zaxira oziq moddalar yoki ona organizmidagi oziq moddalar bilan oziqlanadi. Odam va hayvonlar Embrionini embriologiya oʻrganadi. Oʻsimliklar murtagi yangi individ boshlangʻichidir. U murtak xaltachasidagi tuxumhujayraning urugʻlanishidan yoki nutsellus hujayrasidan vujudga kelgan zigotadan rivojlanadi. Embrion rivojlanishining eng sodda tipi yashil suvoʻtlar (mas, spirogira)da uchraydi.
|
Burchoqdosh
|
Угловой
|
Angular
|
Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), (Fabaceae, Leguminosae) — ikki urugʻ pallali oʻsimliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Baʼzan B.ni 3 kenja oila — mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseaye yoki Fabaceae)ra ajratiladi. B.ning barglari koʻpincha ketmaket joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi — dukkak.
|
ildiz
|
корень
|
radicle
|
Ildiz (radix) — oʻsimlikning eng muhim organi. I. tuproqdan suv va oziq moddalarni soʻrib olish, oʻzida murak-kab birikmalarni sintez qilish va ularni oʻsimlikning yer ustki qismi (poyasi, barglari) ga koʻtarib berish funksiyasini bajaradi. I. tuproqqa mikroflora rivojini tezlashtiruvchi har xil birikmalar ajratadi va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, I. baʼzi organik moddalarni sintez qiladi. Koʻpgina oʻsimlik I. vda zaxira toʻplanadi.
|
meva
|
фрукты
|
fruit
|
Meva (fruct) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar M.si (partenokarp M.) urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. M.larning shakli, kattaligi va rangi har xil. M. bitta tu-gunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻjagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl M., bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab M., tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta M. deb ataladi.
|
barg
|
барг
|
leaf
|
Barg (lot. folium, yun. phyllon) — yuksak oʻsimliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi oʻsimliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli oʻzgarib, oziq yoki suv gʻamlash, himoya qilish, ilashish kabi qoʻshimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. B.ning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim oʻsimliklar (mas, palma, banan) B. 20 m ga yetadi. B.ning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi B. bandi deyiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |