Bolalar sporti. Yosh avlodning jismoniy va ma'naviy barkamolligini ta'minlash, sog'lom turmush tarzini shakllantirish va sportga mehr-muhabbatni rivojlantirish, joylarda bolalar sportining moddiy-texnik bazasini yaratish, zamonaviy bolalar sport komple- kslari tarmog'ini barpo etish, sport uskunalari va jihozlari bilan ta'minlash ishlarini yanada faollashtirish maqsadida 2002-yiI oktabr oyida “O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘aimasi‘; tuzildi. 0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Jamg'arma homiylik kengashining raisi etib saylangan edi.
O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi 2002- yilda tashkil etilgan. Bolalar sportini rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Jamg'armaning asosiy maqsadi bola- larga sport bilan shug'ullanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni barpo etishdan iborat. Yosh avlodni bolaligidan sportga qiziqishini uyg‘otish, ularni jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash Jamg'armaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
2011-yilda “Bolalami asravlik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzil- gan jahon reytingida 0‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko'rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o'n
mamlakat qatoriga kiritilgani yurtimizria harkamol avlodni tarbiyalash yoiidagi amaliy sa’y-harakatlaming yana bir xalqaro e'tirofidir.
Mazkur jamg'arma mablagia^i hisobidan 2003-2013-yillarda 1816 ta sport obyektining ishga lushirilib, bolalarni sport bilan muntazam shug‘ulllanishiga xizmat qilmoqda. 2014-yilda 115 ta bolalar sporti obyektini qurish va rekonstruksiya qilish, ularni asosan mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sport anjomlari bilan ta'minlash uchun 107 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Maktab o‘quvchilarini j ikmoniy tarbiya va sport
mashg'ulotlariga jalb etish 20,4 foirdan 40,5 foizga, jumladan qizlar o'rtasida 16,4 foizdan 32,5 foizga o‘sdi. Umumta'lim maktablaridagi sport to‘garaklari soni 65432 ta bo'lib, ularda jami 1637933 nafar o‘quvchilar. shu jumladan 706878 nafari qizlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. So'nggi o‘n yilda qishloq joylarda bolalaming sport bilan muntazam shug‘ullanishi 14,5 foizdan 39 foizga o'sdi. 1990- yilda 448 ming 800 nafar o‘quvchiIarning 7,4 foizi sport bilan muntazam shug'ullangan bo‘lsa, 2014-yilda 2 million 219 ming nafar o‘quvchilaming 34,8 foizi sport bilan muntazam shug'ullanmoqda.
0‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etilgandan buyon o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda qariyb 1500 ta zamonaviy bolalar sporti obyekti barpo etildi. Yurtimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o'rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar 2008-yildagi 29,2 foizdan 2011 -yilda 34,9 foizgacha, jumladan. qiz bolalar o'rtasida 24,1 foizdan 31.4 foizgacha oshdi. Sport bilan muntazam shug'ullanish yoshlaming jismoniy holatiga, salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jumladan, 2005- 2011-yillarda mutlaq sog‘lom bolalar mamlakat bo'yicha 52,7 foizdan 62,9 foizgacha o‘sdi, surunkali kasalliklarga chalingan bolalar soni esa keskin kamaydi. 0‘g‘il va qiz bolalarning 0‘rtacha bo‘yi va salmog‘i oshmoqda. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar o‘rtasida xizmatga loyiq deb topilganlar sezilarli darajada ortgani ham bu boradagi ishlaming amaliy natijasidir.
Bugungi kunda 0‘zbekistonda 2 millionga yaqin bolalar, shu jumladan, 842 ming qizlar 30 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ulIanmoqda. Bu raqam 2003-yilga nisbatan 1,4 barobar ko'pdir. Bolalar sportini rivojlantirishga qaratiigan aniq maqsadli ishlar natijasida yoshlar muntazam shug'ullanadigan sport turlarining soni 2005-yilda 43 tadan 2015-yilda 59 tagacha yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |