L. A. Djalilova


§. Vangi davrda chet el mamlakatlarida jismonh. tarbiya va



Download 0,72 Mb.
bet14/143
Sana22.04.2022
Hajmi0,72 Mb.
#574779
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143
Bog'liq
Jismoniy tarbiya ba olimpiya harakati tarixi


§. Vangi davrda chet el mamlakatlarida jismonh. tarbiya va
sport (XVIII - XIX asrlar)

*
Yangi davrda chct el mamlakatlarida jismoniy tarhiva \a sport rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariy asoslarining taraqqiv etishi muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Yevropa mamlakatlarida gimnastika tizimlarining vujudga kelishi. Angliya va AQSHda sport va sport o'yinlarining rivojlanishi natijasida jismoniy tarbiya va sportning ikki yo'nalishi paydo bo'lgan. OsiyoJAmcrika va Afrika mamlakatlarida ham jismoniy tarbiya rivojlanganf.
XVI-XIX asrlarda feodal tuzumi yemirilib. kapitalizm davri boshlangan. Bu davrda tabiatshunoslikka doir juda ko‘p ilmiy kashfiyotlar qilingan. Moddiy dunyoning barqarorligi va g'ayritabiiy kuchlaming yo'qligi haqidagi fikrlarga olib kelgan. Jamiyat uchun tadbirkor. uddaburon, sog'lom ishchilar zarur boigan. Odamning aqli, irodasi va jismoniy fazilatlarining namoyon boiishida taiim-tarbiya muhim o'rin egalashi yaqqol ko‘ringan. Insonning pcdagogikaga boigan qiziqishi ortishiga va jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari amalda bajarilishiga sabab hoigan.
Yangi davrda Jon Lokk, Jan-Jak
Russo, iogann Pestalotssining pedagogik qarashlari, nemis filantroplarining pedagogik tajribasi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotning taraqqiy qilishiga katta ta'sir etgan.
Jon Lokk (1632-1704) ingliz faylasufi va pcdagog olimi boigan. Lokk o'zining pedagogikaga doir qarashlarini “Tarbiya to'g'risidagi fikrlar” (1693) nomli kitobida bayon qilgan. Jon Lokk o'z falsafiy va pedagogik ta'limotida iiigliz zodagoniarining manfaatini ifoda etgan. Jon Lokkning fikricha, tarbiyaning vazifasi - oddiy kishilar emas, balki o‘z ishlarini samarali va ishbilamionlik bilan olib bora oladigan jentlmenlarni tarbiyalashdan iborat.
Jentlmen jismoniy, axloqiy va aqliy larbiya olishi lozim, lekin u bunday tarbiyani uyda olishi kerak, chunki maktab, Lokkning fikricha. har xil toifaning yomon tarbiya ko'rgan illatli farzandlaridan iborat aralash turkumi to'plangan muassasadir. Chinakam jentlmen uyda tarbiyalanadi. chunki uvdagi tarbiyaning kamchiliklari ham maktabda hosil qilinayotgan bilimlar va malakalarga nisbatan foydalidir. Jon Lokk aristokrat oilalardagi tarbiya tajribasiga asoslanib, jentlmen tarbiyalash ishlarining hammasini yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan


39




tarbiyachiga topshirishni tavsiya qilgan. Jentlmen istalgan vaqtda qoiiga qurol olib, soldat boiishga tavyor boiib turadigan kishi qilib tarbiyalanishi lozim, degan l.okk.
Jon Lokk jentlmenlar sportining asoschisidir. Lokk jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat bergan. U sihat-salomatlik ishlarimi/. va farovonligimiz uchun zarurdir, deb ta'kidlagan. Lokk Qadimgi Rim shoiri Yuvenalning ‘"Mens sana in corpore sano" - ”Sog'lom tanda sog‘ aql" degan so‘zlariga rioya qilish kerak, deb hisoblagan. Shu sababli, bolaning yoshlik chog'idanoq tanasini chiniqtirish. char- chashga, qiyinchiliklarga, o‘zgarishlarga bardosh berishga o'rgatish zarur. Lokk bolaning hayotida qattiq intizom va tartibga rioya qilishning ahamiyatini asoslab, bolaning kiyimi, ovqati va kun tartibi qanday bo‘lishi to‘g'risida maslahatiar bergan. To'g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya, bolaning mard va chidamli boiishiga imkon beradi. Jon Lokk insonning ichki va tashqi tajribasini bilish nianbai, deb hisoblagan. Uning fikricha, tashqi tajriba bevosita mavjud boigan lashqi moddiy dunyo boiib, u kishi tomonidan sezgi a'zolari, tasavvuri orqali idrok qilinadi. lchki tajriba esa inson qalbining faoliyati - refleksi, demak, bu ikki manba sezgi obyekti sifatida yagona mohiyatni tashkil etadi, barcha g'oyalarimiz ana shu mohiyatdan boshlanadi. deb e'tirof etgan Lokk.
Sezgi a'zolarini (sezish, hid bilish. ko'rish. eshitish) takomillashtirish. harakat a'zolarini (qo'l, oyoq) rivojlantirish, tanani chiniqtirish, foydali iunaliy ko'nikmalar (suzish, otda vurish. eshkak eshish, qilichbozlik, o'q otish) hosil qilish, jismoniy kuchlarni yuqori darajada ishga solish uchun iroda kuchi va qobiliyatni kamol toptirish zarurligini ishonchii dalillar bilan isbotlab bergan. Bu g'oyalar o‘sha davr ingliz maktablaridagi jismoniy tarbiyaga kuchli ta'sir etgan.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish