L-§. Milliy xavfsizlik taraqqiyot garovi


 -§.  Qurolli  Kuchlarning  tuzilishi  va  Qurolli  Kuchlar­



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana24.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#127181
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zV0Mv1OPHIWIpi3nxM4SGacI1AXRDRYudgYFh1Nt

3 -§.  Qurolli  Kuchlarning  tuzilishi  va  Qurolli  Kuchlar­

ni  boshqarish

Konstitutsiyaning  126-moddasida:  “ O'zbekiston  Respublikasi 

o'z  xavfsizligini  ta’minlashuchun  yetarli  darjada  Qurolli  Kuchlari- 

ga  e ga ” ,  -   deb  belgilangan.

“ Mamlakatimiz  sarhadlarining daxlsizligi  va  hududiy  yaxlitli- 

gini  saqlash,  el-yurtimizning  osuda  hayotini  ishonchli  himoya  qi- 

lishga qodir,  zamonaviy qurol-aslaha va  texnika bilan ta  minlangan, 

yaxshi  tayyorlangan  va  bugungi  kun  talablariga  to  liq  javob  be- 

radigan,  son  jihatidan  ixcham  va  harakatchan  Qurolli  Kuchlarni

1  Bular haqida qarang:  Karimov I.A. 0 ‘zbkiston X X I asrga intilmoqda.  - Т.: 0 ‘zbekiston, 

1999.  -  44-46-betlar.

539


www.ziyouz.com kutubxonasi


vujudga  keltirish  -   O'zbekistonimizning  buyuk  kelajagini  barpo 

etish  yo'lidagi  eng  muhim  vazifalarimizdan  biridir” 1,  -   deb  bu 

masalaning  mohiyatini  ko'rsatib  bergan  edi  Prezidentimiz.

O'zbekistonda  hozirgi  kunda  Qurolli  Kuchlarning  qat’ iy  tizi­

mi  barpo  etildi  va  u  Konstitutsiyaning  126-moddasida  belgilangan 

darajaga  mos  keladi.

Qurolli  Kuchlar  o ‘ z  ichiga  Mudofaa  vazirligi  va  Chegara 

qo'shinlari  bo'linmalarining,  Ichki  ishlar  vazirligi  va  Milliy  xavfsiz­

lik  xizmatining  maxsus  qismlarini,  shuningdek  boshqa  idoralar- 

ning  harbiy  tuzilmalarini  oladi.  Y a ’ ni,  yuqoridagi  bo'linma  va  tu­

zilmalar  birlashib,  Qurolli  Kuchlarni  tashkil  etadi.

O'tgan  yillar  davomida  davlatning  mudofaa  va  harbiy  qurilish 

sohasidagi  siyosatini  amalga  oshiruvchi  Mudofaa  vazirligi,  Davlat 

chegaraiarini  himoya  qiluvchi  qo'mita,  Ichki  ishlar  vazirligi  va 

boshqa  Qurolli  Kuchlar  tizimiga  kiruvchi  davlat  organlari,  tashki- 

lotlarning  maqsad  va  vazifalari  qaytadan  ko'rib  chiqilib,  yanada 

aniqlashtirildi.  Mamlakatimiz  suvereniteti  va  hududiy  yaxlitligini 

qurolli  himoya  qilishga  tegishli  qarorlar  ishlab  chiqadigan  va  ular­

ni  amalga  oshiradigan  yangi  tuzilma  -   Qurolli  Kuchlarning  bir- 

lashgan  shtabi  tuzilishi  mudofaa  sohasida  muhim  voqea  bo'ldi.

Mamlakat  xavfsizligini  saqlashda  faqat  kuchli  Qurolli  Kuchlar 

bo'lishining  o'zi  kifoya  emas.  Qurolli  Kuchlar  samarali,  vakolatli 

boshqarilgandagina,  ular  o'z  oldiga  qo'yilgan  vazifani  to'la  bajara 

oladi.  Shuning  uchun  mamlakatimizda  Qurolli  Kuchlarni  boshq&- 

rishga  alohida  e ’tibor  beriladi.

O'zbekistonda  mudofaa  va  xavfsizlikning  muhim  ahamiyati- 

dan  kelib chiqib,  Qurolli Kuchlarga O'zbekiston  Respublikasi Prezi­

denti  boshchilik  qiladi.  Konstitutsiyaning  93-moddasi  20-bandiga 

asosan,  Prezident  O'zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining 

Oliy  Bosh  qo'mondoni  hisoblanadi.  U  Konstitutsiyaning  shu  mod- 

dasiga  binoan  Oliy  bosh  qo'mondon  sifatida  Qurolli  Kuchlarning 

Oliy  qo'mondonlarini  tayinlaydi  va  vazifalaridan  ozod  etadi,  Oliy 

harbiy  unvonlarni  beradi.

1  Karimov  I.A.  O'zbekistonda  demokratik  o'zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo'nalishlari.  -  Т.:  O'zbekiston, 

2002.  -  32-bet.

540

www.ziyouz.com kutubxonasi




Prezidentning  mudofaa  sohasidagi  vakolatlari  (Oliy  bosh 

qo  mondon)  Mudofaa  to'g'risida” gi  Qonunning  8-moddasida  bel­

gilangan.

Qurolli  Kuchlarning  kundalik  faoliyatiga  rahbarlikni  o'z  bo'y- 

sunuvidagi  qurolli  kuchlarning  tarkibiga  kiradigan  harbiy  tuzilma­

lari  bo  Igan  vazirliklar,  davlat  qo'mitalari  va  idoralarning  rahbar­

lari  amalga  oshiradi.

Masalan,  Mudofaa vaziri,  Ichki  ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xiz- 

mati  raisi,  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi,  Bojxona  qo'mitasi  raisi.

O'zbekiston  Mudofaa  vazirligi  tinchlik davrida  faqat  o'z  tasar- 

rufidagi  qo'shinlarni  boshqarishga  rahbarlik  qilsa,  urush  davrida 

Mudofaa  vaziri  bir  paytning  o'zida  Oliy  bosh  qo'mondon  o'rin­

bosari  hisoblanadi.

Qurolli  Kuchlar oldiga  qo'yilgan  vazifalarni  bajarish  yuzasidan 

ularga  tezkor  va  kundalik  rahbarlikni  Qurolli  Kuchlarning Birlash- 

gan  shtabi  boshlig'i  amalga  oshiradi.

Qurolli  Kuchlarning  Birlashgan  shtabi  mamlakat  suvereniteti 

va  hududiy  yaxlitligini  qurolli  himoya  qilish  sohasidagi  qarorlarni 

ishlab  chiquvchi  va  amalga  oshiruvchi  yagona  qo'mondonlik  or­

gani  hisoblanadi.

Qurolli  Kuchlarni  boshqarishda  harbiy  okruglar  alohida  o'rin 

tutadi,  harbiy  okrug  alohida  yo'nalishlarda  Respublika  xavfsizigi 

va  hududiy  yaxlitligini  ta’minlovchi  asosiy  harbiy-ma’muriy  birlik 

hamda  umum  qo'shin  tezkor  strategik  birlashmadir.

Mudofaa  sohasidagi  O'zbekiston  hukumatining,  Mudofaa 

vazirligining,  vazirliklar,  davlat  qo'mitalari  va  idoralari,  mahalliy 

davlat  hokimiyati organlarining vakolatlari  Mudofaa to  g risida  gi 

Qonunning  9,  10,  12,  13,  14-moddalarida  belgilab  qo  yilgan.

Mudofaa  sohasida,  Qurolli  Kuchlarni  tashkil  qilishda  fuqaro­

larning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  ham  ishtirok  etadi,  ya  ni 

davlat  organlariga  o'z  vazifalarini  bajarishga  ко  maklashadi  (Qo­

nunning  15-moddasi).

Mudofaa  va  xavfsizlik  masalasi  о  ta  muhim  masala  ekanli­

gi  sababli  u  O'zbekiston  Prezidentining  “ O'zbekiston  XXI.asr 

bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraq-

541


www.ziyouz.com kutubxonasi


qiyot  kafolatlari”  asarida  barqarorlik  hamda  taraqqiyot  kafolatlari 

va  shartlaridan  biri  sifatida  ko'rsatilgan1.

Unda  ta’ kidlanishicha,  davlatning  mudofaa  qobiliyati  uning 

siyosiy,  iqtisodiy,  harbiy,  ilmiy  va  ma’ naviy  imkoniyatlaridan 

tarkib  topadi.  Davlat  mudofaa  qobiliyatining  eng  muhim  qis­

mi  uning  Qurolli  Kuchlaridir.  Harbiy  qurilish  sohasidagi  maq­

sad  professional  armiyani,  o'z  tarkibida  yaxshi  tayyorlangan  va 

ta’ lim  olgan.  o'z  xalqiga,  ona  zaminiga  sadoqatli  bo'lgan,  o'z 

Vatanining  sha’ ni  va  qadr-qimmatini  oxirigacha  himoya  qila  ola- 

digan  jangchilarga  ega  bo'lgan  armiyani  bosqichma-bosqich  vu­

judga  keltirishdan  iborat.  Maqsad  miqdor  jihatdan  uncha  katta 

bo'lmagan,  lekin  yaxshi  shaylangan,  zamonaviy  qurollar va  harbiy 

texnika  bilan  bekamu  ko'st  qurollangan,  O'zbekistonning  xavf- 

sizligini  mustaqil  ravishda  va  puxta  ta’ minlashga  qodir  bo'lgan 

Qurolli  Kuchlarni  shakllantirishdir2.

O'zbekiston  Prezidentining  bu  so'zlarida  mudofaaning  ahami- 

yati,  unda  Qurolli  Kuchlarning  roli  va  Qurolli  Kuchlarni  takomil- 

lashtirish  hamda  undan  ko'zlangan  maqsad  aniq  ko'rsatib  berilgan.

M avzuni  mustahkamlash  uchu n  savollar:

/ .  



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish